7-O`zbekiston tarixi Testlar 1-26-betlar Madaminbek Ikramov 1


Download 52 Kb.
bet1/5
Sana19.01.2023
Hajmi52 Kb.
#1100484
  1   2   3   4   5
Bog'liq
0a294c6ac55b99ae888d98ecdff7fd15 7-O`zbekiston tarixi Testlar



7-O`zbekiston tarixi Testlar 1-26-betlar Madaminbek Ikramov

1. Nuqtalar o`rnini to`ldiring? Buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi va uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga bag‘ishlanib 2014-yilning 15–16-may kunlari . . . da xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada ellikka yaqin mamlakatlardan sharqshunos olimlar, nufuzli xalqaro tashkilot vakillari, ilmiy markazlar mutaxassislari ishtirok etdilar.
A) Toshkent B) Buxoro
C) Samarqand D) Xiva
2. Sharq Renessansi davrlarini belgilang?
A) VIII-X va XI-XII asrlar B) IX-XII va XIV-XV asrlar
C) X-XII va XIII-XIV asrlar D) VII-IX va X-XIII asrlar
3. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi?
A) dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol-mulkka ega bo‘lib qolishi natijasida
B) nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer maydonlarning ma’lum bir ulushining o‘tishi va merosiy mulkiga aylanishi natijasida
C) chorvadorlarning ko‘p sonli chorvalarini boqqan yerlariga ega bo‘lib qolishi natijasida
D) dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga ega bo‘lib qolishi natijasida
4. Ilk o‘rta asr davlatlarini hukmdorlarining nomlanishi bilan to‘g‘ri joylashtiring.
1) Farg‘ona; 2) Choch; 3) Toxariston; 4) Xorazm; 5) Eloq.
a) afrig‘iylar; b) yabg‘u; c) tudun; d) ixshid; e) dehqon.
A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b, 5-e B) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a
C) 1-e, 2-c, 3-d, 4-b, 5-a D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a, 5-e
5. Qo‘lida burgut qo‘ndirgan tojdor hukmdor haykali qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Varaxsha B) Bolaliktepa
C) Anqaqal’a D) Tuproqqal’a
6. Eftaliylar Xitoyga elchi yuborgan yili sodir bo‘lgan voqeani toping?
A) sosoniylar shohi Pero‘z hukmronligi boshlandi
B) kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradi
C) xioniylar davlati tarix sahnasidan ketdi
D) turklar Vizantiyaga elchi yuborishdi

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling