7. Pаrmаlаrning klаssifikаtsiyasi. Rеjа


Parmalar klassifikatsiyasi


Download 1.48 Mb.
bet8/13
Sana28.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1303270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-mustaqil kesish

Parmalar klassifikatsiyasi
Konstuksiyasi bo’yicha eng oddiysi patli parma hisoblanadi (rasm 29). Ular qattiq bolg’alanuvchi narsalar, pog’anali va shakldor teshiklarda qo’llaniladi. Bunaqa parmalarning ishchi qismi yon yuzasida kesuvchi qism bilan jihozlangan plastinka ko’rinishida tayyorlanadi.

Rasm 29 – Patli parma
Patli parmalarning kamchiliklariga katta manfiy oldi burchaklar, parmaning teshik ichida noqulay yo’nalishi, qirindi chiqarilishining qiyin sharoitlari, qayta charxlash sonining kamligi. Kesish jarayonini osonlashtirish uchun katta diametrli parmalarda kesuvchi qirralarida qirindi ajratuvchi ariqchalar qilinadi.
Ko’pchilik detallar, uzunligi parma diametridan 5-10 barobar katta bo’lgan teshiklarga ega. Bunaqa teshiklarni parmalash, qirindinining chiqarib tashlanish va moylash-sovitish suyuqligi etkazilishining qiyin sharoitlari sababli katta qiyinchiliklarga ega. Bu talablarni chuqur parmalashda amalga oshirish uchun maxsus parmalar qo’llaniladi. Ularga to’p, miltiq va boshqa parmalarga kiradi.
To’p parmaning (rasm 30) ishchi qismi o’zidan tekis yuzasi oldi yuzasi hisoblanuvchi yarim aylana uzak tashkil etadi. Parma o’qiga perpendikulyar bo’lgan uzakning yon yuzasida kesuvchi qirra hosil qilinadi. Parmaning orqa yon yuzasi 10°-20° bo’lgan α burchagi ostida charxlanadi.

Rasm 30 – To’p parma
To’p parma qiyin sharoitlarda ishlaydi, oldi yuzaning noqulay geometriyasiga ega, uzluksiz kesish jarayonini ta’minlamaydi, chunki qirindini chiqarib tashlash uchun vaqti-vaqti bilan parmani teshikdan chiqarish kerak.
Miltiq parmalar (rasm 31) ishchi qism 1 va dasta 2 ga ega. Ishchi qism o’zidan to’g’ri chiziqli bo’ylama pazli trubka tashkil etadi. Trubkadagi teshik orqali parmaning kesuvchi qismiga, bo’lama paz orqali qirindi bilan chiqib ketuvchi moylash-sovutish suyuqligi etkaziladi. Kesishnii engillashtirish va yaxshiroq yo’naltirish uchun parma uchi o’qga nisbatan diametr qiymatidan 0,25ga siljitilgan.




Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling