7-Seminar mashg‘uloti. Adabiy tur va janrlar estetikasi Reja


Download 31.46 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2023
Hajmi31.46 Kb.
#1233443
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu nazariya sem. sirtqi

Tarqatma material


Cho‘lpon
Sozim

Nafrat o‘lkasidan hijrat qilganmen,


Ulfat diyoriga maskan qurganmen,
Yuzimni o‘t emas, gulga burganmen,
Samoviy zavqlarga to‘lib turganmen,
Bulbullar sevgini maqtagan damda!
Chechaklar o‘sgusi ko‘z yoshlarimdan,
Bo‘g‘inlar ungusi o‘ylashlarimdan,
Qalblar yumshagusi sayrashlarimdan,
Sevgi chamanida yayrashlarimdan
Jannatlar yaratgay tashlangan janda.
Tilingan tillarga qon yugurgusi,
Bo‘shalgan inlarga jonlar kirgusi,
Tikanli boqchalar chechak ko‘rgusi,
Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilgusi,
Jandalar tanimga tekkan kunlarda!..


Galdir

Men dutor bilan tug‘ishgan ko‘hna bir devonaman,


Ul tug‘ushg‘onim bilan bir o‘tda doim yonaman.

Dillarida ham to‘la bechoralarga yorman,


Vaqti xush, g‘am ko‘rmaganlardan tamom bezorman.

Men dutorning torlariga berkinib olsam agar,


Pardalarning har biri bergay bo‘lak g‘amdan xabar.

Pardalar uzra yurib turgan odam barmoqlari


Ko‘kragimni ko‘p bosar, shundan bo‘lur tolmoqlari.

Ikki torni qaqshatib, barmoqlar o‘tsa to‘xtamay,


G‘amli un chiqmas o‘shal torlarda “Galdir” yig‘lamay.

Ahli g‘amlar men kabi majnunsifat galdir bo‘lar,


Shul sababdan bandaning nomini “Galdir” qo‘ydilar...

Yo‘q ishim hokim, amaldor, shohu hoqonlar bilan,


Birgadiruman doimo hamdard bo‘lg‘onlar bilan!..


Adabiyotlar:
1.Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliev M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: “Akademnashr”, 2010. – 398 bet.
2.Cho‘lpon. Asarlar. 4 jildlik. 1-jild. – T.: “Akademnashr”, 2013. – 221-bet.
Mustaqil ta’lim:
“Majolis un-nafois” asarini o‘rganish, tahlilini yozish
8- Seminar mashg‘uloti. Epik tur janrlari. Hikoya janri
Reja:

  1. Epik turni janrlarga ajratish

  2. Hikoya janri xususiyatlari

Epik, epos – yunoncha epos rivoyat, hikoya. Badiiy adabiyotning uchta turidan biri. Eposning asosiy xususiyati voqyeabandlik bo‘lib, unda muayyan zamon va makonda kechgan voqyea-hodisalar bayon qilinadi. Epik turdagi asarlar hayotni badiiy qamrab olish ko‘lamiga ko‘ra janrlarga ajratiladi. Hikoya janrida qahramon hayotidagi birgina voqyea ifodalansa, qissa janriga mansub asarda uning hayotidagi muayyan bosqich ifodalanadi. Romanda esa qahramon hayotidagi katta davr tasvirlanadi.


Rivoya” arabcha so‘z bo‘lib, “hikoya qilish” demakdir. Rivoya epik asar qurilishning asosiy shakli bo‘lib, undagi muallif yoki personaj-hikoyachi nutqidir. Ya'ni rivoya – asar matnining personajlar nutqidan tashqari qismi. Voqyealar kechayotgan zamon va makon, voqyea ishtirokchilariga oid turli tafsilotlar (peyzaj, narsa-buyumlar, portret, muallif xarakteristikasi), muallifning falsafiy, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy mushohadalari, personajlarning muallif tilidan berilgan o‘y fikrlari rivoyaning tarkibiy qismlaridir. Epik asarda rivoya muallif, roviy yoki personaj tilidan turli mavqye, turli nuqtai nazardan olib borilishi mumkin.
Epik asarda rivoyaning ob'ektiv va sub'ektiv ko‘rinishlari kuzatiladi. Birinchisida rivoya “xolis kuzatuvchi” mavqyesidan turib olib boriladi ya'ni roviy voqyealarga aralashmaydi, tasvir predmetiga munosabatini ochiq bildirmaydi. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Anor” hikoyasi bunga misoldir. Sub'ektiv ko‘rinishdagi rivoyada roviy voqyelikning o‘zining ichidan o‘tkazib, unga munosabatini ochiq bildirib aytib beradi. G‘afur G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi, “Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasi shunday asardi.



Download 31.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling