Mundarija kirish I bob. Dramaturgiya janri va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 267.5 Kb.
bet1/9
Sana21.06.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1645671
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Irodaxon 2023


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. DRAMATURGIYA JANRI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI………………………………………………………………..6
1.1. Drama janrining nazariy tavsifi va ilmiy o’rganilishi…………………………6
1.2. Jadid dramalarining g’oyaviy-badiiy o’ziga xosliklari……………………….13
I bob bo’yicha xulosalar…………………………………………………………..39
II BOB. JADID DRAMALARINI ADABIY TA’LIMDA O’RGATISH…….40
2.1. DTS talablari asosida maktab dastur va darsliklarida jadid dramasi o’rganilishi va ahvoli…………………………………………………………………………..40
2.2. 10-sinfda Behbudiyning “Padarkush” dramasini o’rgatish: badiiyat va uslub.41
2.3. 11-sinfda Fitratning “Abulfayzxon” dramasini o’rgatish uslubiyoti…………45
II bob bo’yicha xulosalar………………………………………………………….51
XULOSA…………………………………………………………………………52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..55


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O’zbekistonimizning musaffo osmoni uzra erk nasimi yela boshlagan chog’lardan e’tiboran ona xalqimizning asrlar osha barhayot bo’lgan orzu-umidlari ro’yobga chiqdi va oldimizda favqulodda murakkab hamda zarur vazifalar turgani ayon bo’ldi. Yuz o’ttiz yil davom etgan so’nggi istibdod sobiq Ittifoqdagi barcha respublikalarni juda ko’p hayotiy zarur jabhalarda bir-biriga mute qilib qo’ygani oshkor bo’ldi. Shunday vaqtlarda ana shu bir-biriga bog’lanishning ma’naviy niqobiga aylantirilgan ijtimoiy sohalarda ham bag’oyat chalkash, ammo muayyan mafkuraga tamoman bo’ysundirilgan qarashlar, talqinlar va tushunchalar hukmronligi ma’lum bo’ldi. Har qanday rivojlanish tabiat va jamiyatning dialektik qonunlariga asoslanib amalga oshganidek, Istiqlolimiz barcha voqea-hodisalarga xolis yondashuv tufayligina qaror topadi va mustahkamlanadi. Shu ma’noda mustaqillik mafkurasi to’g’risidagi tushunchaning ijtimoiy maydonga qo’yilgani mulohazali bahslar asosida asl haqiqatni oydinlashtirishga, tarix va tafakkur taraqqiyotini asl ko’rinishlarda tadqiq etib baholashga imkoniyat yaratadi. Garchi bu jarayon qaysidir ma’noda jaholat va ma’rifat, tarafkashlik va bilimdonlik bahslari shaklida davom etayotgan bo’lsa hamki, oxir-oqibat haqqoniy va xolis tushunchalarga yo’l bo’shatishi aniq. Zero, mazkur yo’l millatning ijtimoiy ongi shakllanishida, madaniy darajasining rivojlanishidagi yagona yo’ldir. Buyuk mutafakkir bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiy aynan hozirgi vaqtdagi kabi millatimizning istiqboli masalalari hal bo’layotgan tarixiy 1917-yilda yozganidek: “Dunyo jihodgardir. Jihod-jahd va jihodni shakli har zamonda boshqa bo’lur”.
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining asoschilari hisoblanmish jadid bobolarimiz haqida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev shunday fikr bildirib o’tgan: “O’z zamonining ilg’or namoyondalari bo’lgan jadidlar g’oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g’oyasi bilan maydonga chiqdilar. Shu maqsadda o’z mablag’lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va kutubxonalar, gazeta va jurnallar tashkil qildilar, qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o’qishga yubordilar. Ularning bu olijanob tashabbus va harakatlari jamiyat hayotida kuchli aks-sado berib, qudratli to’lqinga aylandi”1.
Umumta’lim maktablarida jadid dramalari va uning badiiyati o’rgatish hamma vaqt dolzarb masala bo’lib kelgan. Zero, erk kuychilari bo’lmish hur fikrli jadidlar o’zbek adabiyotiga ilk marotaba olib kirgan va o’zbek kitobxonlari hamda tomoshabinlarni san’at durdonalaridan bahramand etgan, vatandoshlarimiz tomonidan yaratilgan ilk dramalar hanuz o’z qadr-qimmatini yo’qotmagan. Jadid dramalarni o’quvchilarga o’rgatish, asarlarda berilgan g’oyalarni yetkaza olish, asarning botiniy ma’nolaridan o’quvchilarni boxabar etish har bir mas’uliyatli pedagogning oliy burchidir.

Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling