Mundarija kirish I bob. Dramaturgiya janri va uning o’ziga xos xususiyatlari


Jadid dramalarining g’oyaviy-badiiy o’ziga xosliklari


Download 267.5 Kb.
bet4/9
Sana21.06.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1645671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Irodaxon 2023

1.2. Jadid dramalarining g’oyaviy-badiiy o’ziga xosliklari.
Ijtimoiy hayot taqozosi hamda ehtiyoji tufayli o’zbek jadid dramaturgiyasi va teatri shakllana boshlandi.
Tarixiy jarayon hamda Rossiyaning mustamlakachilik siyosati mamlakatdagi musulmon o’lkalarning, masalan, Turkistonning tom ma’nodagi milliy uyg’onishi uchun qulay vaqt kelganini anglatmoqda edi. 19-asr so’nggi va 20-asrning birinchi choragida jamiyatning yetakchi fikrlarga ega namoyondalarining qarashlarini o’zida mujassam etgan milliy uyg’onish muayyan mafkura sifatida ilk navbatda jamiyatning madaniy-ma’rifiy hayotida ko’zga tashlandi. Mazkur harakatning asoschilari hisoblangan jadidlar esa juda ham keng ko’lamda amaliy ishlarni amalga oshira boshladi. Ularning bu harakati Turkiston millatining ijtimoiy- siyosiy tafakkuri rivojida yangi bir bosqich hisoblanar edi. Har bir xalq o’z madaniyatining taraqqiyotida bu bosqichni bosib o’tganligi, shubhasiz, negaki jamiyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan bir sistemaning tabiiy holatda yangi o’zgarishlarga yuz tutishi o’ziga xos ma’rifatparvarchilikni talab etadi. Turkiy millatning etnik jihatdan shakllanishi IX-X asrlarda Sharq uyg’onishiga o’z ta’sirini o’tkazgan ilm ulamolarining yetishib chiqishiga , badiiy adabiyotda esa pandnoma ruhdagi asarlarning yaratilishiga sabab bo’lgan bo’lsa, XIX asr so’nggi XX asr birinchi choragida yetganda ushbu jarayon juda ham rivojlangan holda eskirgan, qoloq va mustabidlik asosidagi jamiyatni adolatli, erkin, madaniy munosabatlar ustuvorlik qilgan jamiyatga aylantirish maqsadlariga tomon yuzlantirdi17. Shu tarafdan Turkiylarning bu ma’rifatparvarchiligini XVII-XVIII asrlardagi Yevropa, XIX asr yarmidagi Turkiya, XIX asr oxiri va XX asr boshidagi Yaponiya, Arabiston, Eron ma’rifatparvarchiligiga taqqoslash mumkin. Zero, taraqqiy etayotgan bir qator hodisalarning bir qancha umumiy qoidalarga ega ekanligi, bu hodisalarning tabiati bir ekanligidan dalolatdir.
Itimoiy ehtiyojlar talabi bilan maydonga kelgan ekan, demak, o’zbek jadid dramaturgiyasi shakllanishi uchun “asosiy manba tarixiy sharoit bo’ldi”18, − deb aytish lozim.
O’sha davrdagi tarixiy sharoitni yodga oladigan bo’lsak, bir necha millatning ozodlik yo’lida tashkil etilgan isyonlari chor ma’murlari tomonidan vahshiylarcha bostirilganini eslaymiz. Turkistonda mavjud siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy tazyiq hamda ta’qiblar o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan vaqt. O’sha vaqtda Chor Rossiyasining Turkistondagi eng ilg’or missioneri hisoblangan Nikolay Ostroumov 1892-yilning iyun oyida Toshkentda ko’tarilgan “vabo qo’zg’oloni”dan so’ng o’z do’stiga yozgan maktubida shunday deydi: “Ko’p jihatdan ayb o’zimizda, albatta; ularning (“sart”larning ) fe’l-atvorini va qonun-qoidalarini o’rganganimiz yo’q va hali ham o’rganmayapmiz”19 Ushbu “o’rganish” deb nomlangan niqob ostida keng ko’lamda ruslashtirish siyosatini olib borish yo’lidagi maqsadlarga qarab intilish istagi yotganligi esa shubhasizdir. Mazkur fikrga asoslangan holda qo’zg’olonlardan so’ng Turkistonga Rossiyadan rus oilalarini ko’chirib kelish boshlandi.
Xuddi shu asosda xalqning madaniy-ma’rifiy hayotida ham “ruslashtirish” rejasini yanada jadalroq amalga oshirish ishlari boshlangan edi. Mamlakatda ochila boshlagan rus-tuzem maktablari, gimnaziyalar, seminariya, harbiy bilim yurtlari kabi o’quv maskanlari tashkil etilib, bu yerda rus bolalari hamda o’zbek o’quvchilari birgalikda o’qitila boshlandi, ammo o’zbek farzandlarini Yevropacha o’qitishdan asosiy maqsad Chor Rossiyasining Turkistondagi o’ziga sadoqatli xufiyalarini yetishtirish, tilmochlarini tayyorlash edi. To’g’ri, dastlabki vaqtlarda mahalliy ziyolilar rus-tuzem maktablarining ochilishini mamlakat aholisini ziyoga chorlovchi bir nur deb qabul qilishdi, negaki mahalliy madrasalarda dunyoviy ilmlar ancha oqsagan, bu ahvolda mamlakatni rivojlantirish amri mahol edi. Shu boisdan millatning ilg’or fikrli insonlari mazkur ishga o’z hissalarini qo’shmoqchi bo’ldilar: mahalliy mulkdor boylar o’z hisoblaridan bunday maktablarga homiylik qila boshladilar. Ammo ziyolilar juda katta umid bog’lagan bu maktablar ishonchni oqlamadi. Ushbu maktablarda rus tilini mukammal bilish tugul, rus alifbosi tuzukroq biladigan o’quvchi ham chiqarilmadi. Qolaversa, bu maktablarda milliy qadriyalarimizga zid madaniyatlarning o’quvchilar ongiga singdirishga urinilishi insonlarning ularga bo’lgan ixlosini butunlay so’ndirdi. Shu sababdan millat ziyokorlari “ruslashtirish” niyatida tashkil etilgan rus-tuzem maktablari bilan bir qatorda “usuli jadid” maktablariga ham asos sola boshladilar20. Bunday maktablarni tashkil etgan insonlar esa “jadid” yoxud “taraqqiyparvar” deb atala boshlandi. Ularning ilk namoyondalari Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy-Ajziy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriy, Lutfullo Olimiy, Muhammadsharif So’fizoda, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy singari millatning atoqli vakillari bo’lgan.
Millat jadidlarining faoliyatini kuzatar ekanmiz, ularning chindan ham Uyg’onish davrining daholari ekanligiga guvoh bo’lamiz. Zero, ular mamlakatimizga va uning aholisiga taqdim etgan yangiliklari tahsinga sazovordir.
1910-yillarda Turkiston madaniyati yana bir yangilikni qabul qilib oldi. Ushbu davrda Turkistonda yangi o’zbek milliy teatri vujudga keldi21. Millatni ma’rifat nuri bilan uyg’otib, ozodlik va taraqqiyot tantanasini orzulagan jadid ziyolilari maslak yo’lidagi buyuk amallardan biri teatr, deb tushundilar va shu yo’lda sa’y-harakat boshlab , qisqa bir muddatda g’oyat shoyon samaralarga yetishdilar22.
Turkistonning rus, tatar, ozarbayjon teatrlari bilan aloqasi o’zbek milliy teatr san’atining antik davrlarda yaratilgan qadimgi yunon teatri ko’rinishdagi teatr madaniyatini oradan ikki ming yil o’tib,mazmun va shakl jihatdan mukammallikka yetgan holda qayta tug’ilishiga asos bo’ldi. Oradan uzoq vatlar o’tib ijtimoiy-tarixiy vaziyat tufayli masxaraboz hamda qiziqchilarning maydon tomoshalariga aylanib qolgan ellin teatr madaniyati keyingi davrlarda paydo bo’lgan Yevropa teatrlariga asos bo’lib xizmat qildi va uning ichiga aralashib, singib, o’zgarib, ularning ishtiroki bilan o’zining qadimgi maskanlaridan biri bo’lgan Markaziy Osiyoga qayta boshladi, ammo endilikda u o’zining qadimiy ildizlaridan uzilgan, hatto buni mutlaqo tasavvur qilib ko’rmagan avlodlar uchun hayrat va ibrat namunasi, ulug’vor maqsadlarga yetaklaguvchi “ulug’lar maktabi”, “sadoyi vatan” bo’lib qaytmoqda, qayta tug’ilmoqda, G’ulom Zafariy iborasi bilan aytganda, “yangi davr” bo’lib yaratilmoqda edi23.
Vatanimizda ishga tushirila boshlangan teatrlar uchun milliy dramalar yaratish davr talabi edi va aynan shuning uchun ham ilg’or fikrli jadidlarimiz bu ishga qo’l urdilar. Ilk bor jadid ma’rifatparvari Mahmudxo’ja Behbudiy o’zbek milliy dramasini yaratdi. “Padarkush yoxud o’qimagan bolaning holi” nomli “3parda, 4 manzarali milliy birinchi fojia”sini yozadi. Asarni chop etib ommaga tarqatish maqsadida qilingan harakatlar ikki yilgacha samara bermaydi. Faqatgina 1912-yilga kelib dramani rus va fransuz jangining Borodino maydonida ruslarning g’alaba bilan yakunlagani tufayli uyushtirilgan 100 yillik bayramiga bag’ishlab Tiflisdagi senzorga yuborilishi nashr etish uchun imkon beradi. “Matbuot ishlari Tiflis qo’mitasi senzori ruxsati bilan Kavkaz o’lkasi sahnalarida qo’yish mumkin” degan 1913-yil 23-mart 19940-sonli qaroriga ko’ra drama 1913-yil Samarqand nashriyotida kitob holida chop etilib, xalqqa taqdim etiladi.
“Padarkush”ning chop etilishi o’zbek milliy teatrining tug’ilishi bo’ldi, desak, mubolag’a bo’lmaydi. Asar 1913-yiliyoq Toshkentda Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Samarqandda Mahmudxo’ja Behbudiy rahbarliklari ostida sahnalashtirila boshlandi. O’sha vaqtlarda nashrdan chiquvchi “Oyina” jurnalida shunday yozishadi: “Samarqandning o’zbek va tatar yosh va taraqqiyparvarlari bir bo’lib, o’zbekcha “Padarkush” va tatarcha “Oldaduk ham oldanduk” asarlarini Samarqand qiroatxonai islomiyasi naf’ig’a 1914-yil 15-yanvar oqshominda Samarqandda qo’ymoqchi bo’ldilar va ham ushbu g’ayratli o’zbek va tatarlar birlashub, Xo’qand va Buxoro va o’zga Turkiston shaharlarinda milliy tiyotrlar ko’rsatmoqchidurlarki, niyat va g’ayratlari shoyoni shukronadur. Idoraga kelgan maktublarga qaraganda, Xo’qand va Toshkanda ham “Padarkush” fojiasini sahnada qo’ymoq uchun mashq qilmoqda emishlar. Agarda g’ayratli yoshlar milliy tiyotrga rivoj bersalar, yana boshqa asarlarda tartib va nashr qilinur”24.
Mazkur mo’jazgina xabar bir qancha e’tiborli ma’lumotlardan darak beradi. Avvalo, xabar hali asar sahnaga qo’yilmasidan gazetxonlarni muhim bir tarixiy-madaniy voqeaga tayyorlamoqdalar. Bundan tashqari, sahna asarining xalqqa taqdim etiluvchi sanani aniq qilib aytmoqda. Qolaversa, Samarqandda qardosh tatar xalqlarining g’ayratli yoshlari tomonidan truppa tashkil etilgani hamda bu truppada milliy havaskorlarimiz ham hamkorlikda faoliyat olib borayotganlari haqida ma’lumot berilmoqda va hali “Padarkush” sahnada namoyish etilmasidan boshqa katta shaharlarga gastrol qilish rejalashtirilmoqdaki, yangi san’at turini tezroq xalqqa yetkazmoq ilg’or va g’ayratli yoshlarni teatr rivoji uchun yanada jalb qilmoq edi.
Xullas, “Padarkush” dramasini xalqqa taqdim etmoq faqatgina Behbudiy yoki Samarqand ahli uchun ahamiyatli hodisa bo’lmay, balki butun Turkiston bo’ylab yangi ijtimoiy-madaniy hayot paydo bo’lganligi va uning rivoji uchun teatr havaskorlari negizida yangidan yangi ma’rifatparvar yoshlardan tuzilgan jamoalarning maydonga kelishi uchun sabab bo’ldi.
“Padarkush” birinchi marta havaskorlar tomonidan 1914-yil 15-yanvarda Samarqandning Yangishahar degan joyida omma e’tiboriga havola etiladi. Shu munosabat bilan “Oyina” majallasining 1914-yil 25-yanvar 14-sonida “Turkistonda birinchi milliy teatr” hamda “Padarkush” ketidan tatar truppasi qo’ygan “Oldaduk ham oldanduk” nomli tatarcha spektakl haqida 1914-yil 1-fevral 15-sonida “Samarqandda teatr” nomli davomli axborot-taqrizlar e’lon qilinadi. Unda “Padarkush” fojiasining “nihoyatda yaxshi amalg’a qo’yilg’ani” aytilib, teatr ibratxonaga minglab xalq “hujum” qilgani , 320 o’rinlik teatr zaliga yana ellikta qo’shimcha joy qilinib, biletlar baland narxlarda avvaldan sotilgani bayon qilinadi25. E’tiborli jihati shundaki, 300-400 kishi qaytib ketishga majbur bo’lganligi haqida ham ma’lumotlar bor. Ayrim insonlar esa o’z biletlarini ikki hissa qimmatga pullab, foydalanib qoladilar, ko’pchilik esa uch so’m berib, tik turib spektakl ko’rishga ham rozi, biroq tik turish uchun ham joy qolmagan edi26. Oqibatda, tashkilotchilar xalqdan uzr so’rab, spektaklni tez fursatlarda Eski shaharda yana namoyish etishlarini bildirdilar. Ushbu axborotlar spektaklning favqulodda ulkan hodisa bo’lganining yorqin dalilidir.
Taassufki, xabarda asarni sahnalashtirgan rejissyor haqida hech qanday ma’lumot berilmaydi, ammo jadid teatri tarixini birinchilardan bo’lib o’rgangan Miyon Buzruk Solihov shunday ma’lumot beradi: “Ozarbayjonli Aliasqar Asqarovning sahnani tartibga solishda ta’siri bo’lgan. Hatto uning rejissyorlik vazifasini bajarganini professor Abdulla Avloniy so’zlagan edi. Ikkinchi, bir xabarga ko’ra, rejissyorlikni Mahmudxo’ja Behbudiyning o’zi qilgan emish”27.
“Padarkush”ning bunday muvaffaqqiyati tez orada butun Turkistonga yoyiladi va kata shaharlarda ketma-ket namoyish etila boshlaydi. Ayrim joylarda yerli aholining havaskorlari o’zlaricha mustaqil holda, ayrim shaharlarda esa Samarqand teatr truppasi a’zolari bilan hamkorlikda o’ynaladi. Dramaning yoyilishi to’g’risidagi xabarlar “Oyina” jurnalida doimiy ravishda berib boriladi.
Biz yuqorida keltirib o’tgan teatr tashkilotchilarining va’dasi va tomoshabinlarning talab va istaklari bilan yoshlar yana “Padarkush” dramasini sahnalashtirishadi. Ma’lumot berilishicha, bu safar ham aynan o’sha aktyorlar asarni jonlantirishgan, biroq spektakl rejissyori bu safar Mulla Orif Abdurahimzoda edi28.
O’sha vaqtdagi xabarlarga ko’ra, “Padarkush”dan ilhomlangan, milliy dramaturgiyamizning yangi namunalarini yozib, xalqqa taqdim etayotgan g’ayratli muharrir-dramaturglar paydo bo’la boshlaydi. Ushbu davrda turkistonliklar hayotidan hikoya qiluvchi quyidagi dramalar yozib tugatildi: “Ahmad porina”, “To’y”, “Boy ila xizmatchi”, “Isloh maktabi haqida kengash majlisi”, “Eski maktab holi”, “… eshigida qonli ko’z yoshlarimiz”, “Ko’knori”.
Xullas, “Padarkush”pyesasi bilan Mahmudxo’ja Behbudiy boshlab bergan dramaturglik an’anasi keng quloch yoza boshladi. Tez-tez yangidan yangi milliy dramalar yozilib turganiga qaramay, Behbudiyning “Padarkush”i bir necha yillargacha teatr sahnalaridan tushmay, o’z qimmatini zarracha yo’qotmay keldi. Asar shu qadar ommalashib ketdiki, asarning har bir nashrida keltiriluvchi muallif ruxsatisiz sahnalashtirish mumkin emasligi haqidagi ogohlantirishga qaramasdan “Padarkush”ni sahnalashtiruchilar juda ko’payib ketdi. Muallifning o’zi yozishicha, 1914-yilning yanvar va sentabr oylari oralig’idayoq “Padarkush” jami 15 marta sahnaga olib chiqildi, ammo ularning atigi yettitasiga muallifdan yozma ruxsatnoma olingan. Jadid ma’rifatparvari o’z asarining bunchalik mashhurligidan quvonish bilan bir qatorda o’zboshimchalik bilan sahnalashtiruvchilardan biroz norozi ekanligini ham bildirib o’tgan. Zero, asarni sahnalashtirishdan asosiy maqsad yangi, ta’sirchan san’at turi orqali millatning ma’naviyatini yuksaltirish bo’lsa, ikkinchi tarafdan tetar tomoshalari orqali mablag’ yig’ish va bu mablag’ni “usuli savtiya” maktablarining faoliyati uchun sarflashdan iborat edi.
“Padarkush” – o’zbek milliy dramaturgiyasining barcha tomonidan birdek tan olingan ilk namunasidir. Adabiyot mutaxassislari tomonidan ushbu asarga “ham shakl, ham mazmun jihatidan mukammal holdagi yangi o’zbek adabiyotini boshlab bergan asar”, deya ta’rif beriladi29. Mazkur drama birmuncha ixcham, mazmun tomonidan sodda va jo’n ekaniga qaramay, unda o’qigan va o’qimagan bolaning farqi, jaholat hamda nodonlik o’rtasidagi tafovut ta’sirchan ifodalab berilgan. Asar o’z otasining qotiliga aylangan nobakor o’g’il haqida hikoya qiladi. Faqatgina boylik baxt va obro’ keltiradi, o’qish hech narsani hal qilmaydi, degan aqidaga ega boyning erka va tantiq Toshmurod ismli o’g’li bor. Boy atrofdagilarning maslahatlariga quloq osmaydi, o’g’lini o’qitishni xayoliga ham keltirmaydi. Buning natijasida, boyning yakka-yu yagona merosxo’ri bo’lmish Toshmurod yomon, buzuq yo’llarga kirib ketadi, ko’cha bezorilari bilan hamdam tutinadi. maishatga puli yetmagan boyning o'g'li sherigini o’z uyiga boshlab keladi va tasodifan o’z otasining qotiliga aylanib qoladi.
Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, jaholat va nodonlik ham otaning, ham o’g’ilning hayotini zavolga boshladi. Asarda domlaning nutqida aytib o’tilganidek, biz jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmas ekanmiz, millatning kelajagi xavf ostida qolaveradi.
Qo’qonda teatrchilik harakati jadidlarning eng yorqin namoyondalaridan biri bo’lgan Hamza Hakimzoda Niyoziy nomi bilan bog’liqdir. Insonlarni ma’rifatga chorlamoq uchun faqatgina maktab yetarli emasligini yaxshi anglagan jadidlar30 zamon hamda dunyo voqealarini aholiga osonroq usulda yetkazish maqsadida teatrlar tshkil etilishi lozim deb hisoblaganlar. “Oyina” jurnali 1914-yil 19-fevral 7-sonida Qo’qonda qo’yilishi rejalashtirilayotgan sahna asari to’g’risida avvaldan shunday ma’lumotlar beradi: “Xo’qandda maktablar naf’ig’a “Padarkush” fojiasini 24-fevralda sahnada qo’ymoq uchun xo’qand taraqqiyparvar yoshlari g’ayrat etibdurlar. Xo’qandda turuvchi janob Akobir Samarqandiy Shomansur o’g’li baland darajalik Farg’ona volisidan ruxsat olibdur. Samarqand ko’ngullilaridan bir nechasi Xo’qandda borib åtmagon keraklik shaxslarni Xo’qandiy birodarlardan tayyorlab “Padarkush” fojiasini sahnada qo’ymoqchidurlar”.
Chindan ham, fevral oyi o’rtalarida Behbudiy boshchilik qilgan o’ntacha samarqandlik havaskor tomosha qo’yuvchilar : Abdulla Badriy, Xoji Mu’in, Hoshimqul, Rabbimqul, Abdusalom boyvachcha, Mardonqul singari shaxslar Qo’qonga kelib, qo’qonlik yoshlar va ziyolilardan Mirzohid Miroqilov, Ashurali Zohiriy, Xodixo’ja Yoqubxo’ja o’g’li, Sharifjon xoji Solih o’g’li, Mulla Mahmudjon o’g’li, Mulla Hakimjon muallimlardan iborat guruhning ko’magi bilan “Padarkush” spektaklini xalqning e’tiboriga havola qilishdi. Garchi shu vaqtgacha Qo’qonga ham rus, ozarbayjon, tatar truppalari bir necha marotabalab gastrolga kelishgan va o’z spektakllarini namoyish etishgan, turli kechalar uyushtirib, xalqning yangi teatr to’g’risidagi yangi tushunchalarini shakllantirishganiga qaramasdan Qo’qonda ham butun Turkistondagidek o'z milliy teatriga asos solish orzusi paydo bo’lgan edi. Bu orzu esa birinchi marta samarqandlik yoshlar bilan hamkorlikdagi “Padarkush” spektakli namoyishi orqali ro’yobga chiqdi.
Dunyoning bir necha rivojlangan mamlakatlarida mehmon bo’lib qaytgan Hamza Hakimzoda Niyoziyning ham dramaturgiya hamda teatr sohasiga alohida ahamiyat bilan qarashi ham aynan shu yillarga to’g’ri keladi31. Hamzaning yaqin do’stlaridan biri Mulla Ahmadali qoriga 1915-yil 12-noyabr sanasida yozgan maktubida ham teatr borasidagi qarashlari bitilgan.32 Hamza qalamiga mansub “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Ilm hidoyati” nomli sahna asarlari ham aynan mana shu davrlarda yaratilgandir. Lekin Hamzaning 1915- yilda teatr truppasiga asos solgani haqidagi fikrlar biroz munozaralidir. Misol uchun, M. Rahmonov “Hamza va o’zbek teatri” nomli monografiyasida 1915-yil sanasiga alohida ahamiyat berib yozadi: “Hamzaning revolyutsiyasidan ilgarigi birinchi havaskorlar truppasi 1915-yilning ikkinchi yarmida Qo’qon shahrida tashkil topadi. Truppaning sostavi Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mahmud Tarasha, Abdulaziz, Xolmuhammad Oxundiy, Mirhomid, Miroqilov, A’zamxo’jayev, Azimxo’ja Toshxo’jayev, Hasan Ermatov, Husan Ermatov, Isoq Sodiqiy, Abdullajon va boshqalardan iborat edi”33. Ammo aynan M.Rahmonovning o’zi 1968-yilda chop ettirgan “O’zbek teatri tarixi” nomli kitobida o’z fikrlariga o’zi qarshi chiqadi va yangi faktlarga tayangan holda: ”Keyingi vaqtlarda bu truppa (Qo’qon truppasi – Sh. R.) to’g’risida yana bir muhim hujjat topildi. Bu 1915-yilda Toshkentdagi “Turkiston”truppasining Qo’qon gastroli munosabati bilan bosilgan afishasi bo’lib, unda “Toshkent havaskorlari tomonidan 1915-yil 7-yanvarda “To’y” spektakli qo’yilajagi va unda Qo’qon “drama” san’ati havaskorlari truppasi ham qatnashajagi ko’rsatilgan. Bundan shu narsa ma’lum bo’ldiki, Hamza truppasi 1914-yilning oxiridayoq tashkil topgan. Ammo truppaning to “Zaharli hayot”ni sahnalashtirguncha qo’ygan repertuari to’g’risida yetarli ma’lumotlar yo’q”34, degan ma’lumotni keltirib o’tadi. Adabiyotshunos olima R.Ibrohimova “Hamza Hakimzoda va teatr” deb nomlangan maqolasida M.Rahmonovning yuqorida keltirilgan mulohazasining aynan o’zini takrorlaydi35. Lekin Hamzaning o’zi yozgan “Tarjimayi hol”ida yuqoridagi fikrlarga tamomila qarshi faktlar keltiriladi: “1914-yilning oxirlarinda hozirgi Farg’ona gazetasining muharriri o’rtoq Oxundiylarning g’ayrati bilan Marg’ilonda maktab ochdim. Sakkizinchi oyg’acha bormay, Andreev ismindagi Skobel maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi”36. Bundan xulosa qilish mumkinki, 1914-yil yakundan hisoblaganda sakkiz oy davomida Marg’ilonda maktab bilan ovora bo’lgan.
Hamza 1915-yildan faoliyat koʼrsatgan Qoʼqon teatr truppasi uchun sahna asarlari, dramalar yozdi. 1915-yilda yozgan «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» dramasi Hamzaning bu sohadagi birinchi qadami boʼldi. Ushbu dramadan keyin u «Oʼch», «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917), «Kim toʼgʼri?», «Boy ila xizmatchi» (1918) kabi sahna asarlarini yaratdi. «Zaharli hayot...» dramasi bevosita jadid maʼrifatparvarligi ruhida yozilgan boʼlib, unda ham «Yangi saodat» «milliy roman»idagi gʼoya yetakchilik qiladi. «Yangi saodat»da ilmsizlik, jaholat tufayli parokanda boʼlgan Аbdulqahhor oilasini yosh Olimjon ilm-maʼrifat orqali saodatli qiladi. Dramada esa jaholat, qoloqlik, mutaassiblik ilm-maʼrifat, taraqqiyot fidoyilari Mahmudxon va Maryamxonlarni fojiaga olib keladi37. Ushbu 4 pardali tragediya 1915-yilda yozilib, 1916 yilda Toshkentda «Matbaai Gʼulomiya»da mashhur maʼrifatchilardan, Hamzaning yaqin doʼsti, savdogar boy Saidnosir Mirjalolov (1884-1938) noshirligida bosmadan chiqqan. Muallif asarning janrini «Turkiston maishatidan qiz va kuyov fojiasi» deb belgilaydi. Аsarning bosh qahramonlari Maryamxon va Mahmudxonlar - zamonasining ilgʼor ziyolilari. Ular millat farzandlarini ilm-maʼrifatli qilishdek ulugʼ orzular ogʼushida, romantik xayollar bilan yashaydilar, ularning sevgisi ham nihoyatda pokiza va samimiy. Dramaturg asarda, ayniqsa, Maryam obraziga alohida eʼtibor qaratadi, uning butun qarashlari Mahmud obrazidan koʼra Maryam qiyofasida namoyon boʼladi. Toʼgʼri, Maryamxonning bu darajaga yetishishida Mahmudxonning xizmatlari katta. Uni maʼrifat yoʼliga olib chiqqan ham Mahmudxondir. Mana Maryamxonning hayotdagi maqsadi, hayotining bosh maslagi: «...afandim, emdi tezdan ijtihod etingizkim, ikkovimiz qoʼlimiz tutishib, zul-matda qolmish bu millatni, quyoshi boʼling-da, men mohito-boni boʼlub, qorongʼi Vatanni yorutaylik; sizda erlarimizning holindan, ban mazluma oilalarimizning holindan gʼazetalarga yozishib, bir- birlarimizi ogohlantiraylik. Chin maqsadingiz boʼlgan qizlar maktabi ochaylik, ban maʼnaviy, siz moddiy xizmatda boʼling, qadrsiz hamshiralarimizning kasod oʼlmish bozorlarini ilmi naqdiy bila koʼtarishaylik. Chin yashaylik, kelajakdagi avlodlarimizni mozorimizga borib, erlari sizga, qizlari bizning qabrimiz uzasina oq, qizil gullar sochub, Qurʼon oʼqub, ruhlarimizni olqishlarlik darajada bir xizmatlarni maydonga qoʼyaylik... Yoʼq esa qiyomatgacha qabringiz millat va kelajakdagi millat avlodi tarafindan maqhur, qiyomat kuni esa janob Haq va rasul afandimiz qoshinda uyatli va sarnigun oʼlmogʼingizni xotirangizda yodgor qoldiram! Demak, orzu-havas oʼlsa oʼlsin, milliyat, insoniyat oʼlmasun!»38 Mahmudxon drama davomida Maryamxonga nisbatan ancha sust, hatto Maryam uni kurash maydoniga tortishga harakat qiladi. U eng soʼnggi iloj «boshqa mamlakatga qochmoq»qa ham tayyor. Maryamxon Hamzaning «Yangi saodat»idagi ayollardan oʼz dunyoqarashining kengligi, kurashchanligi bilan ham keskin farq qiladi. U shariat, dini islomni buzuvchi hazrat eshon kabi mutaassiblarga qarshi bosh koʼtaradi. Ularning razil qilmishlarini fosh etadi, kelajakka katta umid bilan qaraydi39.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Hamzani (boshqa mutafakkirlarni ham) baʼzan shariatdin peshvolarining ayrim nojoʼya harakatlarini fosh etgani uchun dinsiz, ateist sifatida baholab keldilar. Аslida u dinni emas, mutaassiblikni, mutaassiblarni fosh etadi. Bunga uning «Zaharli hayot...» dramasi dalil. Undagi shariat, islomiyat haqidagi gap-soʼzlarga eʼtibor bering: «Shariat zolim emas, xoin emas... Shariat har kimni baxtiyor qilgan. Shariatda hurriyat bor, musovot bor, adolat bor. Shariatda jabr harom. Nikoh tarafaynning ijobiy qabuli bilan halol boʼlur. Man qabul qilmasam, nikohfosid, nikohharom.
Oh shariat! Essiz islomiyat! Shariat bitdimi? Yo Rabbiy!»40.
Hamza oʼzi taʼkidlaganidek, «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» pyesasi fojia janriga mansubdir. Unda fojia (tragediya)ga xos pafos ufurib turadi. Fojia-tragediyaning xos xususiyatlari haqida Аbdurauf Fitrat quyidagilarni yozgan edi: «Аsar qahramonining tilak yoʼlidagi qarashlari dramadagidan kuchli boʼlsa, halo-katlarga, qonli fojialarga borib taqalsa, tragediya (fojia) boʼladur». Аsarning ikki yosh qahramoni Maryam va Mahmud zamonasining hal qiluvchi kuchlari mutaassiblarga (asar yozilgan davrda ular hal qiluvchi kuch edi) qarshi kurashadilar. Tomonlar oʼrtasidagi kurash eng yuqori nuqtaga koʼtariladi: ularning istiqbol haqidagi yuksak orzulari chilparchin boʼladi. Natijada, ilojsiz qolgan yoshlar mavjud tuzumga, feodal tartiblarga, jaholatga, mutaassiblarga qarshi isyon sifatida oʼz hayotlariga qasd qiladilar. Uzoq vaqt Hamzaning hamma asarlaridan sinfiylikni qidirish va har bir asar voqeasiga va qahramonlariga sinfiylik nuqtai nazaridan yondashish hukmronlik qildi. Bu hol «Zaharli hayot...» dramasini baholashga oʼz taʼsirini oʼtkazgan. Toʼgʼri, Mahmudxon boylar toifasiga mansub, Maryamxon oʼta faqir xonadondan chiqqan. Bu ikki yosh qaysi sinfga mansubligidan qatʼi nazar, millat istiqboli uchun kurashadilar. Ularni ulugʼ maqsadlar birlashtiradi. Shuning uchun ham Hamza asar qahramonlarini, ularning insoniy fazilatlariga qarab baholaydi.
«Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» fojiasi kitobxon yoki tomoshabinlar qalbida Mahmudxon va Maryamxonlarga nisbatan muhabbat, rahm-shafqat, ularni fojiaga olib kelgan.
O’zbek jadid dramalari to’g’risida so’zlash uning mualliflari yoxud o’sha davrning tili bilan aytganda, musannif yoki muharrirlari haqida va sahnalashtirilishi yo nashr etilishidan qat’i nazar yozilgan dramalarning miqdor-salmog’i xususidagi ayrim tafsilotlarni taqozo etadi41. Turkistondagi yangi adabiyotning markazi Samarqand deb hisoblagan akademik N. A. Samoylovichning fikrlaridan farqli ravishda 1911-1916-yillarda mamlakatning hamma yirik shaharlarida badiiy mohir dramaturglar yetishib chiqayotgan edi42 Oradan yillar o’tgan sari dramaturglar ko’payib, sahna uchun mo’ljallab yoziluvchi asarlarning soni hamda sifati oshib bora boshladi. Samarqandda Mahmudxo’ja Behbudiy, Xoji Muin Shukrullo, Abdulla Badriy, Nusratillo Qudratillo; Toshkentda Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, G’ulom Zafariy; Qo’qonda Abdulrauf Samadov Shahidiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy; Andijonda Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon, Shamsiddin Sharofiddinov – Xurshid; Buxoroda Abdurauf Fitrat kabi qator musanniflar yetishgan va yetishib chiqmoqda edi.
Besh-olti yilda yozib tugatilgan dramalarning soni ham anchagina ko’payib qoldi. Akademik Samoylovich jami yettita dramani sanab o’tadi va ularni qisqacha sharhlaydi. Bular:
1.Mahmudxo’ja Behbudiy – “Padarkush”;
2. Nusratilla Qudratilla – “To’y”;
3. Abdulla Qodiriy – “Baxtsiz kuyov”;
4. Abdulla BAdriy – “Juvonmarg”;
5. Abdulla Badriy – “Axmoq”;
6. Hoji Mu’in – “Ko’knori”;
7. Hoji Mu’in – “Eski maktab – yangi maktab”.
Miyon Buzruk Solihov esa Shahidiy-Samadovning “Mahramlar”, Xoji Mu’inning “Mazluma xotin”, “Juvonbozlik qurboni”, “Qozi ila muallim”, Nusratilla Qudratilla o’g’lining “Kengash majlisi”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Ilm hidoyati”, “Mulla Normuhammadning “Kufr xatosi”, Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi?” dramalarini ham sanab o’tadi va ularning sonini 17 taga yetkazadi.43
Professor M.Rahmonovning “O’zbek teatri tarixi” kitobining sakkizinchi ilovasida esa ushbu ro’yxatning batafsili berilgan. M. Rahmonov o’zidan avvalgi tadqiqotchilar tuzgan ro’yxatga Abdurauf Fitratning “Hindistonlik bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning munzarasi”, Hamzaning “Loshmon fojialari” asarining birinchi qismini ham mazkur ro’yxatga qo’shadi. Xoji Muin SHukrulloning “Isloh va maktab haqida kengash majlisi”, Abdulla Avloniyning “Pinak” asarini ham mazkur tadqiqotchilar ro’yxatiga qo’shib44, 1911-1916-yillar davomida yozilgan jadid dramalarining soni 18 taga yetkazadi. Aslida to’tta pyesa kiritilganidan so’ng ularning soni 21 ta bo’lishi kerak edi. Ammo muallif M.B.Solihov asarini bilan tanish bo’lishiga qaramay, “Boy ila xizmatkor”, “Qozi ila muallim” asarlarini sanab o’tmaydi va bunga hech qanday bir izoh ham bermaydi. “Isloh va maktab haqida kengash majlisi” asarini esa Xoji Mu’in qalamiga mansub deya fikr bildirib o’tadi. Umuman olganda, M.Rahmonov keltirgan ilovasida hammasi bo’lib yigirma oltita pyesaning ro’yxati keltirilgan, ya’ni yana qo’shimcha sakkizta pyesa 1917-yilda yaratilgan deya nisbat beriladi va ular quyidagicha tartibda sanab o’tilgan:
1. Hamza – “Muxtoriyat yoki avtonomiya”;
2. A. Badriy – “O’gay ota”;
3.A. Badriy – “Boybachcha”;
4.Abdurauf Fitrat – “Begijon”;
5.Abdurauf Fitrat – “Qon”;
6.Noma’lum muallif – “Ahmad pari”;
7. Noma’lum muallif – “Eski maktab holi”;
8.Noma’lum muallif – “Yoshlikda qonli ko’z yoshlarim”.45
Chindan ham, shoir tadqiqotchilarining aniqlashlaricha, Hamza qalamiga mansub “Muxtoriyat yoki avtonomiya” asari 1917-yilning o’rtalarida yaratilgan. Uning “Loshmon fojiasi” ko’p qismli asarining birinchi bo’limi ham 1916-yilgi ‘‘mardikor olish’’ voqealari bilan bog’liq xalq qo’zg’oloni mavzusida bo’lib, “jadid dramaturgiyasining shakllanish (1911 – 1916-yil birinchi yarmi) davriga taalluqli emas. Qolaversa, “Loshmon fojiasi”ning 1-bo’limi aynan 1916- yilda yaratilgani haqidagi mulohazalar ham ehtimoldan holi emas. Ammo M. Rahmonov 1917-yilda yaratilgan deb taxmin qilayotgan boshqa asarlar ham , u tadqiqotida keltirmagan ikki drama ham 1916-yil o’rtalarigacha yozilgan va bunga aniq dalillar ham mavjud.
Xoji Mu’in yaratgan “Ko’knori” deb atalgan bir pardali kulgili dramasida ko’knori iste’mol qilishga berilgan asar qahramonlaridan biri Bobosharif rus banklaridan kreditga pul olib boyib ketgan va buning oqibatida pullarning bexosiyatligi sabab ishlari orqaga ketib, inqirozga yuz tutgan, singan insonlarni tilga olib, ularga “Ahmad porina” bo’lib qolibdur”, deya ta’rif beradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, o’sha vaqtlarda Samarqand atroflarida Ahmad ismli kishi bilan bog’liq moliyaviy mojaro yuz bergan bo’lib, bu voqea ancha mashhur bo’lgan, shekilli, ayrim inqirozgayuz tutgan kimsalarni Ahmad porina ahvoliga qiyos qilinadi. Ushbu voqea Xoji Mu’in asarida keltirilganiligi sabab ham aynan shu nom va mavzudagi 1914-yil yozilayotgan dramani ham uning o’zi yozmaganmikan, degan shubha paydo bo’ladi. Ayni paytda keltirilayotgan yetti dramaning uchtasi , ya’ni “To’y” (Nusratilla Qudratilla bilan hamkorlikda yaratilgan), “Boy ila xizmatkor”, “Ko’knori” pyesalari ham, mavjud ma’lumotlarga ko’ra, Xoji Mu’in qalamiga mansub deb aytishimiz mumkin.
Jadid adabiyotining ulug’ namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat ham dramaturgiya sohasida yetarlicha qalam tebratgan va uning dramaturg sifatidagi muvaffaqqiyati o’z zamondoshlari tomonidan birdek e’tirof etilgan fitratshunoslarning ta’kidlashicha, Abdurauf Fitrat o’ndan ortiq sahna asari yaratgan. Ular quyidagilar:
1. “Begijon” – besh pardali fojiaviy asar (1916);
2. “Abo Muslim” (1916);
3. “Mavludi Sharif”;
4. “Temur sag’anasi” (1918);
5. “O’g’uzxon” ( 1919);
6. “Qon” (1920);
7. “Chin sevish” (1920);
8. “Hind ixtilolchilari” (1921);
9. “Abulfayzxon” (1923);
10. “Shaytonning tangriga isyoni” (1926);
11. “Arslon” (1926);
12. “Vose’ qo’zg’oloni” (1927);
13. “Ro’zalar” (1930).
Abdurauf Fitrat yaratgan ushbu dramalarning dastlabki oltitasi saqlanib qolmagan. Ulardan ayrimlarining yo’nalishlari va qanday mavzuda ekanliklari xususidagi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. Masalan, “Abo Muslim” besh pardali, yetti manzarali tarixiy pyesa bo’lib, 747-750-yillarda arab xalifaligida hukmronlik qiluvchi umaviylar sulolasiga qarshi kurashib, abbosiylarning hokimiyatga kelishiga bosh sababchilardan bo’lgan qo’zg’olonchilar rahnamosi xurosonlik Abu Muslim (727-755) hayoti va taqdirini yoritgan. 20- yillarda sahnalashtirilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. “Turkiston” gazetasining 1921-yil 21- dekabrdagi sonida Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning “Abo Muslim” dramasi xususidagi taqrizi ham bor. “O’g’uzxon” dramasi milodiy asr boshlarida yashab o’tgan turkiy xalqlarning markazlashgan xoqonligini tuzgan buyuk sarkarda haqida hikoya qiladi. “Qon” haqidagi ba’zi bir faktlarga tayanib, shuni aytishimiz mumkinki, bu asar muallif zamonasidan hikoya qiladi va bir muddat sahnaga ham qo’yilgan. “Temur sag’anasi” deb nomlangan pyesaning faqatgina ba’zi-bir parchalari bizgacha yetib kelgan. Fitratshunoslar ushbu drama “Yurt qayg’usi” dagi lirik qahramonning murojaatiga javobdek yozilgan. Misol uchun, buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur qabrdan chiqib, bugungi kun avlolariga shunday xitob qiladi:
“Men sizlarga ko’p narsalar yetkardim. Ne bo’ldiki, bir zamonlar sharafli va jasur bir millatning avlodlari hozir boshqa bir millatning zulmi ostida qolmish. Kimlar bog’laringdan qushlarimizni quvmoqda!.. Otalar merosidan nimani oldingiz!.. Sizdan talab etaman, qalqingiz!.. O’lkani tuzatingiz, avlodlarimning hur yashamoqlarini ta’min etingiz. Agar bunday qilmasangiz, o’lka buyuk bir mozorlik holiga kelur”.
Fitratning ikki dramasida, ya’ni “Chin sevish” va “Hind ixtilolchilari”da voqealar Hindistonda yuz beradi. Har ikki asar Hindiston o’lkasining ingliz bosqinchilariga qarshi bo’lgan kurashlari haqida hikoya qiladi va muallifning o’zi “Hind ixtilolchilari turmushindan olingan besh pardali ishqiy-hissiy fojiadir” deya izohlab o’tadi. Ixtilolchi “qo’zg’olonchi” degan ma’noni anglatadi. Bu ikki dramaning har biri alohida-alohida asar bo’lib, bir asarning ikki varianti emas. “Chin sevish” birinchi yozilgan va 1920-yilda nashrdan chiqarilgan. “Hindixtilolchilari” 1923-yilda Berlinda nashr etilganiga qaramasdan, muallifning o’zi ushbu asari 1920-yilda yozilgan deb ko’rsatadi.
“Chin sevish” pyesasining asosiy qahramonlari Nuriddinxon va Zulayho, uning otasi Karimbaxsh, Rahmatilloxon boyvachcha, ingliz yuzboshchisi Vilyamlar hisoblanadi. Drama Karimbaxsh xonadonidagi so’zlashuv bilan boshlanadi. Boyvachcha Rahmatulloxon uning xonadoniga mehmon bo’lib keladi. Uning niyati Zulayhoning vasliga yetishmoq. Gapgan gap chiqib ularning suhbati Yevropa mavzusiga borib taqaladi. Ularning ko’pi Yevropada ta’lim olib qaytgan. Ammo olingan bilim va ma’lumotlar yaxshilikka emas, yomonlikka xizmat qilishi ham mumkin ekan.
Karimbaxsh ham avvallari Yevropani ko’p maqtar edi. Hozir esa uning fikri butunlay o’zgargan. “Ovro’poda bilim bor, lekin insof yo’q. Ovruponing bilimi qoplonning tishi, tirnog’i kabi bir narsadir. Kuchsizlarni yirtib, yemak to’g’risida ko’p ish ko’rmishlar…”, -- degan gaplarni so’zlaydi u rafiqasi Fotimaxonimga.
Ayoli esa uning bu so’zlaridan nihoyatda hayron bo’ladi; “Bukung’acha Ovrupoda o’qimoqni maqtashdan tilingiz tinmas edi.. Ovrupo bilimlarini o’rganishni lozim topgan edingiz. Bu kun u so’zingizdan qaytib qolibsizmi?”
Karimbaxsh esa o’zining yuqoridagi fikrlarini shunday izohlaydi: “Qaytg’onim yo’q. Ovrupo ishlarini o’rganmoq, albatta, kerakdir. Ovrupoda o’qimoq ovrupoliklarni insofli, adolatli deb maqtamoq uchun emas, ulardan o’zimizni saqlamoq, tishli-tirnoqli bo’lish uchun kerakdir”.
Dastlab, Karimbaxshning ma’rifatparvarlik xususidagi fikrlarining butkul o’zgarganiga e’tibor qaratishimiz lozim. Biroz avval xalqimizning nazdida Yevropa ideal, mukammal mamlakat edi, ammo uning asl qiyofasini ko’ra boshlashgani sari ko’z ochila boshladi. Ularning aytayotgan gaplari va qilayotgan ishlarining bir-biriga to’g’ri kelmasligi tobora aniq bo’la boshladi, ammo hamma ham buni teran idrok etavermaydi. Misol uchun, asarning yana bir qahramoni Rahmatillo o’zining Yevropa haqidagi fikrlarini umuman o’zgartirgan emas. U hali-hamon Yevropani ideal mamlakat, deb hisoblaydi. O’zining olgan har bir bilimlari uchun Yevropadan qarzdor deb biladi. Yevropaliklar orasida ham musulmonlarning mavjud ekanligi va ularning hatto masjid qurayotganliklari uni juda qattiq hayajonga soladi. Ammo Karimbaxsh o’z fikrida qat’iy. Uning iborasi bilan aytganda,:”ularning masjid yasamoqlari Ka’bani buzmoq uchundir”.
Xo’sh asarda Nuriddin qanday inson holida gavdalanadi? Asarda Nuriddin ixtilolchi sifatida gavdalanadi. U Vatanini chin dildan sevuvchi haqiqiy er yigitdir. U o’z Vatanining qaramligidan, tobora botqoqlikka botib borayotganligidan qattiq qayg’uradi. Uning hayoti tahlika bilan to’la. Bir tomonda esa inglizlar balosi. Boshqa tomonda Rahmatullo o’xshagan loqaydlar. Asarda bir inglizning o’limi sababidan Dehlida harbiy holat e’lon qilinganligi haqida sahna mavjud. Aynan mana shuni bahona qilib, Vatanini dildan sevuvchi har bir el farzandini qamoqqa olishmoqda. Rahmatullo ham Zulayho ishqida yurganligi uchun shu fursatdan foydalanib, Nuriddindan qutulmoqchi. Nuriddinning qalbida esa ikki muhabbat liq to’la. Ulardan birinchisi Zulayho ishqi bo’lsa, ikkinchisi vatan ishqidir. Uning qamoqdaligida bu muhabbatlar yanada alangalanadi. “Chin oshiqlar ma’shuqalarining o’zi bilan emas, xayoli bilan yashayur”46, deb e’tirof etadi.
Darhaqiqat, Nuriddinda ishqiy-hissiy holat, ma’shuqa bilan ruhiy birlikni anglash kuchli. Nuriddin ayrim jihatlari bilan Hindiston erki va ozodligi uchun kurashgan, buyuk faylasuf shoir, inqilobni inson ruhiga ko’chirgan hind shoiri Muhammad Iqbolga o’xshab ketadi. Sharq ozodlik uchun kurashga otlangan, Javoharlal Neru ta’biri bilan aytganda, “ishonchli ma’naviy suyanchiq” hisoblangan bu shoirning ash’ori , aniqroq aytadigan bo’lsak, “Asrori hudi” (“O’zlik sirlari”. 1915), “Rumuzi behudi” (“Behudlik ramzlari”. 1918) dostonlaridan Fitrat bexabar bo’lgan emas. O'zining “Hind ixtilolchilari” asarida Muhammad Iqbolning she’rlaridan parchalar keltirib, shoir nomini ham qayd etib o’tadi47.
“Chin sevish” asari Mannon Uyg’ur tomonidan Toshkentda sahnalashtirildi. “O’zbek sahnasi ulug’ va ulug’ligi qadar yuksak ham go’zal bir tomosha ko’rdi”, deya ta’rif beradi shoir Cho’lpon. Vadud Mahmud esa uni “o’zbek sahnasida shu kungacha o’ynalib kelgan pyesalarning eng kuchlisi, eng buyugi”, deb baholadi. Asarning shuhrati faqat Rusiya musulmonlari orasidagina emas, Turk-u Erondan Hind-u Afg’ongacha yoyildi.
Hindistonni ingliz bosqinchilaridan tozalash masalasi “Chin sevish” da boshlanib, “Hind ixtilolchilari”da davom etadi. Asarda bir-birini qattiq sevuvchi ikki personaj – Rahimbaxsh va Dilnavoz gavdalanadi. Ular bir-biriga ko’ngil qo’ygan, ammo yurtda erkinlik, ozodlik yo’q. vatan o’zgalarning oyog’i ostida bo’lganligi sababli ikki oshiq ham ozod emaslar. Bir kuni hech qanday sababsiz “Hukumatga qarshi kengashursiz”, deya ikki yoshni hibsga oladilar. Rahimbaxshni qamab, Lohur po’lisi boshlig’i Okunar Dilnavozni ko’ngilxushlik uchun olib ketadi. Rahimbaxsh qamoqdan qochib chiqadi va inqilobchilar safiga borib qo’shiladi. Dilnavozni ularning changalidan qutqaradi. Ammo inglizlar inqilobchilar makonini aniqlashadi. Jang vaqtida Dilnavoz va Badrinat degan hind inqilobchisi inglizlar qo’liga asirga tushadi. Drama ularning ozod qilinishi hamda “Yurtimizni qutqaramiz! Yashasin Istiqlol!” degan hayqiriqlari bilan tugaydi. Pyesaning muxtasar tarjimasi shunday. Asardagi har bir jumla, personajlar nutqi Vatanga bo’lgan buyuk muhabbat, ozodlikka intilish istagi bilan to’la. Asarning badiiyatidan bahramand bo’lgan har bir kitobxon qalbida o’z Vataniga bo’lgan muhabbatning jo’sh urishi shubhasizdir.
“Meni Hindistonni sevganingcha sevarmisan?” – deya sevgilisini so’roqqa tutgan Dilnavoz Rahimbaxshdan “Hindistonni sevganim seni sevganim emasmi?” – deya javob oladi. Rahimbaxsh o’z vatanini har bir qarich yerini, bir siqim tuprog’ini, tog’larini, suvlarini, havosini, tosh-tuprog’ini, go’zalligini, fazilatini, tarixini sevadi. Dilnavoz esa mana shu yurtning endi ochila boshlagan chechagi, gulidir. Shu boisdan, Dilnavozning shubhaga yo’g’rilgan ushbu murojaatiga: “Chindan sevaman, yurakdan sevaman, jondan sevaman, vijdondan sevaman. Menim yurgaimdagi sevgini ko’rsatmak uchun sevish so’zi ozdir. Topinaman senga!” – deya javob qiladi.
To’g’risini aytganda, Rahimbaxsh uchun hayotda erkinlikdan o’zga hech narsa kerak emas. Dilnavoz ham “Kimsaning bizga hech ishi bo’lmasa”, - deya zorlanadi. Biroq inglizlar ularning har bir qadamidan boxabar, hamisha ikki yoshni ta’qib qiladi. Inglizlarni yurtdan haydamasdan ozod bo’lish mumkin emas. Taassufki, bu ish ham oson kechmaydi.
Shuni inobatga olib Rahimbaxsh quyidagicha so’zlaydi: “Ishning qulayini axtarmak yalqovlikdir. Qulay ishdan buyuk unum chiqmas. Buyuk unumli ishlar qulay-da bo’lmas. Inglizlarni Hindistondan quvmoq år yuzini o’z qora qanotlari ostiga olg’on olbostini yo’q etmoqdir. Qulay bo’lmas. Nima bo’lsa ham, bir yovni yurtdan haydamoq bir yurtni yov qo’lida ko’rmoqdin qiyin emasdir”
Ammo ozodlikka yetishmoq baribir oson ish emas, zero, ozodlikka erishish uchun avval uni qalbda juda qattiq xohlash kerak. Qulning o’zining qul ekanligini ongli ravishda anglashi uning ozodlikka qarab intilgan ilk qadamidir. Keyin esa ozodlik uchun qullar o’zini ruhan tayyorlab olmoqlari zarur. “Miyalari tamug’ puchmoqlaridan qorong’iroq, ko’zlari oyoq ostidan nariroqni ko’rmaydirgan, “olg’a bosmoq”, “kelgusini o’ylamoq”ni kufr deb biluvchi , “Dunyo bularni talamoq uchun birlashgan”da ham “talondan qutulmak uchun birlashmay”digan to’dadan neni ham kutish mumkin edi48?
Biroq asarning bosh qahramoni Rahimbaxsh hech qachon noumid bo’lmaydi. U: “Zulm mazlumlarni birlashtirmak uchun eng buyuk quroldir” deya hisoblaydi. Bunday holatda chinakam g’ururi bor insonlar ozodlik yo’lida, albatta, birlashadilar. Insoniylik esa xoh musulmon bo’lsin, xoh majusiy farqi yo’q, bunga qaramaydi.
Chindan ham, yurt tobora parokandalikka yuz tutmoqda. “Ulus ezilib bitdi… Omonlik, tinchlik, erk degan narsalarni kimsa bilmaydir. Masjidda namoz uchun yig’ilganlar siyosiy yig’in yasag’on bo’lib, to’pg’a bog’lanalar. Er bilan xotin o’zaro uzoqroq gaplashib qolsalar, hukumatga qarshi bo’lib, dorg’a osilalar… Shular orasinda tinch turmak… Lolaxardiyol aytmoqchi, sag’anan boshida chog’ir ichmakka o’xshaydir”.
Rahimbaxsh ona xalqining fojiaviy taqdirini teranroq anglab borgani sari ozodlikka intilishi yanada kuchayaveradi. Inglizlar ham anoyi emas. Inglizlar Hindiston aholisining turli dinlarga e’tiqod qilishidan, ular orasida vaqti-vaqti bilan diniy ixtiloflar chiqib turishidan o’z manfaati yo’lida ustalik bilan foydalanadi. Ularni bir-birlariga qarshi gijgijlab o’zi chetga chiqadi. Vatandoshlarning bir-birini qonini to’kishini mamnuniyat bilan kuzatadi. Abdurauf Fitrat har narsaga indamay ko’nib ketaveradigan millatning ruhiyatiga diqqatini qaratadi. Afg’on chegarasida joylashgan Bunir qo’rg’onining boshlig’I Mavlono Nu’mon o’z uyida gazetadagi xabarlarni o’qimoqda. Gazetada inglizlarning navbatdagi g’alabasi haqidagi maqola bosilgan. Aslida, kimning g’olib bo’lishi uni umuman qiziqtirmaydi. Qaysi hukumatga xizmat qilishning, qanday insonga bo’yin egishning unga qizig’i yo’q. unda or-nomusning o’z bo’lmagan, lekin har ehtimolga qarshi ayni damda kimlarning qo’li baland kelayotganligini bilib qo’ygan yaxshi. Inglizlarning g’olib bo’layotganligidan xabar topgan Mavlono Nu’mon o’z-o’ziga shunday g’o’ldiraydi: “ Ingliz – Tangrining balosi. Nima qilamiz, “kofir” bo’lsa ham, Tangri shunga yaxshi qarag’on endi”. Uning mana shu ikki jumla so’zining o’zidayoq nomussizlarcha itoatkorlik qon-qoniga singib ketganligini sezish qiyin emas. Oradan biroz vaqt o’tib ingliz josusi Marling uni yo’qlab keladi. Ularning o’rtasida qiziq suhbat yuzaga keladi.
Marling Mavlono Nu’monga qarata shunday va’z o’qiydi: “Bilasizkim, ingliz ulusining Hindga kelganliklari hindlarni åtishtirmak, “madaniy qilmak” uchun edi… Biz kelmasdan burun Hindiston din janjallari, mazhab g’avg’olari, qorin-qursoq urushlari bilan to’lg’on erdi…
Biz kelgach, shul buzuqliklarni tuzatdik! Janjallarni qutartduk! Madaniy yashamoq yo’llarini ko’rsatdik, hindularni o’qitduk”.
Shu narsa qiziqki, hech qachon hech bir bosqinchi o’zga yurtga “Men sizlarni talamoq uchun keldim” deb aytmagan. Bosqinchilik harakatini uyushtirgan har bir hukmdor bu yurtga o’zicha “ma’rifat”, “adolat” urug’ini sochish uchun kelganligini ta’kidlaydi. Bu an’ana makedoniyalik Aleksandrdan rossiyalik Aleksandr davrigacha davom etib kelganligi bizga tarixdan yaxshi ma’lumdir49.
Marling o’z nutqini davom ettiradi: “Biz Hindistonni adolat bilan oldik, adolat bilan saqladik. Yana adolat bilan o’zingizga qaytarmoqchi bo’lamiz”… Marling o’z nutqida inglizlrning Hindistonda olib borayotgan mustamlakachilik harakatlarini yolg’on-yashiq bahonalar ila oqlab olgach, asosiy maqsadga, ikki din o’rtasida ixtilof keltirib chiqarishga, o’tadi.
“Eski Hindiston madaniyatining tub egasi musulmonlar edilar. Shu pallada ham eng yaxshi tayyorlangan ulus musulmon ulusidir. Biz istar edikkim, butun Hind hukumatini musulmonlarga topshiraylik”.
Axir bunday so’zlar kimga yoqmaydi? Mavlono Nu’monga o’xshagan mansabparastlarni gapirmasa ham bo’ladi.
“Bilasizkim, Hindistonda ko’pchilik musulmonlar-da emas, hindular, sekxiylar, ma’juslar birlashib, hukumatni o’z qo’llariga olmoqchi bo’lsalar, nima qilamiz?” – asosiy “ish”ga kirishadi og’ufurush ig’vogar. Shu tariqa ular anchagina birlashgan, bu tilakni Olmoniyaga bildirib ham ulgurgan va bu borada oralaringizda agentlar ham ishlab turibdi”, deya yonib turgan olovga yog’ sepadi. Albatta, bunday so’zlardan so’ng o’rtaga shubha-gumon oralaydi.
Inqilobchi Abdusubbuh esa shunday fikrlaydi: “Inglizlarni tarqatmoq uchun Hindistonni birlashtirmoq kerak”. Hindu bilan musulmonni birlashtirmak yo’lida ular har narsaga tayyorlar. Ammo fitnakor Marling qalbga solgan g’ulg’ulaning ta’siri allaqachon Mavlono ongida kurtak yoza boshlagan edi: “Shariatda musulmon bilan hinduning birlashmagi tuzuk emas, qatag’ondir. Hindular musulmon bo’lmaguncha, biz ular bilan birlasha olmaymiz”, deya murojaat qiladi u musulmonlarga qarata. Abdusubbuh esa zulmga qarshi har kim birlashmoq istagida. Mavlono o’z qarashlarini “mushrik”, “ahli kitob” haqidagi uzoq o’tmishdagi dalillari orqali isbotlashga tirisha boshlaydi.
Abdusubbuh esa Mavlonoga tamomila qarshi fikrlaydi. U o’z Vatanida bo’layotgan ushbu nomaqbul ishlarning ham bosh sababi aynan yurt ichidagi shunday janjallar deb hisoblaydi:
“Siz, mullalar, tutash shunday qilasiz. Hindistonni yillarcha el-aymoq janjallari bilan to’ldirdingiz. Ulusni yetmish to’rt bo’lak qildingiz. Har bo’lagini boshqalariga yov qildingiz. O’lkamizni ichki janjallar bilan to’ldirdingiz. Shunday qilib, inglizni boshimizg’a kelturdingiz. Yuz yillardan keyin biz o’zimizni qutqarmoq uchun bosh ko’tardik. Birlashdik, qutulmoq istadik. Yana mazhab, din janjallari bilan yo’limizni to’smoqchi bo’lasiz. Uyalingiz! Erkimizga tirnoq urmoqchi bo’lganlarga qarshi chiqurmiz. Qo’lg’a qo’l berib kurashamiz, bizni bu yo’ldan siz-da, din-da qaytara olmas!”
Bundan ma’lum bo’ladiki, asar voqealari faqatgina Hindiston bilan aloqador emas. Bunday muammo mustamlaka holatida bo’lgan har bir mamlakatga, har bir millatga, har bir elatga daxldordir. Xuddi shu jumladan, Turkistonda ham aynan shunday holat hukm surayotgan edi. Va aynan shu boisdan ushbu asar haqida o’nlab, balki yuzlab taqrizlarning yozilishi, olis Olmoniya mamlakatida maqola bosib chiqarilishi, muallifning butun dunyoga mashhur Husayn Jovid bilan bir qatorda tilga olinishi bejiz emas. “Turkiston va Buxorodag’ina emas, balki Sharqning boshqa go’shalaridagi xalqlar ham Fitratni yaxshi taniydilar. Bir musulmon shoirining dunyoga qarashi buddistlarning qarashidan uzoq tursa kerak, degan bir fikr miyaga kelsa ham, Fitratning ba’zi-bir asarlarida ko’rilgan dunyog’a qarashi hind shoiri Robindranat Tag’orning qarashlari bilan bir nuqtaga kelub birikadur”, deb qayd etib o’tgan edi.50
Bu fikrlarga qo’shimcha tarzda Abdurauf Fitratning Mahatma Gandi va Muhammad Iqbolning g’oyalaridan ilhomlanganini aytib o’tish darkor. Ularning ijodi Fitratga o’zgacha ta’sir etganini sezish mushkul ish emas.
Fitrat qalamiga mansub yana bir kichikroq pyesa “Shaytonning tangriga isyoni” Oktyabr olib kelgan natijalarni, uning oqibatlarini, kambag’allikni ilohiylashtirishning zamirida yotgan fojiaviylikni o’z ichiga olgan yaxlit bir asardir51. Odam yo’qdan bor qilindi va xalifa deb saylandi. Ammo unga hech kim itoat etmadi. Oxiri dunyo Tangrining buyrug’I bilan azalga qaytdi.
“Arslon” pyesasi oddiy qishloq hayotini qalamga olgan bo’lib, sho’ro davri voqealariga nisbatan bir qadar murosasozlik bilan yaratilgan drama. Sodda dehqon yigit Arslonni boy osongina qarmoqqa ilintiradi. Arslon o’z atrofida yuz berayotgan adolatsizliklarga indamay ko’z yumib tura olmaydi. Mazlumlarga ko’mak beraman, deb to’y uchun saqlangan mablag’idan ajraladi. Do’sti Botur sabab bo’lib qamalib qoladi. Qo’shnilari uning uy-joylarini sotib, uni qamoqdan chiqarib olishadi. Qisqa qilib aytganda, u qamoqdan qutulib qaytib chiqqan vaqtda suygan qizi allaqachon boyga xotin bo’lgan, hozirgina omonatini topshirgan onasi Tursunbibining iyagini bog’lashar edi. Asar yakunida Arslon boydan qasd oladi.
Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” dramasi Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush”i ta’sirida yaratilgan. “Baxtsiz kuyov” mazmun jihatidan Behbudiyning “Padarkush”idan farqlansa-da, unda jadidchilik g’oyalari yetakchilik qiladi. Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1936-yil yaratgan “Abdulla Qodiriyning ijod yo’li” asarida asarga xos bir necha kamchiliklarni sanab o’tadi. Unga ko’ra, voqea-hodisalarning ijtimoiy holati yetarlicha ochib berilmaganligi, asar personajlari nutqida sun’iylik sezilganligi, xalqning kundalik jonli tilidan ancha uzoq turishi ta’kidlangan. Shu bilan bir qatorda Oybek “Jadid adabiyoti uchun xarakterli alomat, ya’ni san’atkorning o’rnini voiz egallashi, nasihatgo’ylik, “oqartiruvchilik” va boshqalar “Baxtsiz kuyov”da yaqqol ko’rinadi”, deb ta’kidlaydi.
Choʼlpon ham teatrchilik bilan shugʼullandi. Аyniqsa, Buxoro va Moskvada ekanligida. Bir qator dramalar yozdi. Mutaxassislar uning «Boy» (1914), «Xalil farang» (1917), «Yorqinoy» (1920), «Choʼpon sevgisi», «Choʼrining isyoni», «Mushtumzoʼr», «Oʼrtoq Qarshiboev», «Hujum» (V.Yan bilan hamkorlikda) kabi sahna asarlari yozganligi haqida maʼlumotlar beradilar. Lekin, afsuski, ularning aksariyati matni yoʼq, taqdiri nomaʼlum. Аyrimlarininggina mazmuni va yoʼnalishi haqida qaydlar bor. Masalan, Zaki Validiy «Choʼrining isyoni», «Mushtumzoʼr», «Oʼrtoq Qarshiboev» oʼzbek inqilobiy harakati tarixidan olingandir», deb yozadi52. «Hujum» nomidan koʼrinib turganidek, xotin-qizlar ozodligi mavzusiga bagʼishlangan. Choʼlpon uch jildligining 2-jildiga 1923-yilda chop etilgan «Gunoh» nomli ixcham bir «kulgu tomoshasi bilan «Yorqinoy» kiritilgan. Demak, yuqorida nomlari keltirilgan 8 asarning 2 tasininggina matni bor. «Yorqinoy»ning 3 jildlikdagi nashri 1926-yilgi Moskva bosmasi asosida amalga oshirilgan. O.Sharafiddinovning aniqlashicha, oʼzbek dramateatri repertuarida eng uzoq, salkam oʼn yil saqlangan asarlardan. Аsarning markazida Yorqinoy obrazi turadi. U xonning sarkardasi Oʼlmas botirning yakka-yu yagona qizi. Oʼlmas botir qizini oʼgʼilday tarbiya qilgan, yoshlikdan qilich-bozlik hunarini oʼrgatgan. Qiz otasining bogʼboni Poʼlatni sevadi. Poʼlatning ham unda koʼngli bor. Oʼlmas botir esa qizini xonning oʼgʼliga bermoqchi. Bu orada Nishabsoy hokimi ham odam qoʼygan. Muallif asar voqealariga ijtimoiy (oq-qora) boʼyoq beradi. Masalaga shu davrda shitob bilan adabiyotga ham kirib kelayotgan faqirparvarlik maslagidan yondashadi. Chunonchi, qizning otasi bilan Poʼlat oʼrtasida oʼtib boʼlmas choh bor. Poʼlatning barcha qarindoshlari xon va uning sarkardasi Oʼlmas botir tomonidan oʼldirilib, oʼzi xizmatkorlikka olingan. Xonlik saltanati bilan xalq oʼrtasidagi nizo avjda. Xalq junbushga kelib, koʼtarilgan. Poʼlat xalq ishonchini Yorqinoyga muhabbatidan ustun qoʼyib, ular bilan togʼlarga chiqib ketadi va Oʼlmas botir qoʼshiniga qarshi urushga kiradi. «Urush orqasidagi voqealar ham shiddatli kechadi. Nishabsoy hokimi vaziyatdan foydalanib, makr-hiyla bilan Poʼlatning nomini oʼrtaga qoʼyib, qizni qoʼlga tushiradi. Yorqinoy tadbirkorlik bilan Nishabsoy hokimi qoʼlidan oʼzini qutqaradi. Bugina emas, xalq bilan xon orasidagi urushni Yarashga aylantiradi. Poʼlat xon koʼtariladi, adolat qaror topadi.
O.Sharafiddinov Choʼlponning Yorqinoy obrazini yaratishida «Oloy malikasi» nomini olgan Qurbonjon dodxoh (1811— 1907) ni koʼzda tutgan boʼlishi ehtimolini qayd etadi. Bizga ham bu ancha mantiqli koʼrinadi. Bunga shuni qoʼshimcha qilish mumkinki, 1875-yilda Xudoyorxon qochib, Nasriddinbek taxtga chiqqanida xalq gʼalayonlari avj olib, bir muddat Аndijonning Boʼtaqora qishlogʼidan Poʼlatxon xon koʼtarilgan edi. Choʼlponning oʼz qahramonini yaratishida bu voqea ham turtki boʼlgan boʼlishi mumkin53.



Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling