BMIning o’rganilganlik darajasi. O’zbek adabiyotida jadid dramaturgiyasi bo’yicha Miyon Buzruk Solihov, Shavkat Rizayev, Begali Qosimovlar ahamiyatli ishlar olib borganlar. So’nggi yillarda Rajabova D., Mirzayeva Z., Dolimov U.lar bu borada samarali izlanishlar olib bormoqdalar.
BMIning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. BMI mavzusi Muqimiy nomidagi QDPI o’zbek tili va adabiyoti fakulteti “O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi” kafedrasi 2022-2023-yillarga rejalashtirilgan BMI mavzular bankida aks etgan.
BMIning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi jadid dramalarining badiiyatini o’rganish, ularning yozilish davrlariga nazar tashlash, xalqimizning shonli va qonli o’tmishi haqida o’quvchilarga ma’lumotlar yetkazish, asarda ifodalangan asl g’oyani aniqlash va ularni o’quvchilarga tushuntirishdan iborat.
BMIning vazifalari:
-drama va uning nazariy tavsifini o’rganish;
-jadid dramalarida ilgari surilgan fikr va g’oyalarni aniqlash;
-asarning yozilish sababi va o’rinlarini aniqlash;
-adabiyot darslarida jadid dramalarini o’qitishda metodlardan foydalanish.
BMIning obyekti. Jadid dramalari, ularning badiiyatini o’rganish, adabiyot darslarida jadid dramalarini o’rgatishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
BMIning predmeti. Adabiy ta’lim jarayonida tadqiqot talqini va tahlili uchun DTSlari, dastur va darsliklar, o’quv qo’llanmalar, yangi pedagogic texnologiyalarning amaliyotga tatbiqi tashkil etadi.
BMIning ilmiy yangiligi. Jadid adabiyoti namoyondalarining xato taxmin etilgan sahna asarlari xususida so’z yuritilgan, adabiyot darslarida “Padarkush” hamda “Abulfayzxon” dramalarini o’qitish uslubiyoti bo’yicha metodik tavsiyalar berilgan.
BMI natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalaridan umumta’lim maktablarida adabiyot darslarida hamda to’garak mashg’ulotlarida foydalanish mumkin.
Ishning tuzilishi va tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, besh fasl, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat. Ishning umumiy hajmi 64 bet, shundan matn qismi 60 bet, foydalanilgan adabiyotlar 50 manbani o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |