Mundarija kirish I bob. Dramaturgiya janri va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 267.5 Kb.
bet3/9
Sana21.06.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1645671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Irodaxon 2023

I BOB. DRAMA JANR SIFATIDA.
1.1. Drama janrining nazariy tavsifi.
Drama adabiy turning dramatik turiga mansub bo’lib, uning tasvir predmeti harakatdan iboratdir. Drama obyektning plastik obrazini hosil qiladi va unda subyekt, ya’ni ijodkor ruhi ham obyektga singdirib yuboriladi. Bular dramaning turga xos belgilari bo’lsa, dramatik asarning qurilishi, uning poetik o’ziga xosligini belgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun yozilishidir. Zero, sahna uchun yozilgan asar ijroni ham nazarda tutishi lozim. Shu sababdan, dramadagi harakat, sujet voqealari zamon va makonda chegaralangan bo’ladi. Asarning asosiy g’oyasini ijro vaqtiga sig’dirish uchun dramaturg konfliklardan foydalanadi2. Konfliktlarning ko’p berilishi esa dramatik asardagi voqealarning shiddatli va keskin bo’lishini ta’minlaydi. Ayon bo’ladiki, dramatik asarda sujetning rivojlanish vaqti ham belgilangan bo’ladi, shuning uchun sujet voqealari sabab-natija munosabatlari asosida konsenratsiyalanadi3. Voqealar orasidagi bunday munosabat esa ularning makon va zamon jihatlaridan ham yaqin bo’lishini ta’minlaydi. Ijodkor dramatik asarni yaratish vaqtidayoq uning sujet voqealarini ijro vaqtiga sig’dirish masalasini o’ylab ko’rmog’i zarur. Shu boisdan dramatik asarda sujet voqealarining keskin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi zaruratga aylanadi. Qolaversa, dramada asardagi sujet voqealari ro’y beradigan makon masalasi ham chegaralangan bo’ladi va voqealar sahnada ijro ustalari tomonidan yaratilgan dekoratsiyalardan iborat makonda kechishi lozim bo’ladi. Dramatik asarda makoniy o’zgarishlar ham chegaralangan, ya’ni bir asarni ijro etish vaqtida faqat to’rt yoki besh sahnadan foydalanish mumkin bo’ladi. Misol uchun, “Turkiston maishatidan olingan to’rt pardalik fojia” deya ta’rif berilgan. Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Baxtsiz kuyov” dramasida voqealar asosan uch joyda: Solih ishlaydigan xonadonda, Fayziboyning mehmonxonasida va Solihning uyida kechadi. Odatda, bir parda davomida sodir bo’luvchi voqealarning bitta joyda kechishi, sujet voqealari ayni shu joylar bilan bog’liq holdagina rivojlanishiga e’tibor qaratiladigan bo’lsa, bu narsa dramatik asarning qurilishini belgilaydigan asosiy omil bo’lib qolishi anglashiladi. Dramaturg o’z asarida aks ettirmoqchi bo’lgan hayot materialining barcha jihatlarini ham sahnada ko’rsatib berish imkoniyati mavjud emas. Shunga ko’ra, dramatik asar asar boshidayoq “shartlilik” kasb etadi. Ya’ni dramaturg sahnada aks ettirish mumkin bo’lgan ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim ishoralar orqali kitobxon yoki tomoshabin xayolida ko’p narsalarni tasavvur ettira olishi, sahnada bevosita aks ettirish imkoniyati bo’lmagan voqealarni shartli ravishda to’ldirishi zarur bo’ladi. Misol uchun, dramaturg remarkalarda “sahna ortidan soyning shovullagan ovozi eshiitiladi” , “sahna ortidan jang tovushlari eshitiladi” kabi ishoralar beriladi4 va ularning ko’magi bilan sahnada jonlantirishning imkoni bo’lmagan holatni o’quvchi ko’z o’ngida jonlantirishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda dramatik asarda muallif o’z fikr-mulohazalarini, qarashlarini roviy tilidan bayon eta olmasligi, ularni personajlar nutqida kitobxonlarga yetkazishga harakat qilishi ham aynan dramatik asarning shartli belgilaridan biridir. Va, albatta, bu shartlilik personajlarning nutqiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi: aytaylik, drama qahramonlarining har ikkisi ham ma’lum bir holat yoki voqea haqida axborotga ega, lekin ularning “dialogi” kitobxonda yoki tomoshabinda o’sha voqea yoki holat haqida tasavvur paydo qilishi shart, bu asar mazmunining o’quvchi tomonidan asarni yaxshi tushunilishi uchun zarur. Shu zarurat dramatik asarlardagi dialoglarni tabiiylikdan chiqaradi. Suhbatning o’rinsiz “cho’zilishi”ga sabab bo’ladi. Odatda, biz kundalik muloqot chog’ida nutqimizni ortiqcha so’zlardan tejashga intilamiz. Sahnada ijro etilayotgan dramatik asar esa buni inkor etadi, natijada sahna dialoglari biroz “sun’iylik” bo’yog’iga ega bo’lib ko’rinadi. Muxtasar qilib aytganda, dramatik asarda dramaturg tomonidan barcha voqea va tafsilotlarni faqatgina personaj tilidan berilishi asar qahramonlarini “sergap” bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Dramatik asarda dialoglar bilan bir qatorda monolog hamda poliloglardan ham keng foydalaniladi. Dramaturg monologik nutq davomida ko’pincha falsafiy mushohadalarni berishga harakat qiladi va aslida insonning ongida kechuvchi bu jarayonning sirtga chiqarilishi – ovoz chiqarilib o’ylanishi o’sha shartlilikning bir ko’rinishidir. Ayni vaqtda, dramatik asardagi monologik nutq qurilishida ba’zi o’ziga xosliklar bor, chunki bu nutq asosan personajning o’zi bilan o’zi yoki xayolan kim bilandir suhbati, munozarasi, kimgadir aytmoqchi bo’lgan fikrlari tarzida beriladi. Ya’ni bitta personaj tilidan aytilsa ham, aslida dramatik asardagi monologik nutq dialogik asosga ega ekanligi bilan ham xarakterlanadi5.
Dramatik asar mutolaasi va uning sahnadagi ijrosidan bahramand bo’lishda ham bir necha o’ziga xosliklar mavjud. Birinchidan dramatik asarni mutolaa qilayotgan kitobxonning ijodiy fikrlashi va mazkur turdagi asarning sahnadagi talqinidan bahramand bo’layotgan tomoshabinning ijodiy fikrlashi teng darajada emas. Chunki kitobxon asar mutolaasi davomida o’zi “rejissyor”lik qiladi6, ya’ni asarni o’z tasavvuridagi sahnada jonlantiradi va shu bilan birgalikda u “aktyor” sifatida har bir asar qahramonining rolini ham o’zi ijro etadi. Dramada obyektiv ibtidoning ustuvor ekanligi ma’lum bir dramatik asarning har bir kitobxonning o’z tasavvurida individual “sahnalashtirilishi”ga sabab bo’ladi. Ma’lumki, mazkur xususiyat har turdagi adabiy asarning qabul qilinishiga xos, ammo dramatik asar mutolaasi jarayonida bu holat turli variantlarda amalga oshiriladi.
Dramatik asarning sahnadagi varianti bo’lgan spektaklda badiiy muloqot zanjiri ancha uzayadi: muallif va tomoshabin orasidan rejissyor , aktyor, aktrisa, bastakorlar, rassomlar va boshqalar o’rin oladi. Boshqa usulda aytadigan bo’lsak, sahnada ijro etilgan drama adabiyot doirasidan chiqib, sintetiklik kasb etadi, shu sababdan, sahnalashtirilgan dramatik asarda teatr, musavvirlik, aktyorlik kabi san’at sohalari qorishib ketadi. Bundan bilish mumkinki, dramatik asar san’atning boshqa turlari bilab chambarchas bog’liq va ular bilan aloqa jarayonida tobora takomillasha boradi. Sababki, dramatik asarning xususiyati, aniqroq aytadigan bo’lsak, uning sahna uchun mo’ljallanganligi , uning mazkur san’at turlari bilan doimo aloqada bo’lishini talab etadi7.
Dramatik asarning eposga ta’siri ma’lum bo’lganidek, eposning ham dramatik asarga sezilarli ta’siri bor. Dramatik tur takomillasha borishi jarayonida uning epik elementlar hisobiga boyib borishi ham asosiy ahamiyatga ega. Eposga xos bo’lgan voqealar yuz berishi lozim bo’lgan joylar ko’lamining ko’payishi, sujet vaqtining uzaytirilishi kabi holatlar zamonaviy dramalarda ham o’z aksini topgan. Misol uchun, Cho’lpon qalamiga mansub “Yorqinoy” dramasi voqealar yuz beradigan joylar soni oltitaga yetkazilganligi, ushbu dramada “Nurxon” dramasiga nisbatan epik elementlarning ko’proq ekanligidan dalolat beradi yoxud Uyg’un hamda Izzat Sulton hamkorlikda yozilgan “Alisher Navoiy” dramatik asarida voqealarning yuz berish davri ancha ko’paytirilgan. Faqat shunisi borki, mualliflar janr talabidan kelib chiqib, Navoiy hayotining turli davrlariga oid faktlarni uzviy davomiylikda berganlar.8 Buning natijasida buyuk shoirimizning hayoti to’g’risida yetarli ma’lumoti bo’lmagan tomoshabinlar sahna asaridan bahramand bo’lish jarayonida undagi voqealar orasidagi davriy masofani anglamaydilar, ularni deyarli bir paytda sodir bo’lgandek tasavvur qiladilar. Shu narsa ma’lumki, bu o’rinda sujet vaqtining uzaytirilishi asarni qabul qilishning ruhiy kechinmalariga o’z ta’sirini ko’rsatmaydi, ya’ni oradagi vaqt masalasi faqatgina aktyor va aktrisalar yuz qiyofasidagina aks etadi va bunda ham o’sha shartlilik masalasi oldinga chiqadi. Shulardan ayon bo’ladiki, dramatik asar epik unsurlar hisobiga boyishi mumkin, ammo bu unsurlarni kiritish ijro vaqti va shartlilik imkoniyatlari bilan ma’lum ma’noda cheklangandir9. Drama atamasi adabiy tur sifatida ham, aynan shu turga mansub janr sifatida ham ishlatiladi. Dramatik turga mansub janrlar bu – drama, komediya, tragediya. Dramatik asarlarni janrlarga ajratish uchun ularning xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. adabiyotda "pafos“ deb yuritiluvchi estetik belgi har bir dramatik asarda turlicha bo’ladi. Masalan, tragediyada fojia, komediyada kulgi, dramada dramatiklik belgilari asosiy o’rinni egallaydi va ular aynan shu xususiyatlariga ko’ra farqlanadi10. Pafos deganda tasvirlanayotgan xarakterlarni milliy va umuminsoniy ahamiyatini e’tiborga tutgan holda g’oyaviy-hissiy idrok etish hamda baholash natijasi o’laroq yuzaga kelgan , asarning butun to’qimasiga singdirib yuborilgan ruh tushuniladi. Tragediya grek tilidan olingan bo’lib, “echki qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi. Mazkur dramatik janr juda-juda qadim davrlardanoq shakllana boshlangan bo’lib, kelib chiqishi jihatidan Dionis ma’budiga borib taqaladi. Qadimda Dionis ma’budining o’limi va qayta tirilishi munosabati bilan tashkillanadigan marosimlarda ma’bud sharafiga echkilardan qurbonliklar keltirishgan. Aktyorlar esa o’lgan echkilarning terilarini yopinib, turli tomoshalar
ko’rsatishgan va bu aktyorlar tragoslar deb atalgan. Aynan shu sababdan oxiri
fojia bilan tugaydigan dramatik janrga tragediya deb nom berilgan.
Tragediyaning janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. Mohiyatan yechib bo’lmaydigan, qahramon ongida yuz beradigan ziddiyat tragik konflikt hisoblanadi. Ilk yaratilgan tragediyalarda tragik konflikt asarning bosh qahramoni va taqdir orasida yuzaga keladi. Misol uchun, Sofoklning “Odisseya” tragediyasida asar bosh qahramoni Odissey va uning peshonasiga yozilgan taqdiri o’rtasida keskin konfliktlar yuzaga keladi va aynan mana shu konfliktlar asarning shiddatli va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi. Asar yakuniga yetar ekan, Odissey va taqdir o’rtasidagi konfliktda taqdir o’z o’rnini oliy ma’naviy burchlarga bo’shatib beradi. Tragik konflikt yuzaga keltiradigan tragik holat qahramon boshqa tashqi kuchlar bilan emas, balki o’zi bilan olishishi, mana shu kurash natijasida kuchli ma’naviy qiynoqlarni boshidan o’tkazishi, vijdon azobiga, ruhiy qiynoqlarga duchor bo’lishi bilan ifodalanadi. Har qanday og’ir vaziyatda ham faqat olg’a intilish, ruhiy iztirob va qiynoqlarga duch kelib azoblanish tragik qahramonning alohida xususiyatlaridan biridir11. Tragik qahramon qarshisida hamisha ikki yo’l turadi: u kurashdan voz kechishi, oson yo’lni tanlab ortga qaytishi mumkin, ammo u bu yo’lni zinhor tanlamaydi, o’zining halokatga uchrashini bilsa-da o’z ahdidan, o’z yo’lidan qaytmaydi. Va aynan mana shu o’rinlarda tragik qahramon ruhiyatining asl mohiyati yuzaga chiqadi, uning xarakter kuchi, favqulodda shaxs ekanligi namoyon bo’ladi. Masalan, Edip yoxud Gamletga e’tibor qarataylik: har ikki tragik asar qahramoni ham yuqorida keltirilgan yo’llarning ikkinchisini tanlaydilar12. Aytaylik, shoh Edip o’z mamlakati boshiga tushgan bu ko’rgiliklarning asl sababchisi o’zi bo’lib chiqishi mumkin ekanligini sezgan vaqtidayoq surishtiruvni to’xtatishi, hamma bo’lib o’tgan ishlar o’tmishda qolaverishi mumkin edi, ammo u tragik qahramon, shu sabab u o’z boshiga keladigan balo-ofatlarni mardona qabul qilmog’i darkor. Realizm davrigacha yozilgan tragik asarlarda tragik qahramon uchun ko’picha mifologik personajlar, shohlar, shahzodalar, malikalar, sarkardalar tanlangan. Zero, boshiga tushgan va tushajak fojiaviy azoblar, o’zi boshdan kechirishi lozim bo’lgan sinovlarni idrok eta olish, shuncha azoblar ichida ruhiyatini sindirmay o’z maqsadi tomon yo’l olish oddiy insonning qo’lidan kelmaydi. Bu holat o’zbek dramaturgiyasiga ham ko’chgan va XX asr o’rtalariga kelib adabiyotimizda yaratilgan, drama sifatida tan olingan “Mirzo Ulug’bek”, “Jaloliddin Manguberdi” dramalari bosh obrazi sifatida shoh va sarkarda olingan. Tragediya janri o’zi olib chiqayotgan muammo turiga ko’ra ham farqlanadi. Tragediya janriga oid asarlarni quyidagicha turlarga ajratish mumkin:
1. ma’naviy-axloqiy
2. tarixiy
3. romaniy
Yuqoridagi turlarga kiruvchi bir qator tragediyalarni misol qilib keltirish mumkin13. Masalan, “Qirol Lir”, “Shoh Edip” tragediyalari ma’naviy-axloqiy, “Jaloliddin Manguberdi” dramasida millatning tarixiy taqdiri, “Mirzo Ulug’bek” asarida esa romaniy problematika badiiy talqin etilgan. Garchi bugungi kunga kelib o’zbek va jahon dramaturgiyasida tragediya janriga oid asarlarni yaratish foizi sezilarli darajada kamaygan bo’lsa-da, tragiklik badiiy adabiyotda estetik
Adabiyot realizm bosqichiga qadam qo’yar ekan, dramaturgiyada drama yetakchilikni qo’lga oldi va tragediyani chetga chiqarib qo’ydi. Mavzu jihatidan o’zining turfaligi hamda turli hayotiy ziddiyatlarni badiiy jihatdan aks ettirish imkoniyatlarining ko’pligi dramaning xususiyatlaridandir. Dramada konflikt asar qahramoni va tashqi kuchlar orasida kechadi va shu jihatidan konflikti qahramonning ruhiyatida kechuvchi tragediyadan farqlanadi. Ammo dramadagi konflikt ham keskin bo’lishi va asar qahramonini juda ko’p sinovlarga ro’baro qilishi, yakunda halokatga yetaklashi mumkin. Tragediyadan farqli jihati, dramada mazkur voqealarning bari qahramon va tashqi kuchlar orasida yuzaga keladi, asar markazida dramatik konflikt turadi. Masalan, “Padarkush” dramasida omilik va o’qimishlilik orasidagi kurash qahramon ruhiyatida emas, boy va boshqa personajlar bilan to’qnashuvida namoyon bo’ladi. Boyning o’qishga qarshiligi esa oxir-oqibatda o’zining fojiaviy o’limiga olib keladi. Har xil mavzularni, xarakter va ziddiyatlarni badiiy talqin qilishda keng imkoniyatlarga ega bo’lgan drama real hayotni aks ettirishi bilan boshqa dramatik asarlardan farqlanadi, dramaturgiyada alohida o’rin tutadi. Aynan shu jihati bilan ham drama realistik adabiyotda yetakchi o’rin tutadi14.
“Komediya” grek tilidan olingan bo’lib, “ommaviy qo’shiq nomi” degan ma’no anglatadi. Komediya dramatik turning komiklikka asoslangan janri hisoblanadi. Komik xarakter komediya markazini egallaydi. O’zida idealga qarshi jam etgan yoxud ulardan ba’zilarini namoyon etuvchi personajlar komik xarakter sifatida olinadi. Komik personaj o’zining mavjud holatini idrok etmaydi , o’ziga
o’zi real baho bera olmaydi. Bu esa uning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Komik personaj o’zini bor holatiga teskari holda baholaydi: g’irt tentak bo’lgani åtmagandek, o’zini hammadan aqlli hisoblaydi, ma’naviy jihatdan tubanligiga qaramasdan o’zini xudojo’y, pokdomon deb hisoblaydi, hammaga o’zini shujnday ko’rsatishni istaydi, bunga astoydil harakat qiladi. Misol uchun, “Parvona” dramasidagi asosiy qahramon O’tkuriy o’zining axloqiy buzuqligini, ma’naviy jihatdan qoloq va pastkashligini, ko’chirmakash va maqtanchoqligini tan olmaydi, aksincha, o’ziga juda yuqori baho beradi: o’zini aqlli hisoblaydi, gapga usta, uddaburon, olg’ir deb o’ylaydi, o’zini boshqalarga shunday ko’rsatishni istaydi. Buning natijasi o’laroq, personaj xarakterining mohiyati va asl ko’rinishining o’zaro mos kelmasligi, ular orasidagi farqlanish komiklikni yuzaga keltiradi.15 Komediyada xarakterning komikligi va vaziyat komikligi o’zaro birlashib ketadi va ular bir-birining o’rnini to’ldiradi. Komediya satirik yoki yumoristik bo’lishi mumkin. Satirik ruhdagi asarlarga “Og’riq tishlar” yoki “Tobutdan tovush” komediyalarini misol qilib keltirsak, Erkin Vohidovning “Oltin devor” komediyasida yumor ustuvorlik kasb etadi.har ikkalasida ham u g’oyaviy-hissiy inkor qiladi, ya’ni satirik komediya asarda keltirilgan mavjud xarater hamda holatni butunlay inkor etsa, yumoristik ruhdagi asarda xarakter yoki holatdagi ba’zi jihatlar inkor qilinadi16. Biz yuqorida tilga olib o’tgan dramatik janrlardan boshqa yana kichik dramaturgik janrlar va turli janr modifikatsiyalari ham mavjuddir. Janr modifikatsiyasi deb musiqali komediya va musiqali dramalar nazarda tutiladi. Musiqali dramaning o’ziga xos, sintetik san’at namunasi ekanligi musiqa bilan ijro etishga mo’ljallanganligi, dialog yoki monologlar o’rnini ariya va duetlar egallashi bilan o’z tasdig’ini topadi. Dramatik turning yangi janrlari ba’zi san’at turlarining, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining revolyutsiyasi natijasida shakllandi, aslida mavjud bo’lganlari yana ham faollashdi. Misol uchun, estrada san’ati va shu jumladan zamonaviy replarning rivojlanishi natijasida monolog janri paydo bo’ldi, qo’g’irchoq teatrining rivoji va modernizatsiyasi u uchun qog’ozga tushiriladigan sahna asarlarini rivojlantirdi, televideniyening taraqqiyoti, zamonaviy tik-tok hamda vaynlarning paydo bo’lishi esa intermediya janrining taraqqiyotiga sabab bo’ldi.

Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling