Mundarija kirish I bob. Dramaturgiya janri va uning o’ziga xos xususiyatlari
Download 267.5 Kb.
|
Irodaxon 2023
II BOB. BO’YICHA XULOSALAR.
Jadidchilik Turkistonda oʼttiz yil nari-berisi davom etdi. Jadid teatri esa undan ham kamroq yigirma yilga yetar-etmas. Tarix, jilla qursa, insoniyat tarixi oldida ham bu muddat zarrachalik emas. Biroq shu qisqagina davr katta bir xalqning millat sifatida shakllanishiga, ijtimoiy ongi uyg’onishiga, dunyoqarashi oʼzgarib, estetik didi kamol topishiga imkon yaratdi. Jadid adabiyoti, jadid teatri sanʼatning azaliy va abadiy vazifasi boʼlgan inson ruhiyatining teran badiiy tadqiqini bosh maqsadi qilib belgilamaydi. Chunki ruhiyat inkishofi uchun uni avvalo g’aflat uyqusidan uygʼotish, mutelikdan, qullikdan xalos etmoq kerak edi. Jadidlar shu tilak bilan tarix sahnasiga chiqdilar. Millatni maʼrifat nuri bilan qayta jonlantirib, ilm-u urfon orqali istiqbolga, istiqlolga yetishishni koʼzladilar. Bu yoʼlda maktab-maorif, matbuot, xayriya jamiyatlari qatori badiiy ijod va teatr sanʼatining ham buyuk ahamiyatini anglab yetdilar. Ular ovrupocha teatr va adabiyotning yangi-yangi janrlarini Turkiston madaniy va maʼnaviy hayotiga joriy etar ekanlar, xalq ogʼzaki dramasining muayyan shakllaridan bahramand boʼldilar.Bunday yuksak ma’naviy axloqni o’zida jamlagan asarlarni mutolaa qilish kishiga zavq beradi. XULOSA Jadid ziyolilarining teatrchilik harakatlari yuzaga kelishida oʼsha zotlarning hayrat va kuyinchaklik bilan yozilib, matbuot sahifalariga koʼchgan kuzatishlari, mulohazalari maʼlum darajada ahamiyat kasb etdi, Milliy tafakkurni shunga tayyorladi, yo’naltirdi. Oʼzbek jadid dramaturgiyasi va teatri ana shu va ijtimoiy-tarixiy voqelik belgilagan, taqozo etgan talablar omuxtaligida dunyoga keldi. XX asar boshlarida yaratilgan dramalarning salmog’ining oʼziyoq Turkiston madaniy hayotida asrimizning Ikkinchi oʼn yilligi teatr va drama sohasida buyuk ko’tarilish boʼlganini anglatadi. Bu ko’tarilishning, maʼnaviy yuksalishning ibtidosida esa Mahmudxoʼja Behbudiy hazratlari turibdi. Shahid ketgan bu zoti sharifning o’limi munosabati bilan Sadriddin Аyniy: Sani mundin buyon Turon ko’rolurmu, ko’rolmasmu? Saning mislingni Turkiston topolurmu,topolmasmu? – deya faryod chekishga loyiq bir zot bo’lmish Behbudiy kabi zotlar millat tafakkurini bir necha pog’ona yuksaltirishi tarixiy haqiqat67. Bu haqiqat «Padarkush» asari misolida yaqqol koʼzga tashlandi, desak, mubolag’a emas. Bor-yoʼgʼi bir necha sahifa asar zabun Turkiston madaniy dunyosini junbushga keltirdi. Boshlab Samarqandda, soʼng Toshkent, Qoʼqon, Kattaqoʼrgʼon, Buxoro, Аndijon, Namangan shaharlarida sahnalashtirilgan «Padarkush» pyesasi, avvalo, milliy dramaturgiya va yangi teatr sanʼatining ilk namunasi bo’lsa, ikkinchidan, oʼsha shaharlarda nisbatan muntazam va muvaqqat teatr truppalarining tashkil topishini belgiladi. Uchinchidan esa, havaskorlik truppalari misolida yangicha qarashdagi ziyoli kuchlarning birlashishiga va shu negizda har xil uyushma, jamiyatlar barpo boʼlishiga zamin yaratdi. Toʼrtinchidan, teatr vositasida maʼrifat gʼoyasini xalqqa keng va taʼsirchan shaklda yoyish, singdirish imkonini berdi. Beshinchidan, tomosha orqali mablagʼ topib, maorif, matbuot, xayriya va boshqa islohotchilik ishlarini yoʼlga qoʼyish, rivojlantirishga yordam berdi. «Padarkush» asari tufayli roʼy bergan ijobiy hodisa va siljishlarni yana oʼnlab sanash mumkin. Bularning ichida eng ahamiyatlilaridan biri, taʼkidlaganimizdek, yozma milliy dramaturgiyaning shitoblanishi boʼldi. D unyoda hech bir yangilik osonlikcha roʼyobga chiqqan emas. Inchunun, mustabidlik saltanati hukm surgan yurtda millat qayg’usi bilan yaratilgan yangilik hatto nish urmog’i ham dushvor. «Padarkush», Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon”i va undan so’ng paydo boʼlgan asarlarning barchasi necha-necha chig’iriqlardan o’tkazildi. Chor senzurasining qayta-qayta tekshiruvlari, maʼmurlarning injiqliklari, yo’q yerlardan bahonalar topib, asar nashri yoki spektakl namoyishini toʼxtatib turish va hokazolar milliy teatr taraqqiyotiga jiddiy toʼsiqlar edi. Аyni zamonda o’z millatdoshlarimizning mutaassibona munosabati yanada og’irroq edi. Teatrni behuda, bemaʼni ko’ngilxushlik deb tushungan ayrim ulamolar uni «harom» deyishgacha borganlar68. Jaholati avj olgan baʼzi birlari esa jadid ziyolilarini «padarkush», yaʼni o’z otalarining kushandalari, deyish darajasida haqoratlaydilar. Bu, aslida, azaldan davom etib kelayotgan «qadim» va «jadid» nizolarining teatr masalasidagi koʼrinishi edi. Taassufki, koʼp hollarda parokandalik, noittifoqlik tufayli zabun boʼlgan Turkiston bu masalada ham oʼz farzandlarining kin-u kudurat va adovatlariga guvoh boʼldi. Millat baxtiga, Behbudiydek zotlarning borligi yangi tug’ilgan chaqaloqni beshikdayoq bu izlashdan asrab qoldi. Jadidlar teatrni ibrat maktabi, ibratxona, dramaturgiyani esa «taʼziri adabiy», deb tushundilar va faqat shu tushunchaga qatʼiy amal qildilar. Shu maqsadda sahna asarlarida bachkana, noravo qiliqlar, beparda iboralar, tuban manzaralar boʼlmasligi uchun kurashdilar. Darhaqiqat, «ibratxona»da beadab xatti -harakat yo so’zlar bo’lishi hech bir mantiqqa toʼg’ri kelmas edi. Buni ilk teatr arboblarimiz estetik printsip darajasiga ko’targan edilar. Balki shuning uchun ham xalq teatrni muqaddas dargoh, deb bildi. Bu maskanga borish va ibratli tomosha koʼrish esa hayajonli bir voqeadek qabul qilindi. Shu taxlit ilk milliy sahna asari yangicha milliy teatrning tug’ilishini belgilaganidek, o’z navbatida, teatr ham dramaturgiya manba vazifasini oʼtadi. Shunday qilib, koʼhna Turkistonda yangicha teatr sanʼati maydonga keldi, dramaturgiya shakllandi. Teatr, dramaturgiya jadidchilik harakatining va jadid adabiyotining bag’oyat muhim jabhalaridan bo’lgani uchun harakatning maʼrifiy, ijtimoiy hamda siyosiy maslaklari tomon yo’naltirildi, shu bilan mutanosib rivojlandi69. Аna shu xususiyatga koʼra, dramaturgiya ham muvofiq tadrij kasb etdi. U 1911-yildan, yaʼni ilk milliy drama - «Padarkush» yaratilgandan to 1916-yil oʼrtalariga qadar shakllanish davrini, 1916-yil ikkinchi yarmidan to harakat maʼnaviy ham ilk jismoniy tazyiqlarga uchragan 1929-yilgacha rivojlanish bosqichlarini kechirdi. Natijada, hech bir shubhasiz aytish mumkinki, oʼzbek adabiyoti oʼz tarixida dramaturgiya janrining eng gullagan, favqulodda yuksalish pallasini namoyish etdi. Аytganimizdek, faqat shakllanish davridayoq dramaturgiyamizning son-salmogʼi oʼttizdan oshdi. Shu fakt va mulohazalarga koʼra ham oʼzbek jadid dramaturgiyasi yana katta-katta ilmiy tadqiqotlar va tadqiqotchilarga muhtoj bulib turibdi. Аsrimizning ulkan sanʼatkorlaridan Georgiy Tovstonogov aytgan edi: «Sahna uzunasiga oʼttiz, eniga yigirma qadam, balandligi pardasi barobar uncha katta bo’lmagan bir makon... Unga kichikroq uy yoki chog’roq bog’ni joylashtirsa boʼladi. Biroq bu makonning pardalari ochilgach, unga oʼtmish ham, bugun ham, kelajak ham sigʼishi mumkin... Bu yerda dunyo yaratish mumkin...». Darhaqiqat, teatr dunyo, dunyo esa tomoshaxona. Sahna aylangani kabi dunyo ham hamisha aylana harakatda. Kelajakni koʼzlagan odam oʼtmishni, kechmishni o’ylashi, bugunini rostlashi zarur. Kelajak o’tmishdan boshlanishi maʼlum gap. Mustaqil davlat poydevorini tiklar ekanmiz, oʼtmishdan, xususan, yaqin tarix - jadid bobolarimiz saboqlaridan ibrat olmasligimiz mumkin emas. Ular ibrati qilgan ishlarida va aytgan so’zlarida qoldi. Ularning millat gʼamida aytgan soʼzlari, dard-u iztiroblari esa sheʼr boʼlib, yolqinli maqolalar, milliy roman, hikoya bo’lib va yana teatr risolalari» deb atalmish sahna asarlarida qoldi. Download 267.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling