REJA:
1.Ta’lim standarti haqida umumiy tushuncha.
2.Biologiya ta’lim standartining tarkibiy qismlari.
3.O’quv dasturi haqida tushuncha.
4.Biologiya o’quv dasturining tuzilishi.
1997-1998 yillarda umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va
o’quv dasturlari ishlab chiqilib, respublikaning barcha viloyatlardagi
maktablarning tajribasinov maydonchalarida sinovdan o’tkazildi.
O’qituvchilar, metodistlar, xalq ta’limi xodimlarining keng
muhokamasidan o’tgandan so’ng umumiy o’rta ta’lim, davlat ta’lim
standari hamda barcha o’quv fanlar bo’yicha o’quv dasturlari O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgust qarori bilan
tasdiqlandi. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va biologyaya
o’quv dasturi «Ta’lim taraqqiyoti» jurnalining 1999 yil 3 mart sonida ko’p
nusxada nashr qilinib, Respublikaning barcha maktablari, xalq ta’limi
bo’limlariga yuborildi va u keng jamoatchilikka, ota-onalarga,
o’quvchilarga ma’lum qilindi.
Standart so’z inglizcha bo’lib, nusxa, o’lcham, me’yor degan ma’nolarni
anglatadi.
"Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha
ta’lim muassasalari uchun majburiydir» deb belgilab qo’yilgan.
Davlat ta'lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy
ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydigan
me’yoriy xujjatdir.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi
prinsiplar asos qilib olingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |