Biologiyаdan davlat ta’lim standartlari va dastur taxlili


yo’l-yo’riqlarini belgiladi


Download 236.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.04.2023
Hajmi236.38 Kb.
#1362644
1   2   3   4   5   6   7
yo’l-yo’riqlarini belgiladi. 
Kasb-xunar ta’lim DTS – yo’nalishlar bo’yicha kichik mutaxassislarni tayyorlashning
zarur va yetarli mazmuni xamda maqsadlarini aniqlaydi, ta’lim oluvchilarning o’quv 
yuklamalari xajmi va standart sifatlari nazoratini belgilab beradi 
Biologik ta’lim umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik 
jarayonning ajralmas va uzviy bog’langan tarkibiy qismi sifatida mazkur ta’lim 
muassasasi oldiga qo’yilgan umumiy maqsadlarga muvofiq barkamol o’quvchi shaxsini 
tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan DTS o’quv fani bo’yicha 
o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma va 
malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, 
u umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi 
ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning biologik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan 
talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi. 
«Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» umumiy o’rta ta’lim 
maktablarida biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim 
mazmunining negizini ifodalaydi. Mazqur ko’rsatkichlar umumiy o’rta ta’lim 
maktablari uchun biologiya o’quv fani dasturi va darsliklarini yaratishda hamda 
ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi. 


 Biologiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’yiladigan 
minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan 
ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni 
bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va ularning 

Download 236.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling