7-sinf adabiyot Dars mavzusi: “Ravshan” dostoni. (4-soat) Darsning maqsadi
Download 8.69 Kb.
|
7-sinf 2-chorak. Ravshan 4-soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi: suhbat, savol-javob. Darsning jihozi: 7-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari. Darsning rejasi
- Uyga vazifa
Sana ____ ___________ 7-sinf adabiyot Dars mavzusi: “Ravshan” dostoni. (4-soat) Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad-o’quvchilar “Ravshan” dostoni va badiiy obraz haqida ma’lumot berish; tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarda aytgan gapi, tanlagan yo’li, bosgan qadami, qabul qilgan qarori uchun javobgarlik xisini shakllantirish; rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarni doston matni bilan tanishtirish, undagi obrazlarni tahlil qilishga o’rgatish va badiiy timsol haqida tushuncha berish. Dars turi: suhbat, savol-javob. Darsning jihozi: 7-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari. Darsning rejasi: Tashkiliy qism; Uyga vazifani so’rash; “Ravshan” dostoni haqida; Badiiy obraz haqida Savol-javob; O’quvchilarni baholash; Uyga vazifra berish; Darsni o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash bilan tashkil etaman. Darsni tashkil etib bo’lgach, bu soatda o’quvchilarga “Ravshan” dostoni va badiiy obraz haqida ma’lumot beraman. “Ravshan” badiiy jihardan g’oyat pishiq ishqiy-sarguzasht dostondir. Xalq orasida u o’tgan asrda ham mashhur bo’lgan. “Ravshan” otashin va samimy muhabbatni kuylovchi, pok va haq islomiy e’tiqod yo’lida sobit tura oladigan iymonli kishilarni madh qiluvchi, ezgulini, mardlik va botirlikni ulug’lovchi, zulm va zo’ravonlikni, adolatsizlikni qoralovchi asardir. Obraz – timsol tushunchasining keng va tor ma’nolari mavjud. Keng ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyug’ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o’qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilarning obrazlari qiyofasida muhrlanib qoladi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar bilan uni o’rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, ular bilan chambarchas aloqada tasbvirlanadi. Berilgan ma’lumotlarni savol-javob orqali mavzuni mustahkamlayman. Dars yakunida darsdagi ishtirokiga ko’ra o’quvchilarni baholayman va uuyga vazifa beraman. Uyga vazifa:”Ravshan” dostoni asosida taassuror yozish. Ko’rib chiqildi, foydalanishga ruhsat: __________ (imzo) Download 8.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling