- 7-sinf fizika darsligi asosida 27-mavzu:
- Yer yuzidagi jismlar nima sababdan Yerga tortiladi? Ular uchun ham butun olam tortishish qonuni o‘rinlimi?
- Bunda jism va Yer orasidagi masofa miqdori sifatida Yer sharining radiusi r = 6,4 · 106 m olinadi.
- m = 1 kg massali jism bilan M = 6 · 1024 kg massali Yerning tortishish kuchini topaylik:
- Demak, 1 kg massali jism va Yer bir-birini 9,8 N kuch bilan tortadi.
- Nyutonning uchinchi qonuniga binoan jism Yerga qanday kuch bilan tortilsa, u Yerni o‘ziga shuncha kuch bilan tortadi.
- Massasi juda katta bo‘lgan Yer uchun 9,8 N kuch ta’siri sezilmaydi.
- Demak, bunday holatlarda biz faqat Yerdagi jismlarning Yerga tortilishi haqida gapirishimiz mumkin.
- Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan Yerga tortilish kuchi ta’sirida jismning olgan tezlanishi:
- Demak, 1 kg massali jism Yerning tortish kuchi ta’sirida 9,8 m/s2 ga teng bo‘lgan tezlanishga ega bo‘ladi.
- Ixtiyoriy massali, masalan, m = 8 kg yoki 25 kg massali jismlar Yerga qanday kuch bilan tortiladi?
- Bu kuch ta’sirida ular qanday tezlanishga ega bo‘ladi?
- Demak, jismning massasi qancha bo‘lishidan qat’i nazar Yerga tortilish kuchi natijasida a tezlanishning kattaligi bir xil, ya’ni 9,8 m/s2 ga teng ekan.
- Biz bu tezlanishni erkin tushish tezlanishi deb atab, uni g harfi bilan belgilagan edik.
- Aslida, biz bu mavzuda erkin tushish tezlanishining qiymatini keltirib chiqardik.
- Jismni Yerga tortib turuvchi kuchni og‘irlik kuchi deb ataymiz va Fog‘ tarzida belgilaymiz.
- Nyutonning ikkinchi qonuni formulasidagi a tezlanishni g erkin tushish tezlanishi bilan almashtirib, m massali jismning og‘irlik kuchini quyidagicha ifodalash mumkin:
- Jismning Yerga tortilish kuchi og‘irlik kuchi deb ataladi.
- (3) formula jismning og‘irlik kuchi bilan massasi orasidagi bog‘lanishni ham ifodalaydi.
- Bu formula kg hisobida olingan jism massasidan N hisobida olingan og‘irlik kuchi Yer sirtida 9,8 marta katta ekanligini ko‘rsatadi.
- Masala yechish namunasi
- Ko‘prik ustida turgan massasi 10 tonna bo‘lgan yuk mashinasining og‘irlik kuchini toping.
- Mashina ko‘prikka qanday kuch bilan ta’sir etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |