7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)
-§. FRANKLAR. FRANKLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
Download 1.37 Mb.
|
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA
2-§. FRANKLAR. FRANKLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
Buyuk ko‘chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. G ‘arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzadi. 486-yilda Xlodvig franklar davlatiga asos soladi. Franklar tuzgan davlat dastlab sulolalar nomi bilan atalgan. X asrdan Parij atrofidagi viloyat II de Frans davlat nomiga asos bo‘ladi va u Fransiya deb atala boshlandi. Varvar qabilalari yo‘lboshchilari ichida birinchi bo‘lib Xlodvig xristianlikni Rimdan qabul qiladi. Luara daryosidan shimoldagi german qabilalari esa yana uzoq yillar urug‘ jamoa bo‘lib yashashda davom etganlar. Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruvi paytida qirollar — alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga yirik yer-mulk — benefitsiylar taqdim etganlar.
Feodallarning yerlarida VI asr oxiridan boshlab qullar, kolonlardan tashqari o‘z erkinligini yo‘qotgan franklar ham ishlaganlar. Xlodvigning vorislari davrida Burgundiya va Provansni bosib oladi. Franklar germanlarning tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham bo‘ysundirib, ularni har yili o‘lpon to‘lashga majbur etadilar. Franklar soliq tartiblarini rimliklardan qabul qilganlar. Mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig‘inlari tashkil etib, uning boshlig‘i, yuzboshisi — tungin deb nomlangan. VI asr oxiridan franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo‘lgan mulki — allodga aylanadi. Qirol Xilperik davrida yangi qonun chiqarilib, u o‘g‘il voris bo‘lmasa, yerni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o‘tish huquqini tasdiqlaydi.
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling