7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet77/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Muso I 1324-yilda Makkaga haj safari uyushtiradi. Muso I o‘zi bilan safarga ko‘p oltin olib yo‘lda ularni saxiylik bilan tarqatib boradi. Hukmdorga 8 ming jangchi va 500 ta qul hamroh bo‘lib, bu katta karvon 10–12 tonna oltinni o‘zi bilan olib ketgani taxmin qilinadi.

8

Mali poytaxti Niara hisoblanadi




Mali hukmdorlari o‘z yaqinlarining toj-u taxtga tajovuzidan cho‘chib, ko‘pincha saroy amaldorlarini, lashkarboshilari va hatto jangchilarni ham qo‘shni qabilalar vakillaridan olishgan

9

XIV asr oxiriga kelib feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi

10

XV asrda Mali butunlay inqirozga uchrab, parchalanib ketadi.





Songai davlati haqida ma`lumotlar

1

Gana va Malining shimoli-sharqidagi songai qabilalari yirik savdo markazlaridan biri Gao atroflarida yashaganlar

2

Milodiy 1 ming yillik boshlarida songailar tuzgan davlat birlashmasi dastlab Mali ta`sirida bo‘ladi.

3

Malining zaiflashuvi esa islomni qabul qilgan songailar hukmdori Almiga XIV asr oxirida ularni yengib, poytaxti Gao bo‘lgan mustaqil davlat tuzish imkonini beradi

4

Songai davlati XIV–XV asrlarda yuksaldi va Niger daryosi havzasida o‘z hukmronligini to‘liq o‘rnatadi.

5

Songaining asosiy daromad manbai tranzit savdosi va oltin konlari edi

6

Mamlakat viloyatlarga bo‘linib, ularni hukmdorning yaqin kishilari boshqargan

7

Marokash sultoni XVI asr oxirida Songaini bosib oladi.





Aksum davlati haqida ma`lumotlar

1

Hozirgi Efiopiyaning shimolida qadimda Aksum davlati vujudga kelib, uning yuksalishi IV–V asrlarga to‘g‘ri keladi

2

Aksum hukmdorlari karvon yo‘llari joylashgan Arabistonning janubiy sohillarini, Sharqiy Sudanning bir qismini egallaydilar.

3

Bu davlat Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan. Shu sababli Aksum hukmdori va uning a’yonlari xristian dinini qabul qiladilar.

4

VII asrda Aksum qo‘shinini Arab xalifaligi lashkari mag‘lubiyatga uchratib, Arabiston yarimorolining janubidagi yerlaridan mahrum qilgan.

5

Aksumdagi vaziyat XI asrga kelib murakkablashib, davlat parchalanib ketadi.

6


Aksumning birinchi hukmdori Manelik – podsho Sulaymonning Arabiston malikasidan tug‘ilgan o‘g‘li bo‘lgan. Bu Aksumning Arabiston bilan
aloqalari qadimdan yaxshi bo‘lganini, sulolaning nomi tarixiy asosga ega ekanligini ko‘rsatadi



44-§. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI MADANIYATI

Turklar madaniyati.
Usmonlilar jamiyatida XV asr oxirida madaniyatning turli sohalari ravnaq topdi. Mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Turk me’morchiligi
turli mamlakatlardan keltirilgan usta – quruvchilar tajribasidan foydalanib yuksala borgan. Millati yunon bo`lgan Xoja Sinon qurgan ajoyib me’morchilik durdonalari uni butun jahonga tanitdi. U o`z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar: masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko`priklar qurilishiga boshchilik qilgan. Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti, ayniqsa, e’tiborga molikdir.

Turkiyalik geograflarning asarlari



Asar muallifi

Muallif asarlari

1

Piri Rais

«Bahriya»( O`rta, Qora va Egey dengizlari atlasi)

2

Evliya Chalabiy

«Sayohatnoma»( Yevropa manbalari asosida bitilgan ko`p jildli)

3

Xoja Xalifa

«Jahonnoma»


Koreys madaniyati.



Sechjon Buyuk (1418–1450) tomonidan o`tkazilgan islohotlar

1

soliq tizimida islohot o`tkazadi

2

davlat boshqaruvini takomillashtirib borad

3

davrida koreys madaniyati va san’ati gullab yashnaydi

4

Ilk bor milliy koreys universitetiga asos solinib, unda mumtoz xitoy adabiyoti o`rgatilgan

5

Budda ibodatxonasi hisoblangan – Pulguksa quriladi

6

Qirol Sechjon ishtirokida yangi taqvim tuziladi

7

shamol tezligi va yo`nalishini belgilaydigan asbob yaratiladi

8

quyosh va suv soatlari, yulduzlar xaritasi yaratiladi

9

Sechjon Buyuk rahbarligida qirol akademiyasi olimlari koreys alifbosini yaratadi.


Amerika xalqlari madaniyati.
Mayyalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyot milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini beradi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni bitib, rasmlar bilan bezatgan. Mayyalar hayotida kohinlar muhim o`rin tutgan. Ular jamoa a’zolariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab berganlar. Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar. Matematikaga «nol»ni anglatuvchi belgi mayyalar tomonidan hindlardan ham avval kiritilgan. Mamlakat poytaxti – Chichen-Itsada rasadxona qurilgan. Unda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar hamda Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olganlar. Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o`zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barpo etganlar. Saroy va ibodatxonalarning derazalari bo`lmasdan, ular eshiklar orqali yoritilgan. Tekis va ravon shahar ko`chalari toshdan bunyod etilgan.
Asteklar qo`shni mayyalar ixtirosi asosida o`zlarining quyosh taqvimini yaratganlar. Piktografik yozuv shakllangan. Asteklar dini ko`p xudolikka asoslangan edi. Xudolar orasida eng e’tiborlisi, urush xudosi sharafiga hatto odamlar ham qurbonlik qilingan. Ibodatxona kohinlari xalq orasida alohida hurmat-e’tiborga ega bo`lgan.
Poytaxt Tenochtitlanda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo`lgan. Xalq bolalari uchun maktablarda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish o`rgatilgan. Zodagonlarning farzandlari esa tarix, husnixat, o`qish, hisoblash, astronomiya, she’riyat, notiqlik san’atlari asoslarini o`rganishgan. Tenochtitlanda har yili madhiya, qissalar yozadigan
shoir-qo`shiqchilar ko`rik-musobaqalari o`tkazilib, g`oliblar mukofotlangan.

Piktografik yozuv (lotincha pictus – rasmli va yunoncha grapho – yozaman, rasmli yozuv)
ma’lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarni ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida tasvirlash.

Inklar. Zodagonlarning bolalari maxsus maktablarda o`qigan. Yozuv bo`lmagani sababli bolalar inklarning dini, boshqaruv tartibi, qonunlari va udumlariga oid ma’lumotlarni yodlaganlar. Inklarning o`ziga xos «tugunli xati» (kipu) bo`lib, uning sirlari faqat ruhoniylarga ma’lum edi.
Inklarning matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, botanika va boshqa ilm-fan sohalarida chuqur bilimlari bo`lgan. Ularning aniq taqvimi 12 oyga bo`lingan. Tabiblar insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini amalga oshirishni bilganlar.
Afrika xalqlari madaniyati.
Afrika xalqlarida avloddan-avlodga o`tib kelgan ajoyib afsona va ertaklar ko`p bo`lgan. Ular qimmatli tarixiy manba bo`lib xizmat qiladi. Afrika xalqlari ichida o`z yozuviga ega bo`lganlari ham bor edi. Jumladan, Aksumda IV asrdayoq mahalliy yozuv islohoti o`tkaziladi. Bu alifbo Efiopiyada hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Aksumda qurilish sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Bu davrda qurilgan saroylar,xristian ibodatxonalari va yerosti daxmalari bugunga qadar saqlanib qolgan.G`arbiy Sudan xalqlari madaniyatining yuksak taraqqiyotida arablarning ta’siri kattadir. Islom dini qabul qilinganidan keyin bu yerlarda arab mamlakatlaridan kelgan usta va me’morlar masjidlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari, kasalxonalar, hammom, istirohat bog`lari quradilar. Musulmon maktab va madrasalari ochiladi.




Tombaktu madrasasida o`qitiladigan fanlar

1

ilohiyot

2

tarix

3

fiqh

4

matematika

5

astronomiya

Yog`och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar nafisligi bilan odamlarni hozirgi kungacha hayratlantirib kelmoqda. Benindagi shoh saroyidan jezdan ishlangan podsho va a’yonlarning bo`rtma rasmlari topilgan. Ularda ov va urushlar, shuningdek, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan. Afrika xalqlarining o`rta asrlardagi taraqqiyoti Osiyo va Yevropa davlatlaridagiga nisbatan birmuncha orqada bo`lishiga qaramasdan aholi xo`jalikda muvaffaqiyatlarga erishib, o`ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyat yaratdi





Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling