7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


IV asrda Koguyo hududida rivojlangan sohalar


Download 1.37 Mb.
bet73/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

IV asrda Koguyo hududida rivojlangan sohalar

1

dehqonchilik

2

metall quyish va unga ishlov berish

3

to‘qimachilik

4

hunarmandchilik

5

savdo-sotiq

Keyinchalik Koguryo o‘rniga Parxe davlatiga asos solinadi. Parxe qirolligi IX asrning birinchi yarmida qudratli davlatga aylangan. Qirollik Yaponiya bilan elchilik aloqalarini o‘rnatadi. X asrda ko‘chmanchi kidanlar zarbasidan so‘ng davlat parchalanib ketadi.






Pekche davlatiga tegishli ma`lumotlar

1

Koreya yarimorolining janubiy qismida III–IV asrlarda Pekche davlati vujudga keladi

2

Pekche qirolligi IV asrda markazlashgan davlatga aylanadi.

3

Ilk budda tasvirlari Yaponiyaga ayni Pekche qirolligi davridan yetib boradi.

4

O‘rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va madaniy hayoti asoslari shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan

5

pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi bo‘lgan shahzodaga ustozlik qilgan

6

Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuv va iyerogliflari hamda buddizm kirib keladi.

Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng zaifi va kam taraqqiy etgani edi. Silla qirolligi 668-yilda Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Lekin Koreya Xitoyga boj-yasoq to‘lab turgan. Mamlakatning birlashuvi Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro urushlarga chek qo‘yilishi, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik o’rnatilishi
mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojiga yo‘l ochadi. VIII asr o‘rtalarida Silla qirolligining oltin davri boshlandi. Ushbu davrda davlat o‘z taraqqiyoti va qudratining cho‘qqisiga erishadi.

Koryo qirolligi.
Lashkarboshi Van Gon tomonidan Koryo sulolasi (918–1392)ga asos solingan. Ushbu davlat poytaxti Sonak shahri (hozirgi Shimoliy Koreyadagi Keson) bo‘lgan. Koreya nomi Koryo nomidan kelib chiqqan. Van Gon o‘z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy Xitoyda yo‘qotgan hududlarini qaytarib olish vazifasini qo‘yadi. Biroq ushbu vazifa amalga oshirilmay qoladi.Keyingi yillarda Koryo qirolligi o‘zaro kurashlardan zaiflashib qoladi. Bundan foydalangan mo‘g‘ullar 1231-yilda Koryo qirolligini bosib oladi va 1368-yilgacha o‘z qo‘l ostida tutib turadi.


Choson qirolligi.
Koryo qirolligi Xitoy istilochilarini mamlakat hududidan haydab chiqargach, Koryo harbiy sarkardalaridan biri Li Son Ge 1392-yilda so‘nggi Koryo hukmdorini taxtdan chetlatib, yangi Li sulolasiga asos soladi. Uning davrida mamlakat yana Choson nomini oladi. Davlat poytaxti Kegyondan Xanson (hozirgi Seul)ga ko‘chiriladi. Choson qirolligi XV asr o‘rtalarida iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaladi

41-§. HINDISTON
Dehli sultonligining tashkil topishi. XI–XII asrlarda Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg‘on qabilalarining hujumlari va joylashuvi kuchaygan. Musulmonlar bosib olgan viloyatlarda 1206-yilda poytaxti Dehli bo‘lgan sultonlik vujudga keladi. Dehli sultonligining ilk hukmdori Qutbiddin Oyboqning qo‘shini asosini turkiy qabilalardan tuzilgan suvoriylar tashkil qilgan. Sulton viloyatlar noibligiga harbiylar, qo‘shin boshliqlarini tayinlagan. Dehli sultonligi 1206–1526-yillarda faoliyat yuritgan.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling