7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


O`rta asrlarda Amerika qit`asida o`z davlatini tashkil qilgan qabilalar


Download 1.37 Mb.
bet76/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

O`rta asrlarda Amerika qit`asida o`z davlatini tashkil qilgan qabilalar

1

mayya

2

astek

3

kechualar


Mayya va Asteklar davlati .



Mayyalar davlati haqida ma`lumotlar

1

Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida (hozirgi Meksika) qadimdan mayya xalqlari
yashab kelgan.

2

Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keladi.

3

Ularning har birini «buyuk kishi» – hukmdor boshqarib, uning hokimiyati merosiy
bo`lgan.







Asteklar davlati haqida ma`lumotlar

1

Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika hududida joylashgan

2

Bu yerlarga shimoldan kelgan asteklar katta ko`l o`rtasidagi orollarda XII asrda Tenochtitlan shahriga asos soladilar, ular sun’iy to`g`onlar bunyod etishgan, ibodatxonalar va saroylar qurishgan

3

Ularning har birini «buyuk kishi» hukmdor boshqarib, uning hokimiyati merosiy bo`lgan.



3

Asteklarda yer taqchil bo`lganidan ko`l tagidan suv o`simliklari va unumdor loyni ko`tarib, sollarda «suzuvchi dalalar» ham yaratganlar.

4

Asteklar urug` jamoa bo`lib yashaganlar. Jamoa boshliqlari saylab qo`yilgan. Ekin maydonlari jamoa a’zolariga taqsimlab berilgan. Hukmron qabila vakillaridan tlatoani –lashkarboshi saylanib, u oliy hukmdor bo`lishidan tashqari,bosh kohin vazifasini ham bajargan.

5

Asteklar xo`jaligining asosi sug`orma dehqonchilik bo`lgan. Eng muhim ekin makkajo`xori bo`lib, undan mo`l hosil olingan.

6

Asteklarda hunarmandchilikning 1)kulolchilik, 2)to`qimachilik, 3) mis va oltindan zargarlik buyumlari yasash sohalari yaxshi rivojlangan.

7

Astek hunarmandlari ayniqsa 1)naqshin idishlar, 2) ajoyib gazlamalar, qush patlaridan tovus
kabi tovlanadigan 3)kashtalar tikishda mohir bo`lganlar.





Inklar davlati.



Inklar davlati haqida ma`lumotlar

1

Janubiy Amerikaning And tog`lari yonbag`ridagi vohalarda inklar davlati vujudga kelgan

2

Kechua tillariga mansub inklar XII–XIII asrlarda Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soladilar.

3

Inklar boshqa qabilalar yerlarini bosib olib, And tog`laridan Tinch okeaniga qadar ulkan xududda o`z hokimiyatlarini o`rnatadilar.

4

Bu davlatni Oliy Inka boshqargan. U «Quyoshning o`g`li», uning yerdagi ramzi sanalgan. Aholi, shuningdek, turli tabiat kuchlari, yer va suv ilohlariga ham e’tiqod qilganlar.

5

Bosib olingan hududlar aholisiga inklar o`z tartiblarini, madaniyatlarini o`tkazganlar. Natijada dastlab qabila nomi bo`lgan «ink» atamasi hukmron toifa – zodagonlarning umumiy nomiga
aylangan.

6

Inklardan bo`lmagan aholi jamoa bo`lib yashab, hukmron toifa uchun ishlagan. Jamoa dehqonlar oilalaridan tashkil topib, ularning har biriga ma’lum yer, ekin maydoni biriktirib qo`yilgan.

7

Jamoalar yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar. Mamlakatda rasman qulchilik bo`lmasa-da, jamoa a’zolari shafqatsiz ishlatilgan va deyarli huquqsiz bo`lgan.

8

Inklarda asosiy ekinlar kartoshka va makkajo`xori bo`lgan. Dehqonlar, shuningdek, qovoq, paxta, ananas, banan ham yetishtirganlar. Yetishtirilgan hosil uchga: bir qismi ibodatxona kohin-lari, ikkinchi qismi Oliy Inkaga berilgan, uchinchi qismi esa jamoaga qoldirilgan

9

Davlat omborlaridan to`plangan oziq mahsulotlaridan qo`shin va amaldorlarga berilgan.
Urushlar, hosilsizlik yillari yoki turli tabiiy ofatlar paytida barcha jabrlanganlarga davlat zaxirasidan makka doni va quritilgan kartoshka tarqatilgan.

10

Xo`jalikda chorvachilikning o`rni ham muhim bo`lib, tuyasimon lama va alpakalarni faqat go`shti va juni uchun boqmasdan, ulardan yuk tashish uchun ham foydalanishgan

11

Inklarda hunarmandchilik yuksak rivojlangan. Oltin,kumush qazib olinib, ulardan buyumlar tayyorlash, kulolchilik va zargarlik, to`qimachilik, bo`yoqchilik, qurilish sohalari ayniqsa yuksalgan

12

Poytaxt Kuskoni viloyatlar bilan bog`laydigan, umumiy uzunligi 15 minglab kilometr bo`lgan tosh yo`llar barpo etilgan

13

viloyatlar orasida pochta xizmati o`rnatilgan


43-§. AFRIKA XALQLARI O‘RTA ASRLARDA
Afrika aholisi va xo‘jaligi. Aholining aksari qismi I ming yillik oxiriga qadar tashqi dunyodan
ajralgan holda yashagan. Qit`aning tropik o‘rmonlarida, sahrolarda ovchi va terimchi qabilalar joylashgan. Afrikaning Misrdan boshqa hududlarida yashagan ba`zi dehqonlar ildizmevali ekinlarni yetishtirganlar.

AFRIKA XALQLARI JOYLASHGAN HUDUDLAR



Qaysi qabilalar

Qaysi hududlarda

1

barbar va tuareglar

Sahroning janubida

2

fulbelar

G‘arbiy Afrikada

3

masai,galla, sidamo, tigrelar

Sharqiy Afrikada

Ushbu qabilalarning asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan



Gana davlati.
Afrikaning Sharqida Misr, Arabiston va Hindiston bilan savdo aloqalari ta`sirida qadim zamonlardan Nubiya va Aksum (hozirgi Efiopiya) davlatlari tashkil topgan edi. Arab savdogarlari VII asrlarda G‘arbiy Sudan yerlariga O‘rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi tuz va boshqa mollarni keltirganlar.



Afrikaning savdo yo`llari kesishgan joyda vujudga kelgan kasaba-qo`rg`onlar

1

Aukar

2

Gana

3

Tombuktu

4

Gao

5

Mali

O‘rta asrlarda Niger va Senegal daryolari havzasida dastlabki davlatlarGana, Mali, Songailar tashkil topadi. Ularning dastlabkisi G‘arbiy Sudandagi Gana bo‘lgan. U VIII asrda vujudga kelib,.





Gana davlati

1

Gana davlati G‘arbiy Sudanda VIII asrda vujudga kelgan

2

Gana davlati X asrda o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishgan

3

Gananing daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to‘lovlari edi. Bojning asosiy qismini chetdan keladigan savdogarlar: arablar, barbarlar, yahudiylar to`lagan

4

Lekin mamlakatning katta boyligi oltin bo‘lgan. Gana podshosi va zodagonlari oltin va tuz savdosidan katta foyda olgan.

5

Podshoning kuchli qo‘shini bo‘lib, undagi 200 ming askarning deyarli 40 mingini kamonchilar, ma`lum qismini esa otliq jangchilar tashkil etgan.

6

Marokash sultoni Abu Bakr 1076-yilda katta qo‘shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan. Bu voqealardan so‘ng Gana podshosi Marokashga qaram bo‘lib, boj-yasoq to‘lashdan tashqari, o‘z zodagonlari bilan islom dinini qabul qilishga ham majbur bo‘ladi.

7

Xalq qo‘zg‘oloni oqibatida marokashliklar hukmronligiga chek qo‘yilganiga qaramasdan, Gana davlati parchalanib ketadi


Mali , Songai va Aksum davlatlari



Mali davlati haqida ma`lumotlar

1

Mali davlat sifatida VIII asrda vujudga keladi.

2

Mali davlatning keyingi rivojlanishiga Gana davlatining qudrati to‘sqinlik
qilgan.

3

XI asrdan Mali aholisi islomni qabul qiladi. Bu esa mamlakatga musulmon savdogarlarining ko‘chib kelishini tezlashtiradi.

4

Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida XIII asrda Mali o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishadi

5

Sundiata Keyt (1230–1255) ko‘p sonli kuchli qo‘shin tuzadi. Bu qo‘shin yordamida Sundiata karvon yo‘llari o‘tadigan hududlarni, oltin konlarini, qolaversa, qadimgi Gana yerlarini egallaydi.

6

Mali hukmdori istilo etilgan viloyatlar noibligiga o‘z qarindoshlari va yaqinlarini tayinlaydi. Noiblar esa, o‘z navbatida, lashkarboshi, amaldorlarga yer-mulklar in`om etishgan.

7

Ko‘p o‘tmay Mali butun arab dunyosida mashhur bo‘lib ketadi. Uning hukmdori

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling