7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Mamlakatning siyosiy tuzumi


Download 1.37 Mb.
bet71/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Mamlakatning siyosiy tuzumi. Yaponiyada boshqa mamlakatlardan farq qiladigan siyosiy tuzum shakl-langan. Yaponiyani XII asrdan mikado – imperator boshqargan. U mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblangan. Zodagonlar esa uning amaldorlari va noiblariga aylangan. Viloyat noiblarining mustaqil boshqarishga intilishi esa aksari holatlarda mamlakatni siyosiy tarqoqlikka olib kelgan. Imperator hokimiyati zaiflana borib, ko‘p o‘tmay real hokimiyat mamlakatdagi eng kuchli mulkdor, harbiy qo‘mondon – syogun qo‘liga o‘tgan. Dastlab syogunlik XII asr oxiridan mahalliy mulkdorlardan biri Minamoto tomonidan o‘rnatilgan. U samuraylardan tuzilgan qo‘shini bilan raqiblarini yengib, imperator poytaxti Kiotoni qo‘lga kiritadi. Lekin Minamoto davlatni o‘zining Kamakuradagi qal’a – saroyidan turib boshqaradi. Shu tariqa Yaponiyada qo‘sh hokimiyatchilik paydo bo‘ladi. Mamlakatda dehqonlarning ahvoli nihoyatda og‘ir edi. Soliqlarning ko‘payib borishi xalqni juda qiynagan. Manbalarda yozilishicha, XIV–XV asrlarda yapon qishloqlarida ocharchiliklar tez-tez takrorlanib turgan. Ocharchilik ko‘pincha turli yuqumli kasalliklar tarqalishi va ko‘plab kishilarning halok bo‘lishi bilan tugar edi.
Yaponiya shaharlari taraqqiyoti. Yaponiyada o‘rta asrlarda shaharlar o‘sib, ularda hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Yaponlar xitoyliklardan shoyi ipak, metallar, lak ishlab chiqarishni o‘zlashtirib olganlar. Mamlakatda qadim zamonlardan temir, mis, oltin va kumush qazib olingan. Yapon ustalari bu ma’danlardan ajoyib qurollar tayyorlaganlar. Qurolsozlar yasagan qilichlar o‘zining sifati bilan shuhrat qozongan. Manbalarda yozilishicha, 1483-yilda savdogarlar chet mamlakatlarga 67 ming dona qilich olib ketganlar. Yapon chinnisi, yelpig‘ichlari, suyakdan, qimmatbaho toshlardan yasab laklangan san’at buyumlari, paxtadan va ipakdan to‘qilgan gazlamalari ham xorijda yuqori baholangan. Yaponlar Koreya, Xitoy, Vyetnam, Tailand, Filippin bilan qizg‘in savdo olib borganlar.




Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling