XII–XIII asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o‘rnatiladi. Sulton Qutbiddin Oyboqning vafotidan so‘ng taxtga Shamsiddin Eltutmish (1211–1236) keladi. Uning boshqaruvi paytida Panjob, Sind va Bengaliyalar bo‘ysundiriladi.
Yer egaligi. Dehli sultonligida barcha yerlar hukmdorniki hisoblangan. Mamlakatda yer egaligining asosiy turi iqto’ bo‘lgan. Viloyat noiblari to‘plangan soliqlarning 10–20 % ini o‘ziga qoldirishi evaziga zarur bo‘lganda sultonga o‘z qo‘shinini berishi lozim edi. Yer egaligining yana bir turi – xolisa deb nomlangan. Xolisa davlat ixtiyoridagi yerlar bo‘lib, undan olinadigan soliqlar xazinaga tushib, davlat xarajatlari va maxsus qo`shinni ta’minlash uchun ishlatilgan. Yer-mulklarning ma’lum qismi mahalliy hind feodallari – zamindorlarga tegishli edi. Dehli sultonligida vaqf yerlari va sulton hadya etgan yerlar ham bo‘lgan.
№
|
Dehli sultonlari ketma-ketligi
|
1
|
Qutbiddin Oyboq-1206-1211-yy
|
2
|
Shamsiddin Eltutmish (1211–1236)
|
3
|
Alouddin Xiljiy
|
4
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |