7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet75/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Muhammad Tug‘luq (1325-y)

5

Feruzshoh Tug‘luq

6

Mahmud



Dehli sultonligi XIV–XV asrlarda.




Alouddin Xiljiy davrida Hindiston

1

islohotlar o‘tkazib, davlat xazinasi daromadlarini ko‘paytiradi.

2

kuchli qo‘shin tuzib, o‘zboshimcha feodallarni bo‘ysundiradi.

3

Dehli sultonligining kuchli va intizomli qo‘shini bo‘lishi shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini beradi.




Muhammad Tug‘luq davrida Hindiston

1

o‘z hukmdorligini otasi paytida mustaqillik yo‘lini tutgan knyazliklarni bo‘ysundirishdan boshlaydi

2

O‘zini «Iskandar Zulqarnaynning davomchisi» deb nomlagan

3

sulton davrida Hindiston yarimoroli to‘liq birlashtiriladi

4

Sultonning soliq islohoti yuz bergan qurg‘oqchilik tufayli muvaffaqiyatsiz tugaydi

5

Tug‘luqning oltin va kumushpullar bilan teng muomalada bo‘lishi mo‘ljallangan mis tangalarini zarb qildirishi uni ko‘p o‘tmay qadrsizlanib ketishga, har ikki islohotning natijasiz tugashiga olib keladi.



Feruzshoh Tug‘luq davrida Hindiston

1

soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo‘lib beriladi.

2

Uning boshqaruvi paytida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilikning yuksalishi, oqilona boshqaruvi sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi.

Dehlining keyingi sultoni Mahmud 1398–1399-yillarda Amir Temur qo‘shinlariga qarshi kurashadi. Lekin tajribali sarkarda Mahmud qo‘shinlarini yengib, Dehlini zabt etadi. Sohibqiron Samarqandga ko‘plab hind hunarmandlari, me’morlarini olib qaytadi. Shundan so‘ng Hindiston mayda knyazliklarga bo‘linib ketadi. Oradan o‘n yilcha vaqt o‘tib Sayyidlar sulolasi (1414–1451) taxtga keladi. Sayyidlar sulolasini afg‘on qabilalari sardori Bahlul Lo‘diy (1451–1489) taxtdan tushiradi. Uning nabirasi Ibrohim Lo‘diy Zahiriddin Muhammad Boburga qarshi kurashadi.



42-§. AMERIKA O`RTA ASRLARDA
Xo`jalik taraqqiyoti. Olimlarning fikricha, Amerika qit’asiga dastlabki odamlar Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo`g`ozi orqali buyuk muzlik davrida, bundan40 ming yil avval o`ta boshlagan.
Afrika qabilalarning asosiy qismi ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullangan.
Ammo Markaziy va Janubiy Amerikaning tog` va tog`oldi hududlarida dehqonchilik xo`jaligi vujudga kelib, keng taraqqiy etgan. Bu hududlarda kechua, mayya, astek, olmek va tolteklar
yashagan. Bu yerlarda yevropaliklarga ma’lum bo`lmagan makkajo`xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki ekinlari o`stirilgan. Amerikaning katta qismida xonakilashtirilgan hayvonlar
bo`lmagan. Ot, sigir, qo`y va echkilar qit’aga keyinchalik Yevropadan olib kelingan. Ular uy hayvonlaridan shimolda itni, janubda tuyasimon – lamani boqishgan. Parrandalardan kurka va o`rdak saqlangan. Temir, omoch, g`ildirak, o`t ochar qurollarni amerikalik hindular bilishmagan. Ularning mehnat va ov qurollari:tosh, jez va yog`ochdan yasalgan. Aholining katta qismi urug`chilik jamoasida yashagan. Faqat dehqonchilik bilan shug`ullangan mayya, astek va kechualar o`zlarining davlatlarini barpo qilganlar






Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling