7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
008-Kiyev Rusi (48)
Savollar va javobi1. Yilnomalarda yozilishicha, Sharqiy slavyan qabilalari kimlarga elchi jo`natib, o`zlariga knyaz yuborishlarini so`raydi? Varyaglar 2. Skandinaviyalik normann Ryurik Rusga kelib, qayerda knyazlik qiladi? Novgorod 3. Skandinaviyalik normann Sineus Rusga kelib, qayerda knyazlik qiladi? Beloozero 4. Skandinaviyalik normann Truvor Rusga kelib, qayerda knyazlik qiladi? Izborsk 5. Qadimgi Rus davlati asoschisi kim? Oleg 6. Rus davlati asoschisi Ryurik qachon vafot etadi? 879 yil 7. Ryurikni o`g`li Igor yosh bo`lgani uchun hokimiyat kimga o`tadi? Olegga 8. Kiev Rusi davlatiga kim asos soladi? Oleg 9. Kiev Rusi davlati qachon tashkil topgan? 882 yil 10. Kiev Rusi knyazi Oleg va keyingi knyazlarning asosiy vazifalari nimalar bo`lgan? Xazar hoqonligi hukmidan ozod bo`lish, sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirishni davom ettirish, Tashqi dushmanlardan davlat chegaralarini asrash, Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o`rnatish 11. Kiev Rusi knyazi Olegning vizantiyaliklar bilan tuzgan shartnomasiga ko`ra nimaga ruxsat beriladi? Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishiga 12. 912-945 yillarda kim Kiev Rusida knyazlik qilgan? Igor 13. Igor o`z hukmronligini qaysi qabilalarga qarshi urushdan boshlaydi? Bijanak 14. Kiev Rusi knyazi Igor vafot etgandan so`ng o`g`li Svyatoslav voyaga yetgunga qadar knyazlikni kim boshqaradi? Igorning rafiqasi Olga 15. Kim X asrning 50-yillari o`rtalarida Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qiladi? Olga 16. Kiev Rusining qaysi knyazi «agar men bir o`zim boshqa dinga o`tsam, drujinam ustimdan kuladi» - degan edi? Svyatoslav 17. Kiev Rusining qaysi knyazi 964 yili 22 yoshida knyazlikni olgandan so`ng qo`shini bilan sharqqa yurish boshlaydi? Svyatoslav 18. Turk hoqonligining parchalanishidan qaysi davlat tashkil topgan? Xazar hoqonligi 19. Volga va Don daryolari oralig`ida tashkil topgan davlat? Xazar hoqonligi 20. Kiev Rusining qaysi knyazi xazarlarning asosiy kuchlarini mag`lub etib, ularning poytaxtini egalaydi? Svyatoslav 21. Qaysi davlatning poytaxti Itil shahri bo`lgan? Xazar hoqonligi 22. Kiev Rusi knyazi Svyatoslav Kievga qaytishda Dnepr bo`ylarida kimlar bilan jangda halok bo`ladi? Bijanaklar 23. Kiev Rusi knyazi Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash nechanchi yillarda bo`lib o`tadi? 972-980 yillarda 24. Kiev Rusi knyazi Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash so`nggida kim taxtni egallaydi? Vladimir 25. Kiev Rusi knyazi Vladimir dastlab…? Slavyan qabilalarining isyonini bostiradi 26. Qachon Kiev Rusida xristian dini qabul qilingan? 988 yilda 27. Kiev Rusining qaysi knyazi davrida xristian dini qabul qilingan? Vladimir 28. Kiev Rusining qaysi knyazi boshqaruvi davrida mahalliy knyazlar sulolalari tugatilib, ularning o`rniga o`zining o`g`illari noiblikka tayinlanadi? Vladimir 29. Kiev Rusining knyazi Vladimirning katta o`g`li, Novgorod noibi kim edi? Yaroslav Mudriy 30. Kiev Rusining knyazi Vladimir o`z o`g`li Yaroslavga qarshi yurishga tayyorgarlik paytida qachon vafot etadi? 1015 yilda 31. Qaysi knyaz boshqaruvi davrida Kiev Rusi gullab-yashnagan davr hioblanadi? Yaroslav Mudriy davri 32. 1019-1054 yilarda Kiev Rusini kim boshqargan? Yaroslav Mudriy 33. Qachon Kiev Rusi ostonalarida paydo bo`lgan bijanaklar uzil-kesil tor-mor etiladi? 1036 yilda 34. 11 Kiev Rusining qaysi knyazi Kiev ostonalarida paydo bo`lgan bijanak qabilalari uzil-kesil tor-mor etiladi? Yaroslav Mudriy 35. Kiev Rusining qaysi knyazi bijanak qabilalari ustidan qozonilgan g`alaba sharafiga Kievda avliyo Sofiya ibodatxonasini bunyod ettiradi? Yaroslav Mudriy 36. Kimning davrida Kiev xristian dunyosining eng yirik shaharlaridan biriga aylanadi? Yaroslav Mudriy 37. Kiev Rusining qaysi knyazi davrida Kievda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o`quv yurti tashkil etiladi? Vladimir 38. Kiev Rusining qaysi knyazi davrida Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurti ochiladi? Yaroslav Mudriy 39. Kiev Rusining qaysi shahrida Vizantiyadan keltirilga Yunon tilidagi kitoblarni ruschaga tarjima qilish yo`lga qo`yiladi? Kiyevda 40. Donishmand nomini olgan Kiev Rusi knyazi? Yaroslav Mudriy 41. Kiev Rusining qaysi knyazi davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to`plami («Rus haqiqati») tuzilgan? Yaroslav Mudriy 42. «Rus haqiqati» dagi ko`pchilik moddalarda qanday jazo ko`zda tutilgan? Jarima to`lash 43. Ko`chmanchi qipchoq qabilalari qachon Yoyiq daryosidan Dunaygacha hududlarni egallab, ularning ayrimlari harbiy ittifoqlarga birlashgan? XI asrning o`rtalarida 44. Qipchoqlarning Rus knyazlari yerlarga dastlabki yurishlari qachon boshlangan? XI asrning 60-yillarida 45. Qachon Dnepr havzasidagi qipchoqlar birlashib Rus yerlariga yangi hujum boshlaydilar? XI asrning 90-yillarida 46. Kiev Rusining qaysi knyazi ilk bor qipchoq xonlaridan ikkitasining qo`shinini yengadi? Vladimir 47. Qachon Kiev Rusining knyazi ilk bor qipchoq xonlaridan ikkitasining qo`shinini yengadi? 1095 yilda 48. 1113-1125 yillarda Kiev Rusida kim knyazlik qilgan? Vladimir Monomax Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling