7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
009-VI-XI aslarda Yevropa madaniyati (34)
Savollar va javobi1. Franklar imperiyasida Buyuk Karl tomonidan qachon xalq maktablari joriy etiladi? 789 yilda 2. Kimning asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni olamiz? Eyngard 3. Buyuk Karlning saroy akademiyasi tarixchi rohibi? Eyngard 4. Buyuk Karlning saroy akademiyasi a’zolari? Eyngard va Alkuin 5. Buyuk Karl qaysi tillarni mukammal bilgan? Lotin va yunon 6. Qaysi shahar «fanlarning onasi» deb atalgan? Afina 7. Afina akademiyasiga kim asos solgan? Platon 8. Afina akademiyasiga qachon asos solingan? Mil.avv.IV asrda 9. Magnavr oliy maktabi qaysi davlatda bo`lgan? Vizantiya 10. Magnavr oliy maktabi qachon ochilgan? IX asrda 11. Konstantinopolda qachon universitet ochiladi? 1045 yilda 12. Konstantinopolda ochilgan universitetning qanday fakultetlari bor edi? Huquqshunoslik va falsafa 13. Vizantiya imperiyasining qaysi shahrida oliy tibbiyot maktabi faoliyat yuritar edi? Konstantinopol 14. «Grek olovi» qachon va qayerda ixtiro qilingan? VII asrda Vizantiyada 15. Qaysi so`z frantsuzcha muzalarga bag`ishlangan degan ma’noni anglatadi? Mozaika 16. Bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog`och, marmar va metall) bo`laklaridan ishlangan tasvir, naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan biri bu - ? Mozaika 17. Nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan rasm bu -? Freska 18. Mozaika va freskalari bilan qaysi bino o`z davrining ajoyib me’moriy yodgorliklaridan hisoblanadi? Xori monastiri 19. Hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidining qadimgi nomi nima? Xori monastiri 20. Xori monastiri qaysi shaharda bo`lgan? Konstantinopol 21. Avliyo Sofiya ibodatxonasi qaysi shaharda va kimning davrida barpo etilgan? Konstantinopolda Yustinian I 22. O`rta asr Yevropasida qaysi davlat asosiy madaniyat tarqatuvchi edi? Vizantiya 23. Janubiy va Sharqiy slavyanlar madaniyatiga qaysi davlat kuchli ta’sir ko`rsatgan? Vizantiya 24. Kiev Rusi qaysi davlatdan xristian dinini qabul qiladi? Vizantiya 25. G`arbiy Yevropa me’morchiligida qaysi uslubdagi binolar ulkan, salobatli devor, gumbazlari, qalin ustunlari, unchalik kata bo`lmagan derazalari, darvoza va eshiklari arkali qilib qurilgan? Roman uslubi 26. Roman uslubida qurilgan Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari qaysi davlatda joylashgan? Fransiyada 27. Roman uslubida qurilgan Shpeyr, Vorms, Maynts, Axen ibodatxonalari qaysi davlatda joylashgan? Germaniyada 28. G'arbiy Yevropada ilk o'rta asrlar madaniyati nima bilan chambarchas bog'liq edi? xristian cherkovi bilan 29. Trivium fanlar qaysi fanlar hisoblanadi? Grammatika, Dialektika, Ritorika 30. Kvadrium fanlar qaysi fanlar hisoblanadi? Arifmetika, Geometriya, Musiqa, Astronomiya 31. Tilshunoslik ilmi, bolalarni o`qishga o`rgatadigan fan? Grammatika 32. Qaysi fan hozirgi mantiqqa o`xshash fan bo`lib, unda o`quvchilar munozara olib borishga, o`z fikrini isbotlashga o`rgatilgan? Dialektika 33. Qaysi fan she’r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san’atini, huquq asoslarini o`rgatgan? Ritorika 34. O`rta asr maktablarida darslar qaysi tilda olib borilgan? Lotin Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling