Ritorika nutqning ahamiyati. Reja: Ritorika haqida tushuncha Sanitariya ma’orifi tushunchasi
Download 30.45 Kb.
|
“Salomatlik” instituti maqsad va vazifalari.
Ritorika nutqning ahamiyati. Reja: 1. Ritorika haqida tushuncha 2.Sanitariya ma’orifi tushunchasi 3.“Salomatlik” instituti maqsad va vazifalari. Tayanch so’z va iboralar Ritorika,sanitariya maorif,tezis,matbuot,dispanserizatsiya,sanitar gigiyenik madaniyat Ritorika yoki so‘zga chechanlik – fikrlarni aniq va ravon ifoda eta olishdir. Ammo fikrlash jarayoni o‘z-o‘zidan emas, balki ma’lum qoidalarga, mantiq qonunlariga asoslangan holda kechadi. SHuning uchun ham ma’ruzachi uchun falsafaning asosiy qismini tashkil etuvchi mantiq asoslarini bilmoq juda zarur. Mantiqan to‘g‘ri qurilgan fikrlar ketma-ketligida har bir yangi fikr undan avvalgi fikrdan kelib chiqqan holda, uning zaruriy davomi ham bo‘ladi. SHuni ham yodda tutish kerak - mantiqan to‘g‘ri qurilgan bayon hamma uchun birdek tushunarli va qiziq bo‘lishi zarur. Buning uchun qo‘yidagi qoidalarga amal qilish kerak: - aniq ma’lumotdan – noma’lumigacha; - yaqindan uzoqgacha; - oddiylikdan murakkabgacha; - osonidan qiyingacha. SHunday qilib, orator, ya’ni notiq - fikrlaydigan, harakatchan va boshqacha qilib aytganda - yaratuvchan shaxs bo‘lishi darkor. Qadim zamonlardayoq har bir chiqishni, ya’ni omma oldidagi nutqni 3 qismga bo‘lishardi: kirish, asosiy qism va, xulosaga. Bu uchbirlik, ayniqsa, akademik chiqishlarda asos bo‘lib hisoblanadi. Notiqlik san’atida eng muhimi - boshidanoq chiqishning maqsadini, masalalar va muammolarni aniq belgilab olishdir. Keyin turli detallarda asosiy savolarning echimiga ham to‘xtalish mumkin, ohirida esa xulosa tariqasida masalaning echimlari va uning amaliy ahamiyatiga urg‘u berib o‘tish bilan ma’ruza yakunlanadi. Ma’ruza shu ko‘rinishda tuzilsa muammoning asl mohiyati, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhimligini aniq ifodalab berish oson kechadi. Bunday yondoshuv, ayniqsa akademik chiqishlarda (dokladlar, ma’ruzalar va h.k.) ijobiy natija beradi. Bundan tashqari ritorikaning boshqa turlari ham bor: ijtimoiy-siyosiy, sud-xuquqiy, ijtimoiy maishiy (yubileylarda aytiladigan, olqishlar bilan kechadigan nutqlar, tostlar va b.); diniy chiqishlar (juma namoz, amri-ma’riflarda chiqishlar, pand-nasixat qilish, nikox o‘qishlar va x.k.); diplomatik, harbiy va diskussiya tortishuvlarda qo‘llaniladigan nutq. SHubxasiz, nutq so‘zlashdagi uchbirlik tizimi (struktura) har bir xabar va etkaziladigan har bir ma’lumot samarasini oshiradi. Ammo etkazilayotgan axborot darajasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi, axborot aniq, dolzarb, zamonaviy bo‘lib, masala echimiga ta’luqli, ilmiy hamda amaliy asos va ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Aniq joyda yig‘ilgan auditoriyaga aniq maqsad va vazifalar qo‘yilgan materialni ta’sirli qilib etkaza bilish - voislik nutqi madaniyatidir. Oratorlik, ya’ni nutq san’ati asoschilaridan biri Aristotelь nutqdagi uch tamoilga e’tibor berish lozimligini ta’kidlab o‘tgan: til, uslub va nutq tuzilishi. Nutq so‘zlovchining tili va madaniyati haqida gapira turib, quyidagilarni ta’kidlash joiz: til va nutq ravonligi; nutqning qisqa, lo‘nda, aniq va emotsionalligini. Oraorning nutqi noaniq iboralar, qiyin atamalar hamda hunuk so‘zlardan holi bo‘lishi kerak. So‘zlarning tug‘ri tallafuziga, urg‘u to‘g‘ri qo‘yilayotganiga e’tibor qaratish lozim, ma’nodosh so‘zlar, ya’ni sinonimlar xar qaysi bayonni, ma’ruzani boyitadi. Nutq qanchalik samarali chiqishida ma’ruzachining diksiyasi muhim ahamiyatga ega. Ma’ruzachi har bir tovushni, har bir harfni to‘g‘ri talaffuz qilishi shart. Ma’ruzachining diksiyasi ravon, etarli darajada baland, jarangdor bo‘lib, oratorning xar bir so‘zi barcha tinglovchilarga etib borishi lozim. Ma’ruza tekis ohangda aytilishi bilan birga bir tusda bo‘lmasligi zarur, ahyon-ahyonda ovoz balandligi ham kuchaytirilib, material muhimligini ifoda etib turishi lozim. Ma’ruzachining dadilligi hamda chiroyli ohangli ovozi so‘zlar ishonchli chiqishini ta’minlaydi. Oratorning uslubi va odatlari (o‘ziga xosliklari). Oratorning uslubi deganda uning shaxsi, individualligi, maxsus bilimlari, hayotiy tajribasi va albatta notiqlik mahorati nazarda tutiladi. Oratorning uslubi turlicha bo‘lishi mumkin: 1. Jiddiy, mantiqiy. Tashqi tomondan mo‘min, ko‘tarinki, baland parvoz so‘zlarga chalg‘imaydigan. Bu uslubdagi oratorlar o‘zining aql idrokiga va fikrlash jarayoniga urg‘u berishadi. 2. Emotsional uslub. Bunday oratorlarning nutqi yorqin, mulohazalarga boy, turli xil mantiqiy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, bu uslubdagi oratorlar o‘z nutqida hazil-mutoyibalarni ham tez-tez qo‘llab turishadi. 3. Uchinchi uslub esa yuqorida keltirilgan uslublarning sintetik ifodasi bo‘lib, nutqida me’yorni saqlaydigan oratorni ta’riflaydi. Notiqlik san’ati negizida auditoriyani boshqarish maxorati yotadi. Nutq madaniyati, dunyoqarashning kengligi, auditoriyaga berilayotgan axborotni chuqur anglab, erkin (qog‘ozdagi matnsiz), yoddan so‘zlab berish qobiliyati - vois san’atning ajralmas qismidir. YUqorida qayd etilgan qoidalarga rioya qilish orqaligina auditoriya bilan uchrashuv samarasini his qilish mumkin bo‘ladi. Auditoriyani boshqarishda muayyan usullar mavjud: - yangilik usuli (chop etilmagan xabarlar, fan yangiliklari); - muammoli vaziyat usuli; eng muxim ahamiyatga ega muammoli material tanlanib, auditoriya bilan muhokama qilinadi (misol, OIV\OITS bo‘yicha epid vaziyat); - ovoz bilan ta’sir o‘tkazish usuli, ya’ni nutq balandligini va ovoz ohangini kuchaytirish bilan, yoki savolga oid urg‘u berib, masalani baland ovozda tushuntirish, ammo baqirmaslik kerak; -pauza usuli, aytilayotgan nutqni ma’lum bir vaqtda to‘xtatib, auditoriya e’tiborini ma’ruzachiga jamlash. Umuman olganda, agarda lektor, ya’ni ma’ruzachining gaplari aniq, nutqi ravon, u yoki bu masalaga urg‘ular qo‘yilganligi bilan ajralib tursa, ovozining ohangi ma’romida yoqimli bo‘lsa, shuningdek ma’ruza mobaynida u kerakli joylarda mantiqiy to‘xtashlar qilsa, mavzuni ochib berish uchun yondoshuvni to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, hohlagan auditoriya (omma) oldida uning chiqishi muvaffaqiyat qozonadi. Ko‘rib turganimizdek, auditoriyaga ta’sir o‘tkazish usullari turlicha. Albatta, bu borada ma’ruzachining shaxs sifatida qanchalik obro‘ga egaligi, xususan shifokorning qanchalik obro‘ligi juda ahamiyatlidir. SHuning uchun ham biz “nimani gapirib va qanday gapirib” iborasiga urg‘u berganimizda, “kim gapirayotgani” ham ahamiyatli deya, qo‘shimcha qilishimiz darkor. Ma’ruza qilayotgan shifokor o‘zining tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishi kerak. Uning ozodaligi, did bilan kiyingani (ustki kiyimini to‘g‘ri tanlangani hamda oyoq kiyimining tozaligi) auditoriya tomonidan ijobiy qabul qilinadi va ma’ruzachiga nisbatan ishonch hosil bo‘lishiga turtki beradi, oratorlik, ya’ni voislik san’atida ma’ruzachining xatti-xarakatlari va mimikasi (yuz ifodasi) ham muhim hisoblanadi. Ritorika bo‘yicha tadqiqotchilarning ba’zilari e’tirof etishlaricha axborotning 40%ni xatti-xarakatlar va yuz ifodasi orqali etkazish mumkin. Albatta, bu elementlar gap-so‘zlarimizni jonlantiradi, yakun ifodali chiqishiga ko‘maklashadi. Ammo me’yordan o‘tib ketib, haddan ziyod oshirib yuborib, tinglovchini chalg‘itishdan qochish lozim. Xatti-xarakatlar va yuz ifodasi, ya’ni mimikada vazminlikni saqlash kerak, va nihoyat, xatti-xarakatlar bilan fikrlar uyg‘unligiga rioya qilish lozim, ular aytiladigan gaplar ma’nosiga mos bo‘lishi shart. SHunday qilib, aholi orasida STTni shakllantirish borasida oratorlik, ya’ni notiqlik san’ati shifokorlar uchun juda ahamiyatli va zaruriy predmetdir. Uni mukammal egallagan shifokorlar aholiga axborotni samarali qilib etkazish barobarida o‘z bilim saviyalarini ham oshirishga muvaffaq bo‘ladilar, savotxonlik borasida ma’lum pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lishadi. Nazariyani amaliyot bilan bog‘laydigan bo‘lsak - ma’ruzachi-moderator har bir tinglovchi qalbidan joy egallashi lozim. Aholi bilan uchrashuv-suhbatlar, targ‘ibot o‘tkazayotganda, mahallalar, maktablar, litsey, kolledjlarda tinglovchilar tafakkuriga ta’sir o‘tkazib, ularni fikrlashga undashi lozim. Buning uchun ma’ruzachi-suhbatchi qanday fazilatlarni o‘zida mujassam qilgan bo‘lishini kerak: Bilim va nutq; Saviya darajasining qanchalik balandligi; Ziyrak, sezgir va auditoriya bilan hamnafas bo‘lish qobiliyati; Sodda tilda gaplashishni bilish; Ishontira olish; O‘z ko‘rgan kechirganlarini bayon eta bilish; Kamtarlik va samimiylik; Auditoriyani fikr yuritishga va maqsad qo‘yishga ergashtira olish. Download 30.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling