Ritorika nutqning ahamiyati. Reja: Ritorika haqida tushuncha Sanitariya ma’orifi tushunchasi


Sanitariya maorifining uslub va vositalari


Download 30.45 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1375703
1   2   3   4
Bog'liq
“Salomatlik” instituti maqsad va vazifalari.

Sanitariya maorifining uslub va vositalari
Uslub deganda aniq ish yuritish usullari tushuniladi. Og’zaki, bosma, ko’rgazmali va aralash uslublar farq qilinadi. Og’zaki usul (ma’ruza, munozara, konferensiya, suxbat va boshqalar) asosiy uslublardan biri hisoblanadi. Ma’ruzaga yaxshilab tayyorlanish , uning mazunini yozma bayon yetish kerak.
Ma’ruzaga tayyorlanganda 3 xil asosiy hujjat: reja, tezislar va konspekt tuzish mumkin. Reja-bu ma’ruzada bayon yetiladigan tartibda yoritiladigan keng hajmli savollar ro’yhatidir. Tezislar-mavzudagi asosiy fikrlarni qisqacha bayoni. Konspekt-bu ma’ruzachi uchun yesdalik ko’chirmalar, raqamlar, misollar, ko’rgazmali qurollarga izo’lar keltirilgan rejadir.
Ma’ruzaga yoki suxbatlarning mazmuni (konspekt yozish) va o’tkazilishiga qo’yiladigan talablar. Har bir ma’ruzaning kirish, asosiy qismlari va xulosasi bo’ladi. Ma’ruza mavzusi va tinglovchilar xilma-xilligi (yoshi, jinsi, kasbi, umumiy va sanitariya madaniyati darajasi va h.k.) ga qarab, ma’ruzachi adabiyotlar va rasmlarni to’g’ri tanlashi lozim. Bayonni o’z ma’ruzasining qisqacha rejasi yoki mavzuning mo’iyatini ochishdan boshlashi mumkin. Ma’ruzaning asosiy qismida uning mazmuni yoritiladi; aniq, ancha muhim va ahamiyatli ma’lumotlar bayon yetiladi.
Ma’ruza hammabop va ishonarli bo’lishi kerak. Ma’lumotni izchil bayon yetish va asosiy raqam hamda tsitatalarni xotirada tiklash uchun konspektdan foydalanish kerak. Ma’ruzachi tinglovchilarga razm solib turishi, ma’ruza ularga qanday ta’sir ko’rsatayotganligini sezishi lozim. Jamoa hayotidan, badiiy adabiyotlardan olingan misollar bilan boyitilgan yoki kinofilmlar namoyish qilish bilan o’tkaziladigan ma’ruzalar tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Ma’ruza oxirida aytilgan fikrlarga yakun yasash, xulosalar chiqarish va tinglovchilarni ma’ruzachining tavsiyalariga amal qilishga chaqirishi lozim. Xulosani qisqa va iloji boricha ko’tarinki ruxda, ta’sirchan qilish kerak.
Suxbat- targ’ibotning samarali vositasi bo’lib, uni shifokor hamda tibbiyot hamshirasi o’tkazishi mumkin. Suxbatlar rejali va rejadan tashqari bo’lishi mumkin. Ular odatda 20 daqiqagacha davom yetadi. Suxbatning qimmatli tomoni shundaki, u tinglovchilar bilan chambarchas aloqa o’rnatishga, ularning bilim va tajribalaridan foydalanishga imkon beradi. Mavzuga doir rejali ravishda guruhli (25-30 kishigacha) suxbatlar o’tkazish uchun auditoriyadagilarning bilimi bir xil bo’lishi va tinglovchilarning yetarli darajada faollik ko’rsatishi (savollar berishi, so’zga chiqishi) juda muhim. Ma’ruzalarda quyidagi mavzulardan foydalanish mumkin:

  1. Davlatimiz qarorlarida sog’liqni saqlash masalalari.

  2. Sog’liqni saqlash sohasida respublikamizda yerishilgan yutuqlar.

  3. Xushyor turmush tarzi. Ichkilikbozlikni tugatish.

  4. Bolalar infeksion kasalligi va uning oldini olish.

  5. Yurak tomir kasallikllari va ularning oldini olish.

  6. Sog’lom turmush tarzi-salomatlik garovi.

  7. SHikastlanish va uning oldini olish.

  8. Uzoq umr ko’rish asoslari.

  9. Giyoxvandlik-asr vabosi.

«Tibbiyot» mavzusida o’tkaziladigan savol-javob kechalari juda ommalashgan. Tinglovchilar savollar berishadi, turli sohadagi shifokorlar va kechani tashkil yetgan tibbiyot hamshiralari javob berishadi. Ular ko’rinarli joyga oldindan yehlon, afisha va savollar yozilgan hatlar tashlanadigan quticha osib qo’yishadi. Sexlar, oshxonalar, klublarda o’tkaziladigan kechalar to’g’risida yeslatishadi, savollar yig’ib javoblar tayyorlashadi, kechada ham savollar beriladi.
Matbuot-aholi bilan ishlash uchun juda qulay va ancha oson usuldir. Uning yeng keng tarqalgan shakllari: broshyura, kitob, jurnal, kalendar, varaqa, sanitariya byulleteni, yesdalik, shior, buklet, gazeta, (markaziy, ma’alliy, devoriy), savol-javoblar taxtasi va boshqalardir. Ularning ko’pchiligini aholi matbuotdan, kitob do’konlaridan sotib olishi, kutubxonalar, o’quv zallarida o’qishi, obuna bo’lib olishi mumkin. Davolash muassasalarida bemorlar stollar ustiga yoyib qo’yilgan nashrdan chiqqan har xil ma’lumotlarni o’qish imkoniga yega bo’ladilar va h.k.

Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling