Ritorika nutqning ahamiyati. Reja: Ritorika haqida tushuncha Sanitariya ma’orifi tushunchasi


Sanitariya devoriy gazetalari va sanitariya byulleteni


Download 30.45 Kb.
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1375703
1   2   3   4
Bog'liq
“Salomatlik” instituti maqsad va vazifalari.

Sanitariya devoriy gazetalari va sanitariya byulleteni keng tarqalgan. Sanitariya byulleteni gazeta matnidan ancha qisqa bo’lib, biror muhim mavzuni (donorlik, grippning oldini olish, ko’chadagi shikastlanishlar, raxit va boshqalarni) yoritiladi. Xabar, maqola, surat va boshqa rasmlar katta taxta, vatman qog’ozga montaj qilinib, ko’rinarli joyga osib qo’yiladi. Devoriy gazetalar mavzulari muassasa profiliga qarab aniqlanadi, odatda gazeta ilmiy-ommabop planning kompleks masalalariga bag’ishlanib, bunda kundalik axborotlar, o’qvchilarning xabarlari, hayotdan olingan dalillar, tushunarli qilib bayon yetilgan, asoslangan maslahatlardan foydalaniladi.
Sanitariya maorifining muhim metodi-ko’rgazmali metod (modellar, mulyajlar, maketlar, diagrammalar, diafilmlar, suratlar, diapozitivlar, sxemalar, rasmlar va boshqalarni ko’rsatish) hisoblanadi. U ma’ruzalar, suxbatlar, dokladlar vaqtida va mustaqil qo’llanishi mumkin.
Targ’ibot va tashviqot plakatlari farq qilinadi. Tashviqot plakati ochiq rangli bo’lishi lozim, unda kishilar salomatligiga tegishli biror muhim masala to’g’risida qisqacha tushuncha beriladi. Masalan, «Tozalik-salomatlik garovi». Qiz bola yoki yigitchaning suv muolajasi qabul qilayotgan vaqtdagi sog’lom va xushchaqchaq qiyofasi katta qilib tasvirlangan bo’lishi mumkin. Targ’ibot plakati oqilona va sermulo’aza munosabatda bo’lishni talab yetadi.
Ko’rgazmalar-gigiyena va tibbiyot fanining biror sohadagi yeksponatlarni ommalashtirish maqsadida ularni namoyish qilish uchun har xil tartibda qo’yilgan namunalar to’plami sifatida katta ahamiyat kasb yetadi. Ko’rgazmalar statsionar yoki ko’chma bo’lishi mumkin. Statsionar ko’rgazmalar sanitariya maorifi uylari, tibbiyot muassasalarida tashkil yetiladi. Bir xil mavzudagi, mantiqan bog’langan, gruppalari aniq ajratilgan har xil yeksponatlar bo’lishiga rioya qilish juda muhim. Ko’chma ko’rgazmalar vagon ko’rgazmalar, santarg’ibot avtomobillar va kichikroq yig’ma-ko’chma ko’rgazmalar bo’lishi mumkin.
Sanitariya-oqartuv ishlarini olib borishda tibbiyot hamshirasi katta rol o’ynaydi. U bemorning uyiga borganida, poliklinika, kasalxonalarda sog’ayib borayotgan bemorlar va ularning oila ahzolari bilan har kuni yakka tartibda suxbatlar o’tkazib turadi.
Tibbiyot hamshiralari shifokorlar raxbarligida ishlaydilar. SHifokor suxbat o’tkazishda yordam beradi: adabiyotlar, ko’rgazmali qurollar, rasmlar tavsiya yetadi, konspektni ko’rib chiqadi, zarur bo’lganda yozma nutqini tasdiqlab beradi. Malaka oshirish maqsadida tibbiyot hamshiralarining sanitariya maorifi metodikasi bo’yicha maxsus mashg’ulotlar, tibbiyot hamshiralari kengashlarida namunali suxbatlar o’tkaziladi va xokazo. SHifokorlar va o’rta tibbiyot xodimlari oyiga 4 soat sanitariya-oqartuv ishlari bilan shug’ullanishlari; vaqti-vaqti bilan o’z ishlariga yakun yasab turishlari kerak. Sanitariya maorifining samaradorligiga quyidagi mezonlar yordamida baho berish mumkin: sanitariya madaniyati, ayniqsa bolalar sanitariya madaniyatining darajasi, gigiyena bilimlari (uning qay axvolda yekanligi, atrof-muhitning sanitariya holati, oiladagi turmush tarzi va maktabning gigiyenik jihatdan ta’sir darajasi)ni aks yettiradi.
2001 yilda Respublika Salomatlik Instituti tashkil qilindi va unga sog'lom turmush tarzi tizimini shakllantirish va uni aholi o'rtasida targ'ib etish ma'sulyati yuklatildi.
Nazorat uchun savollar:
1.Nutq deb nimaga aytiladi
2.Ritorikaning qanday turlari bor?
3.Sanitariya maorifining maqsad vazifasi nima?
4.Tibbiyot hodimining vazifasi qanday?
5.Instruktorlarning vazifasini ayting?
6.Salomatlik institutining maqsad vazifalarini ayting?
7.So’gliqni saqlash tizimini isloh qilish yo’llarini ayting?
Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling