7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
006-Vizantiya imperiyasi (29)
Savollar va javobi1. Vizantiya imperiyasi qachon tashkil topgan? 395-yilda 2. Qaysi Rim imperatori o`g`illari Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga bo`lib olishadi? Feodosiy 3. G`arbiy Rim imperiyasining poytaxti qaysi shahar bo'lgan? Rim 4. Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti qaysi shahar bo'lgan? Konstantinopol 5. Konstantinopol shahri o`rnidagi Vizantiy qaysi shahar qaysi yunon shahar davlatining koloniyasi bo'lgan? Megara 6. IV asrda Vizantiya imperiyasi tarkibiga qayerlar kirgan? Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, Krit va Kipr orollari 7. Vizantiya imperiyasida qaysi til davlat tiliga aylanadi? Yunon tili 8. Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini nima deyishgan? Yunonlar 9. Vizantiya imperiyasi fuqarolari o`zlarini nima deb hisoblashgan? Rimliklar 10. Vizantiya imperiyasida aholining katta qismini kimlar tashkil etgan? Erkin dehqonlar 11. Qaysi shahar Osiyo va Yevropani bog`lovchi «Oltin ko`prik» hisoblangan? Konstantinopol 12. Vizantiya oltin puli qanday atalgan? Nomisma 13. Vizantiya imperiyasini kim boshqargan? Vasilevs 14. Qaysi so`zning manosi yunonchada “podsho” degan ma’noni bildiradi? Vasilevs 15. Vizantiya imperiyasida maslahat organi bu …? Sinklit 16. Vizantiya imperiyasi qaysi imperator davrida o`z qudratining cho`qqisiga erishadi? Yustinian I 17. 527-565 yillarda Vizantiya imperatori kim bo`lgan? Yustinian I 18. Vizantiya tarixida oddiy askarlikdan imperator darajasiga ko`tarilgan shaxsni aniqlang? Yustin 19. Yoshligida aktrisa bo`lgan Yustinianning rafiqasi kim? Feodora 20. Yustinian qaysi sarkardani Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O`rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug`ullangan vandallarga qarshi yuboradi? Velisariy 21. Yustinian qachon o`z sarkardasini Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O`rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug`ullangan vandallarga qarshi yuboradi? 534 yilda 22. Shimoliy Afrikada vandallar davlatini bo`ysundirgandan so`ng Velisariy qayerga yo`l oladi? Italiyaga 23. Italiyada Velisariy kimlarning qattiq qarshiligiga uchraydi? Ostgotlar 24. Vizantiyaliklar Italiyaning katta qismini bo`ysundirib alohida noibdik (ekzarxat) tuzishadi.Uning markazi qaysi shahar edi? Ravenna 25. Italiyadagi urush so`nggida Yustinian I qayerga qo`shin yuboradi? Ispaniyaga 26. Vizantiyaliklar Ispaniyaga yurish qilganida Ispaniyada kimlar hukmronlik qilar edi? Vestgotlar 27. Vizantiyaning zaiflashuvi VI asrning o`rtalaridan qaysi qabilalarning istilolariga yo`l ochadi? Slavyanlar 28. VII asrda Arab xalifaligi hujumlari natijasida qayerlar Vizantiya qo`lidan ketadi? Suriya va Misr 29. Vizantiya imperiyasida feodalar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuvi qachon feodal munosabatlarning uzi-kesil o`rnatilishiga olib keldi? IX-XI asrlar Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling