7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
002-Franklar ijtimoiy tuzumi va davlatining vujudga kelishi (31)
Savollar va javobi1. Buyuk ko`chishlar boshlangunga qadar qaysi qabilalar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar? Franklar 2. Kimlarning tashqi ko`rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan? Franklar 3. Kimlar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim-bosh kiyganlar va soch-soqollarini olib yurishgan? Franklar 4. Kimlarda faqat qirol oilasiga mansub kishilargina uzun soch bilan yurishlari mumkin bo`lgan? Franklar 5. G`arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin franklarga qo`shni bo`lgan Galliyada kim mustaqil knyazlik tuzadi? Egidiy 6. Franklarning Galliyaga hujumiga kim boshchilik qiladi? Xlodvig 7. Franklar davlatiga kim asos soladi? Xlodvig 8. Franklar davlatiga qachon asos solinadi? 486 yilda 9. Xlodvig Egidiyning vorisi Siagriy qo`shinlarini qachon mag`lub etgan? 486 yilda 10. Xlodvig Egidiyning vorisi Siagriy qo`shinlarini qaysi shahar yaqinidagi jangda mag`lub etgan? Suasson 11. Kimlar tuzgan davlat dastlab sulolalar nomi bilan atalgan? Franklar 12. Nechanchi asrdan Parij atrofidagi viloyat Il de Frans davlat nomiga asos bo`ladi va u Fransiya deb atala boshlaydi? X asrda 13. Kim varvar qabilalari ichida birinchi bo`lib xristianlikni Rimdan qabul qiladi? Xlodvig 14. Senorning o`z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulk qanday atalgan? Benefetsiy 15. O`rta asrlarda G`arbiy Yevropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo`lgan yer egasi qanday atalgagan? Senor 16. Senor so`zi lotincha so`z bo`lib, qanday ma’noni bildiradi? Katta 17. G`arbiy Yevropa mamlakatlarida feodalning boshqa feodalga bo`ysunish tartibi nima deb atalgan? Vassallik 18. Frank qirolligi qayerda tashkil topgan? Shimoliy Galliyada 19. Xlodvigning vorislari qachon Burgundiyani ishg`ol qildi? 534 yilda 20. Xlodvigning vorislari qachon Provansni ishg`ol qildi? 536 yilda 21. German qabilalari to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping? Tyuring, alleman, bavar 22. Franklarda mamlakat viloyatlarga bo`linib, qirol ularni boshqarishni kimlarga topshirgan? Graflarga 23. Qaysi davlatda viloyatlarni graflar boshqargan? Franklarda 24. Franklar soliq tartiblarini kimlardan qabul qilganlar? Rimdan 25. Franklarda mahaliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig`inlari tashkil etib, uning boshlig`i, yuzboshi nima deb atalgan? Tungin 26. VI asr oxiridan franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo`lgan mulki nimaga aylanadi? Allod 27. G`arbiy feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo`lib o`tadigan yer-mulk qanday ataladi? Allod 28. Franklarda qaysi qirol davrida yangi qonun chiqarilib, unga muvofiq o`g`il voris bo`lmasa yerni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o`tish huquqini tasdiqlaydi? Xilperik 29. 561-584 yillarda Franklar davlatida kim hukmronlik qilgan? Xilperik 30. «Sali haqiqati» kimlarning qonunlar to`plami hisoblanadi? franklarning 31. «Sali haqiqati» kimning buyrug`iga binoan yozilgan? Xlodvig Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling