9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad
Download 140 Kb.
|
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Galliyada franklar hukmronligini o‘rnatilishi.
9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad: Galliyaga franklar qabilasini kelib joylashishi, Xlodvig va uning avlodlari davrida franklarning hayoti, Xlodvig asos solgan Merovinglar sulolasi hokimiyatini ag‘darilishi, yangi sulola Karolinglarni hokimiyat tepasiga kelishi, Buyuk Karl davrida imperiyaning vujudga kelishi haqida ma’lumot berish. Tayanch iboralar: Tasit, xamavlar, sukambrlar, batavlar, franklar, Xlodvig, Merovinglar, sali franklari, ripuar franklari, Siagriy, “Sali haqiqati”, Karolinglar sulolasi, feod, benefisiy, Pipin Pakana, Buyuk Karl, Pireney yarim oroliga, Dezideriy, Korvey cherkovi, Roland, Ispan markasi, risarlar Galliyada franklar hukmronligini o‘rnatilishi. Rim imperiyasi hududida tuzilgan varvar qirolliklari ichida eng kattasi va kuchlisi franklar qirolligi edi. Franklarning o‘zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning ota-bobolari Tasitning asarida har xil nomlar bilan, chunonchi, xamavlar, sukambrlar, batavlar va boshqa nomlar bilan atalgan. “Frank” degan nom (bu so‘zni “jasur”, “erkin” deb tarjima qilishadi) III asrning o‘rtalaridagina paydo bo‘lib, qandaydir bitta qabila emas, balki Reynning o‘rta va quyi oqimlarida yashagan butun bir guruh german qabilalariga taalluqli umumiy bir nom edi. Franklar varvar qabilalaridan birinchi bo‘lib davlat tashkil etishgan. 446 yili german qabila yo‘lboshchilari orasidan Merovinglar urug‘idan bo‘lgan Xlodvig (466–511 yillar) ajralib chiqqan, u franklarning birinchi davlati va sulolasiga asos solgan. Dastlab, franklar rimliklarga nisbatan dushmanlik munosabatida bo‘ldilar, keyin bu munosabat ancha do‘stona munosabatga aylandi. 451 yildagi Katalaun jangida franklar ittifoqchi sifatida rimliklar tarafida turib xunnlarga qarshi urushdilar. O‘sha vaqtdayoq franklar katta-katta ikki guruhga bo‘lingan bo‘lib, bir guruhi (ular Reynning quyi oqimida yashardilar) dengiz bo‘yi franklari yoki sali franklari deb (lotincha ”salum” - dengiz so‘zidan), ikkinchi guruhi Reynning o‘rta oqimida (har ikki qirg‘oqda) yashagan franklar - qirg‘oq franklari yoki ripuar franklari deb (lotincha “ripa”- qirg‘oq so‘zidan) atalar edi. Bulardan eng kuchlisi sali franklari bo‘lib, ular IV asrdan Rim imperiyasining Galliya viloyatiga ko‘chib kela boshlaganlar. 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasining ag‘darilganidan 10 yil o‘tib, franklar uning Galliyadagi hududida o‘z qirolliklarini barpo etib, o‘z hududlarini kengaytirib boradilar. Shimoliy Galliyadagi Parij shahri Franklar davlatining poytaxtiga aylantiriladi. Rim yerlarini bosib olish natijasida franklarda davlatning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetadi. Biroq bu yerda urug‘-doshlik tuzumi birdaniga yo‘qolib ketmadi. Franklar bosib olgan yerlarni boshqarish uchun boshqaruv organlari tashkil etishlari zarur bo‘lib qoldi. Endilikda, eski urug‘doshlik organlari - oqsoqollar kengashi, xalq lashkarboshilari Rim imperiyasi yerlarini boshqarishga to‘g‘ri kelmay qolgan edi. Lashkarboshining hokimiyatini kuchaytirish zaruriyati kelib chiqadi. Oddiy lashkarboshi endi haqiqiy yakka hokimga - qirolga aylana boradi. Qirol urug‘doshlik tuzumi sharoitidagi urug‘ jamoalariga tegishli mol-mulklarni o‘ziniki qilib ola boshlaydi. Xalq mulkini tortib olib, hadya va mukofot sifatida o‘z yaqinlariga, askarlariga va xizmatkorlariga ulashib beradi. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling