9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad
Karolinglar davrida franklarda feodalizmning rivojlanishi
Download 140 Kb.
|
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk Karl hukmronligi va istilolari.
Karolinglar davrida franklarda feodalizmning rivojlanishi. 751- yili Franklar qirolligidagi hokimiyatni saroy amaldorlari – mayordomlar orasidan chiqqan yangi sulola – Karolinglar sulolasi egallaydi. Ular mukofotlashning yangi tizimini yaratishdi. Umrbod egalik qilish uchun yer-mulklar tarqatilib, uni faqat harbiy xizmat majburiyatini o‘tagan shaxslargagina umrbod foydalanish uchun berishgan. Bunday feod – benefisiy (inom, ya’ni ixtiyoriy tuhfa, sahovat ko‘rsatish) deb atalgan. Feodga egalik qiluvchi kishilar feodallar deb atala boshlandi. O‘z majburiyatini o‘tashdan bosh tortgan, ataylik qirol da’vati bo‘yicha urushga kelmagan feodal o‘z feodidan mahrum etilgan. Vaqt o‘tishi bilan feod merosiy bo‘lgan, feodal uni o‘zining vorisiga qoldira olgan, ammo voris ham buning uchun qirolga hizmat qilishi shart bo‘lgan.
Karolinglar sulolasi keng ko‘lamda feodlar in’om qila boshlaganlar va tez orada ular ixtiyorida feodallardan tashkil topgan kuchli va ishonchli qo‘shin vujudga kelgan. Urush vaqtida feodallar o‘zlarining yerlaridagi dehqonlar bilan qirolning katta qo‘shinini tashkil etganlar. Feodallar qiroldan in’om tarzida olgan yer-mulklari – feodlari uchun xizmatni o‘tashlari lozim edi. Karolinglar davriga kelib franklarda feodal munosabatlar ancha shakllangan. Karolinglarning frank davlati Buyuk laqabini olgan Karl davrida rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisiga yetgan, qudratli davlatga aylangan. Buyuk Karl hukmronligi va istilolari. Buyuk Karl (742—814) Karolinglar sulolasining asoschisi Pipin Pakananing (714—768) o‘g‘li bo‘lib, Franklar qirolligini (800-yildan imperiyasini) 46 yil (768-814) davomida boshqargan. "Buyuk" nomi unga tarixchilar tomonidan 53 harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Karl haqida ko‘plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo‘shiqlar yaratilgan. Uning ismidan "korol", ya’ni "qirol" unvoni kelib chiqqan. Buyuk Karl taxtga kelishi bilan istilochilik urushlarini olib borgan. Uning dastlabki katta harbiy yurishlaridan biri, germanlarning langobardlar qabilasi tomonidan Italiyada tuzilgan davlatga qarshi 773-yili boshlanadi. Langobardlar qiroli Dezideriy mag‘lub etilganidan so‘ng, sochi olinib Korvey monastiriga jo‘natiladi (ilk o‘rta asrlarda Yevropada uzun soch toj-u taxt egaligi ramzi bo‘lib, qirolning sochi olinishi uni taxtdan mahrum etilganini anglatgan). Italiya yerlari esa grafliklarga bo‘linib, Frank qirolligiga qo‘shib olinadi. Arab halifaligi tomonidan istilo qilingan Pireney yarim oroliga 778-yili Karl dastlabki yurishini boshlagan. Lekin, bu yurish franklar uchun muvaffaqiyatsiz yurish bo‘ladi. Janglardan birida Karlning jiyani graf Roland halok bo‘ladi. Asrlar o‘tib Roland fransuz xalq og‘zaki ijodining sevimli qahramoniga aylanib, u haqda "Roland haqida qo‘shiq" dostoni yaratiladi. Keyingi yurishlar davomida Pireney yarim orolining arablardan tortib olingan hududlarida tuzilgan Ispan markasi franklar davlatining chegara viloyatiga aylantiriladi. Buyuk Karl germanlarning sakslar qabilasiga ham qarshi uzoq vaqt urushlar olib borgan. Reyn daryosining o‘ng sohilida yashagan saks qabilalariga qarshi urushlar 30 yildan ortiq (772-804 yillarda) davom etadi. Bu urush Karl uchun ancha murakkab kechadi. Sakslar germanlarning Karlga bo‘ysunmagan so‘nggi yirik qabilasi bo‘lgan. Istilo qilingan sakslar franklar qo‘shini ketgan zahoti yana qo‘zg‘olon ko‘targanlar. Karl ortga qaytib minglab garovga olinganlarni qatl ettirgan, yuzlab sakslar oilalarini mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chirgan, asosiysi sakslarni nima bo‘lsa ham xristian diniga o‘tkazishga intilgan. Sakslar qattiq qarshilik ko‘rsatib, imkoni bo‘ldi deguncha yana majusiylikka qaytishgan. Uzoq kurashdan so‘ng Karl sakslarni yangi dinga o‘tkazishga erishgan. Shu tariqa Saksoniya ham Buyuk Karl davlatiga qo‘shib olingan. Karl sakslar bilan urushish vaqtida Sharqiy Yevropada yashovchi slavyan qabilalari bilan ham to‘qnash keladi. Buyuk Karl o‘zining kuchli qo‘shini bilan ularning ayrimlarini mag‘lubiyatga uchratib, ularni Franklar davlatiga soliq to‘lashga majbur qilgan. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling