9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Download 140 Kb.
bet8/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Angl-sakslarda ijtimoiy hayot. German qabilalarining Britaniyadagi feodal jamiyatlarining shakllanishi juda sekinlik bilan yuz bergan. Bu ma’lum darajada angl-sakslarning qabilaviy urf-odatlari orolda darhol buzilmaganligi va skandinav an’analarining turg‘unlik ta’siri bilan bog‘liq edi. VI-VIII asrlardagi ko‘pgina "haqiqat"larda, ya’ni turli angl-saks qirollarining qonunlar to‘plamlarida angl-sakslarning o‘sha davrga oid ijtimoiy tuzumi haqida anchagina ma’lumotlar beriladi. Ularning ijtimoiy tuzumi ko‘p jihatdan franklarning "Sali haqiqati"da tasvirlangan ijtimoiy tuzumiga o‘xshar edi. Angllar, sakslar va yutlardan iborat german qabilalari o‘zlari bosib olgan mamlakat xalqlariga nisbatan ijtimoiy va madaniy rivojlanishning ancha quyi darajasida turar edilar. Ular bosib olgan mamalakatda nisbatan rivojlangan qishloq xo‘jaligiga duch kelganlar. Shu sababli istilodan keyin tez orada ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lib qolgan.
Angl-sakslar davlati aholisi, manbaalarning darak berishicha, qadimgi davrlardayoq erkin, yarim erkin kishilarga va qullarga bo‘lingan edi. Franklardagi singari, angl-sakslarda ham aholining asosiy ommasi, angl-sakslar "haqiqatlari"da ishlatilgan ibora bilan aytganda, kyorllardan - erkin kishilardan iborat edi. Bular mustaqil xo‘jalik yurituvchi jamoachi dehqonlar bo‘lib, gayda deb atalgan katta-katta yer uchastkalariga ega edilar (ba’zi qirolliklarda har bir kyorl oilasiga tegishli chek yerning miqdori 120 akr, bizning hisobimizcha 50 gektarga to‘g‘ri kelardi).
Zodagon angl-sakslarning qullari ham bo‘lib, ularning bir qismi hovlida xizmat qilardi, bir qismi esa obrokchi qullar bo‘lib, dehqonchilik bilan shug‘ullanardi. Qullar jamiyatning eng quyi pog‘onasida turgan. Angl-sakslarda asirga olish, qullardan tug‘ilish va og‘ir jinoyatlar uchun qullikka sotish qullikning asosiy manbai edi. Qulni o‘ldirish qul egasining mulkiga yetkazilgan zarar sifatida ko‘rilgan va aybdorga faqat yetkazilgan zararni to‘lash majburiyati yuklatilgan xolos. Shuni ta’kidlash joizki, cherkov qullarga nisbatan o‘zboshimchalikni va shafqatsizlikni qoralardi. Xo‘jayinning buyrug‘i bilan yakshanba kuni ishlagan qul erkinlikka chiqarilardi.
VIII asrda Angliyada shaxsiy patronat tajribasi tarqala boshladi. Bunda har bir odam o‘ziga homiy (glaford) izlashi lozim edi va homiysining roziligisiz undan ketish huquqiga ega emasdi. VII-IX asrlarga oid manbaalarda drujinnik-tanlar alohida tilga olinadi. Drujinnik-tanlar qatoriga angl-saks zodagonlari , kyorllar ham kirib, ular qirol foydasiga harbiy xizmat o‘tashlari lozim edi. Bu toifaga kirishning yagona mezoni ma’lum miqdordagi (5 gayd) yer uchastkasiga egalik qilish bo‘lgan.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling