Mavzu: moldova davlati. Reja: - Moldovaning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti.
- Moldova davlarining rivojlanish tarixi va davlat tuzumi.
- Moldova davlatining aholisi.
- Moldova davlatining iqtisodi va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Hasanov Muhammad
Moldova (rumincha: Moldova), Moldova Respublikasi (rumincha: Republica Moldova) – Yevropaning janubi-sharqiy qismidagi davlat. Ukraina va Ruminiya bilan chegaradosh. Maydoni 33 846 km2. Aholisi 3,557,600 kishi (2014). Jahonda aholisi boʻyicha 118 oʻrinni va hududi boʻyicha 135-oʻrinni egallaydi. Moldova (rumincha: Moldova), Moldova Respublikasi (rumincha: Republica Moldova) – Yevropaning janubi-sharqiy qismidagi davlat. Ukraina va Ruminiya bilan chegaradosh. Maydoni 33 846 km2. Aholisi 3,557,600 kishi (2014). Jahonda aholisi boʻyicha 118 oʻrinni va hududi boʻyicha 135-oʻrinni egallaydi. Poytaxti – Kishinyov shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 tuman, 21 shahar va 48 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tili – moldavancha Moldova konstitutsiyasiga koʻra; konstitutsiyaviy sudining qaroriga binoan – rumincha. Moldova Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik, dare vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 m. Dnestrning oʻng sohilini Dnestr boʻyi qirlari (balandligi 250–300 m, eng baland joyi 347 m) egallagan. Shimoliy Moldova tekisligi (250–300 m), Janubiy Moldova tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha qumi, shagʻal, shuningdek, neft va gaz konlari topilgan. - Moldova Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik, dare vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 m. Dnestrning oʻng sohilini Dnestr boʻyi qirlari (balandligi 250–300 m, eng baland joyi 347 m) egallagan. Shimoliy Moldova tekisligi (250–300 m), Janubiy Moldova tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha qumi, shagʻal, shuningdek, neft va gaz konlari topilgan.
- Iqlimi – moʻʼtadil kontinental. Qishi qisqa, iliq, qor kam yogʻadi, yozi uzoq va iliq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi – shimolida 19,5° va janubida 22°; eng yuqori temperatura 41°; yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida – 5° va janubida – 3°; eng past temperatura –36°. Yiliga shimolida 560 mm, janubi-gʻarbda 370 mm, qirlarda 500–560 mm, tekisliklarda 400–450 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Qora dengizga quyiladi. Eng katta daryolari – Dnestr (irmoklari – Reut, Bik, Botna), Prut (irmoklari – Chugur, Kamenka, Larga, Lapushna, Sarata). Tuproqlari – asosan, qoratuproq (75%), qoʻngʻir va kulrang oʻrmon tuprogʻi (10%); dare qayirlarida – allyuvialoʻtloqi tuproqlar. Hududining aksariyati dasht va oʻrmon dasht mintaqasida joylashgan boʻlib, koʻp qismi haydalib, ekin ekiladi. Mamlakat maydonining 9% ni egallagan oʻrmonlarda dub, shumtol, grab, qora qayin, joʻka oʻsadi. Chalov, betaga kabi dasht oʻsimliklari kamayib ketgan. Hayvonlardan oʻrmonda yelik, toʻngʻiz, boʻri, tulki, boʻrsiq, olmaxon, oqsichqon yashaydi. Qushlarning 260 ga yaqin turi (soʻfitoʻrgʻay, mayna, qorashaqshaq, qarchigʻay, boyqush, bedana va boshqalar) uchraydi. "Kodru", "Gredina Turchaske", "Yagorlik", "Playul Faguluy", "Prudil de Jos" kabi qoʻriqxonalar tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |