9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad
Download 140 Kb.
|
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida
Xlodvigning hukmronligi. Sali franklarining Merovinglar sulolasiga mansub qiroli Xlodvigning podsholik davri (481-511yillar) franklar hayotida ro‘y bergan katta-katta o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Xlodvig barcha frank qabilalarini birlashtirib, 486 yilda Galliyani istilo qiladi. Rimning bu viloyati hali varvarlar tomonidan zabt etilmagan bo‘lib, Rim imperiyasi qulagandan keyin Shimoliy Galliyaning amalda qiroli bo‘lib qolgan Siagriy degan rimlik mahalliy zodagon tomonidan idora qilinardi, bu viloyatning markazi Parij edi. Siagriy franklar hujumiga jiddiy bir qarshilik ko‘rsata olmadi. Suasson shahriga yaqin joyda shiddatli jang bo‘ldi va unda Rim qo‘shinlari franklar tomonidan tor-mor etildi.
Xlodvig hukmronligi davrida franklar hududi uch barobar kengaygan. Bularning barchasini franklar rioya qilishi mumkin bo‘lgan yagona qonun bilan mustahkamlash zarur edi. Xlodvig o‘z davlatining birinchi sud-huquq normalari to‘plamini tuzib chiqqan. U “Sali haqiqati” deb atalib, sodir etilgan jinoyatlar uchun sud ta’qibini nazarda tutgan. Jinoyat va jazo “Sali haqiqati”ning asosiy g‘oyasi bo‘lgan. Jinoyatchi “ilohiy sud” bo‘yicha sinovdan o‘tgan. Masalan, buning uchun u qo‘lini qaynoq suv solingan qozonga solib bir muncha vaqt turishi kerak bo‘lgan. So‘ngra uning qo‘llarini bog‘labqo‘yib bir haftadan keyin yechishgan. Agarda qo‘li tuzalib ketsa u oqlangan hisoblangan, bordiyu tuzalmasa u jazoga tortilishi muqarrar bo‘lgan. “Sali haqiqati”da aytilishicha, “Agar kimda kim erkin kishini yurishda o‘ldirsa va marhum qirol hukumatida bo‘lgan bo‘lsa, qotillikda ayblangan shaxs 1800 solid jarima to‘lashga hukm qilingan. Bordiyu jinoyatchi jarima to‘lay olmasa, u holda uning mol-mulki musodara qilingan, u ham jarimani qoplay olmasa, jinoyatchi qatl etilgan”. Xlodvigning “Sali haqiqati”ni mohiyati ana shunday edi. U franklarda qirol hokimiyatini mustahkamlashda va frank davlatini shakllanishida muhim qadam bo‘lgan. Xlodvigning davlat birligini mustahkamlash yo‘lidagi boshqa bir muhim ishi 490 yilda xristianlikni qabul qilinishi bo‘lgan. Har bir davlat faqat ma’naviy birlik – umumiy madaniyat, umumiy g‘oyalar, umumiy ma’naviyat olami bilan kuchlidir. Xristianlik yakka hudolikka e’tiqod qilish bilan franklarni birlashtirgan ma’naviy qadriyatlarni yaratgan. Franklar yakdillik bilan o‘zlarining o‘ladigan xudolaridan voz kechib, o‘lmas Iso Masihga e’tiqod qiladigan bo‘lishdi. Ko‘hna Reyms shahrida franklarni cho‘qintirish marosimi o‘tkazilgan. Episkop Remigvay mahalliy cherkovda tantanali ravishda Xlodvigni cho‘qintirgan. Undan so‘ng uning uch ming jangchisi cho‘qintirilgan. Xlodvig endilikda cherkovning duosini olgan, uning barcha dushmanlari esa eretiklar (dahriylar), hudoning dushmanlari deb e’lon qilingan. Katolik cherkovi Xlodvigning ittifoqchisiga, Xlodvig esa uning sadoqatli “din himoyachisi”ga aylangan. Vizantiya imperatori Anastasiy Xlodvigni qirol deb tan olib, uning huzuriga o‘z elchilarini jo‘natgan. Imperator yorlig‘i franklar qiroli Xlodvigni Avgust unvoni bilan taqdirlagan. Xlodvig katta va muhim hududni - Sena va Luara daryolari havzasini zabt etib, franklarga mo‘l-ko‘l yerni taqsimlash imkoniga ega bo‘ldi. Daryolari juda ko‘p, yeri serhosil, dehqonchilik uchun qulay va qayinzor o‘rmonlarga boy bo‘lgan keng, lekin rimliklar vaqtida huvullab qolgan bu hududga ko‘plab franklar ko‘chib keldi. Xlodvig va uning drujinasi tomonidan, keyinroq esa oddiy franklar va ularning oila a’zolari tomonidan xristianlikning qabul qilinishi Franklar qirolligining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Galliya va Rimdagi e’tiborli mahalliy ruhoniylar Xlodvigni va boshqa Frank qirollarini zo‘r berib qo‘llab-quvvatladilar. Bu narsa franklarning Galliya janubidagi qolgan yerlarni - Vestgotiya va Burgundiyani bo‘ysundirishini ancha osonlashtirib, franklarning o‘z orasi-dan ham qirol hokimiyati ta’sirining ortishiga yordam berdi. Xlodvig qol-gan barcha sali va ripuar qirollarini sekin-asta yo‘q qil borib, juda katta yangi qirollikning yakkayu yagona hukmdori bo‘lib oldi, u (Reynning narigi tomonidagi yerlardan tashqari) Galliyaning to‘rtdan uch qismini o‘z ichiga olar edi. Xlodvigning o‘g‘il va nevaralari qirollikni tez-tez taqsimlab va qayta taqsimlab turishlariga, doimo o‘zaro urushlar olib borishlariga qaramay, qirollikning chegaralarini kengaytirishni davom ettirdilar. 534 yilda ular Burgundiyani zabt etdilar, 542 yilda vestgotlarning Galliyadagi oxirgi yerlari ham bosib olindi, Reynning narigi tomonida esa Alemaniya, Tyuringiya, Bavariya hamda saks qabilalarining ba’zilari franklarga bo‘ysundi. VI asrning ikkinchi yarmida Franklar qirolligi barcha varvar qirolliklari ichida eng katta qirollik edi. Ilgari Teodorix davrida ostgotlar qo‘lida bo‘lgan gegemonlik endi franklar qo‘liga o‘tdi. Merovinglar sulolasi deb nom chiqargan Xlodvig sulolasi o‘zaro urushlar natijasida zaiflashib bordi. Ayniqsa bu Xlodvigning nevara va evaralari o‘rtasidagi qirq yillik urushda juda bilinib qoldi. Qirol Dagoberg (629-639-yillar) mamlakatni qisqa vaqt birlashtirib turishiga qaramay, franklar monarxiyasi inqirozga yuz tuta boshladi. Qirol davlat yerlarini zodagonlarga in’om etilishi, o‘z askarlariga taqsimlayverishi natijasida uning hokimiyati kuchsizlanib, yer egalari - feodallarning hokimiyati kuchayib ketdi. Dagoberg o‘lganidan keyin shunday bir davr boshlandiki, 639-751 yillar o‘rtasidagi butun bir davrni o‘sha vaqtdagi kishilarning o‘zlari ham “yalqov qirollar” davri deb atagandilar. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling