9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Download 140 Kb.
bet5/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Franklar imperiyasi. Buyuk Karl davlati Yevropaning katta qismini egallaydi. Uning hududini G‘arbiy Rim imperiyasi bilan bemalol taqqoslasa bo‘lar edi. Lekin, Karlning hokimiyati so‘nggi Rim imperatorlarining hokimiyatidan ancha yuksak ekanligi shubhasiz edi. Ayni paytda, ag‘darilgan G‘arbiy Rim imperiyasi haqidagi xotiralar VIII asrda ham, rimliklar, G‘arbiy Yevropaning turli xalqlari va qabilalari xotirasida saqlanib qolgan edi. Tabiiyki, Karlning maslahatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlid qilib, imperator deb e’lon qilish g‘oyasi tug‘iladi. Bunday imkoniyat 800-yili Rim mahalliy zodagonlarining papa Lev IIIga qarshi isyon ko‘tarishi orqali vujudga keladi. Karl qo‘shin yuborib isyonni bostiradi.
Bu yordam evaziga Rim papasi 800-yilning dekabrida avliyo Pyotr ibodatxonasida Karlga imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa G‘arbda yangidan imperiya paydo bo‘ladi. Karlning muhrida: "Yangi Rim imperiyasi" so‘zlari zarb qilinadi. Aslida esa franklar imperiyasi faqat nomi bilangina Rim imperiyasini eslatardi.
Buyuk Karl franklar imperiyasining mutloq hukmdoriga aylanib, uning farmonlari yirik zodagonlar, yer egalarining yilda ikki marta chaqiriladigan yig‘inida qabul qilingan.
Buyuk Karlning doimiy poytaxti ham yo‘q edi. U o‘z amaldorlari bilan mamlakat bo‘ylab harakatlanib, turli shaharlardagi saroylarda to‘xtagan, mahalliy aholiga og‘irligi tushmasligi uchun uzoq vaqt o‘tmay yana boshqa shaharga yo‘l olgan.
Buyuk Karl davrida franklarda an’anaviy xalq lashkari o‘rnida otliq risarlar qo‘shini vujudga keladi. Risarlar (nemischa ritter - otliq) bo‘linmalarida — faqat boy zamindorlar, ya’ni jangovar ot va qurol-aslahalar sotib olishga imkoniyati bo‘lgan kishilar xizmat qilgan. Bir necha oila birgalashib, bitta risarni qo‘shinga jo‘natish hollari ham uchrab turgan. Hukmdorlar risarlarga: ot, qurol-aslahasini tartibda saqlashi, urushlar paytida oilasini ta’minlashi uchun yer-mulk in’om etgan. Bu yer-mulk — feod (nem. qo‘rg‘on, mulk) harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik merosiy mulkka aylangan. Feodning egasi feodal deb atalgan. Zamonlar o‘tib harbiy ish faqat feodallar mashg‘uloti bo‘lib qoladi. Yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodalga ma’lum qishloq yoki uning bir qismi taqdim etilishi ham mumkin edi.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling