9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Download 140 Kb.
bet7/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Franklar imperiyasining inqirozi. Yillar o‘tib mamlakatda graflar davlat amaldorlaridan — yirik yer egasi, o‘z viloyatining xo‘jayiniga aylana bordilar.
Graflikdagi erkin dehqonlar qaramlikka tushdi. Qirolning sud ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ham ularning hokimiyatini kuchaytirdi.
Buyuk Karlning vafotidan ko‘p o‘tmay, u tuzgan imperiyaning inqirozi boshlandi. Uning nabiralari davrida mamlakat parchalanib ketadi. 843-yili Verden shahrida Buyuk Karlning uchta nabirasi: Lotar, Lyudovik va Karl o‘zaro tuzilgan shartnomaga binoan Franklar imperiyasini uch qismga bo‘lib olishdi, vujudga kelgan qirolliklar o‘rnida esa, keyinchalik - Fransiya, Germaniya va Italiya kabi Yevropaning eng yirik davlatlari tashkil topadi.
Parchalangan Franklar imperiyasining o‘rnida tashkil topgan qirolliklarning har biri gersoglik va grafliklarga, ular esa yirik va o‘rta feodal mulklariga bo‘lingan. Shu tariqa Yevropada feodal tarqoqlik davri boshlangan.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. “Sali haqiqati” franklar hayotida qanday o‘rin tutgan?

  2. Meroving sulolasining zaiflashuviga qanday omillar sabab bo‘ldi?

  3. Buyuk Karl saks qabilasiga nisbatan qanday siyosat olib borgan?

  4. Karolinglar sulolasi davrida yerga egalik qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

  5. Franklar imperiyasining parchalanishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?



4-§. Ilk o‘rta asrlarda Britaniya orollari


Maqsad: German qabilalaridan - angllar, sakslar, yutlarning Britaniya oroliga kirib kelishi, ular tomonidan yangi davlatga asos solinishi, angl-sakslarning ijtimoiy hayoti haqida ma’lumot berish.
Tayanch iboralar: angllar, sakslar, yutlar, Rim legionlari, Uesseks, Sesseks, Esseks, Etelstan, vassal, glaford, senorlik


Britaniya orollarida angl-sakslar qirolliklarining tashkil topishi. Angliya feodal davlatining tashkil topishi Britaniya orollariga german va skandinav qabilalarning ko‘p sonli bosqinchilik yurishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Ma’lumki, Rim legionlari Britaniyadan V asrning boshlaridayoq chiqib ketgan edi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, bir qancha mayda qirolliklarga bo‘lingan "britaniya mustaqilligi" barham topdi. V asrning o‘rtalaridan boshlab (449 yil atrofida) bu orolga turli xil shimoli-g‘arbiy german qabilalari - angllar, sakslar, yutlar bostirib kira boshlaydi. Bu istilo qariyb bir asrga -VI asrning ikkinchi yarmigacha cho‘zilib, orol asta-sekinlik bilan istilo qilinib borildi. Angl-sakslar istilosi natijasida ilgarigi Britaniya hududida o‘ndan ortiq mayda varvar qirolliklari vujudga keldi. Bu varvar qirolliklari chekka Uels, Kornuel va Shotlandiyadan tashqari, orolning butun hududini egallab oldi. VII asrga kelib angl-sakslar xrestianlikni qabul qilib, o‘zlarining bir qadar yirikroq yettita (geptarxiya deb ataladigan) qirolliklarini barpo etdilar. Bular: janubda sakslarning uchta qirolligi – Uesseks, Sesseks, Esseks (g‘arbiy, janubiy va sharqiy saks) qirolliklari, markazda va shimoli-sharqda asosan angllarning uchta - Mersiya, Nortumbriya va Sharqiy Angliya qirolliklari hamda chekka janubi-g‘arbda yutlarning Kent qirolligi edi.
827 yilda Uesseks qiroli Ekbert (802-839 yillar) bu qirolliklarni o‘z hukmronligi ostida birlashtirib, yagona angl-sakslar qirolligiga asos soladi. X asrdan boshlab bu yagona davlat Angliya deb atala boshlaydi. XI asrning boshida ingliz taxti daniyaliklar tomonidan egallab olinadi. Daniyaliklar Angliyani Eduard Xudojo’y (1042-1066 yillar) tomonidan angl-sakslar sulolasi qayta tiklangunga qadar boshqardilar. 1066 yilda Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm istilo qilib, shu tariqa Fotix (istilochi) nomi bilan Angliya qiroli bo‘lib oladi. Bunda unga, bir tomo-ndan, Rim papasi xayrixohlik qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fransuz qi-roli bevosita ko‘p sonli harbiy qo‘shinlari bilan yordam bergan edi. Nor-mandlar hokimiyati kuchayib, markazlashgan davlat barpo qilishga asos solingan.O‘rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: 1) angl-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX-XI asrlar); 2) markazlashgan senorlik monarxiyasi va qirol hokimiyatini cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri; 3) tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII asrning ikkinchi yarmi -XV asr); 4) absolyut monarxiya davri (XV asrning oxiri - XVII asrning o‘rtasi).

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling