9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Download 140 Kb.
bet15/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Yustinian I ning imperatorlik davri. Vizantiyada kuchli imperator hokimiyati mavjud edi. Imperator (yunoncha "vasilevs") o‘z qo‘lida butun qonunchilik va boshqaruv hokimiyatini birlashtirgan edi. U mamlakatni ko‘p sonli amaldorlar yordamida idora qilardi. Imperatorning boy hazinasi dehqonlar va hunarmandlardan olinadigan soliqlar, savdodan tushadigan boj hisobiga to‘lib borardi. Natijada, davlat kuchli qo‘shin va dengiz flotini saqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kuchlik qo‘shinning mavjudligi esa, Vizantiyaga ko‘chmanchi qabilalardan faqat o‘zining davlat chegaralarini himoya qilib qolmasdan, balki chet davlatlarga qarshi istilochilik urushlari olib borishga ham imkon berardi.
Vizantiyada Yustinianning imperatorlik qilgan yillari (527-565 yillar) alohida ajralib turardi. Yustinian Rim quldorlik imperiyasining avvalgi chegaralarini tiklashga va mustahkamlashga harakat qildi. Yustinian qatiyatli va qattiqqo‘l imperator bo‘lgan. U qulchilikni mustaxkamlab, imperiyaning avvalgi chegara hududlarini tiklashga harakat qilgan.
Uning ichki siyosatidagi asosiy maksadi, yer-mulklar va quldorlarning hunarmandchilik ustaxonalarini arzon ishchi kuchi bilan ta’minlab, hazinani to‘xtovsiz oqib keladigan daromad bilan to‘ldirib turish edi. Yustinian chiqargan konunlarga binoan, kolonlarni, ularning qachon qochib ketganligidan qatiy nazar, o‘z yerlariga qaytarish, yerga kolonlarning va erkin ijarachilarning farzandlarini ham biriktirib qo‘yish tartibi belgilanadi.
Yustinian davrida e’lon kilingan Rim qonunlari “Fuqarolik qonunlari to‘plami” (“Yustinian qonunlari”)dan tashqari, oldingi Rim imperatorlarining qonunlar to‘plami, qadimgi rimning mashhur huquqshunoslari to‘plami “degestlar” va boshqalar Vizantiyada qulchilikni mustahkamlashga qaratilgan edi.
O‘tgan davrdagi o‘zgarishlarga qaramasdan, ushbu qonunlarga ko‘ra, imperiyaning barcha aholisi avvalgidek qullar va ozod fuqarolarga bo‘lingan. Qulga antik davrdagi kabi “buyum” sifatida qaralgan va uning o‘z mulkiga ega bo‘lishi ta’qiqlangan.
Umuman olganda, Yustinianning qonunlar to‘plamida, bir tomondan quldorlik tuzumining alomatlari va ikkinchi tomondan, vujudga kelayotgan feodal munosabatlarning alomatlari aks etgandi.
Yustinianning ham ichki siyosatda, ham tashqi siyosatda mo‘ljalagan ulkan rejalari katta mablag‘larni talab kilar edi. Natijada, erkin dehqonlarni ham, qullarni ham ekspluatatsiya qilish kuchaygan, ko‘plab yangi soliqlar ham joriy etilgan. V asrga qiyoslaganda Vizantiyada shaharliklar hayoti ancha og‘irlashadi. Muhim oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bo‘yicha davlat monopoliyasi o‘rnatiladi.
Yustinian davrida monastir-cherkovlarga katta imtiyozlar va boyliklar berilgan edi. Mamlakatdagi ekinzorlarning o‘n foizi cherkov qo‘lida to‘plangan edi. Daxriylar va ma’jusiylar quvg‘in qilinardilar. Monastir-cherkovlarning ruhoniylari Yustinian hokimiyatini mustahkamlashga katta hissa qo‘shishardi.
Yustinian ko‘p talofatlar ko‘rishi mumkinligiga qaramay, Rim imperiyasini qayta tiklash uchun istilochilik urushlarini boshlaydi. Sobiq g‘arbiy Rim imperiyasi hududlarida yaqindagina vujudga kelgan varvar qirolliklarining tarqoq va kuchsizligidan foydalanib, Yustinian ko‘zlagan bosqinchilik rejalarini bir muncha amalga oshira oldi. Uning sarkardalari Velizariy va Narses boshchiligidagi Vizantiya qo‘shini 534-yilda Shimoliy Afrikadagi Vandallar qirolligini, 555-yilda esa Italiyadagi Ostgotlar qirolligini va Ispaniyaning janubiy-sharqiy qismini, Sardiniya va Korsika orollarini egalladilar.
Bosib olingan hududlarda qulchilikni tiklashga kirishiladi. Qullar va kolonlar oldingi xo‘jayinlariga qaytarila boshlanadi. Varvarlar istilolari paytida g‘arbdan Vizantiyaga kochib kelgan yirik mulkdorlar avlodlari va amaldorlar oqimi yana Italiyaga qayta boshlashadi. Istilo qilingan hududlar aholisi gardaniga sharqiy Rim soliqlari yuklanadi.
Yustinian dastlabki paytlarda hz maqsadlariga erishganday ko‘rinadi. O‘rta yer dengizi sohillari yana imperiyaga buysundiriladi. Mamlakatda ichki savdo jonlanib, ipak va undan gilamlar tukish yo‘lga qo‘yiladi. Konstantinopolda hashamatli me’moriy inshootlar qurilishi boshlanadi. 532-537-yillari “me’morchilik san’ati mo‘jizasi” hisoblangan aya Sofiya ibodatxonasi bunyod etiladi. Imperatorning xalq huzuriga chiqishi tobora tantanali marosimga aylana boshlaydi. Lekin, bu yutuqlarning barchasi zamirida oddiy xalqning azoblari, qashshoqlashuvi yotardi
Quldorlarning eski tartiblarni tiklashga urinishi, soliklarning o‘sishi, amaldorlarning tazyiqlari ezilgan xalq qarshiligiga uchraydi. Poytaxt Konstantinopolda 532 yilning yanvarida xalq qo‘zg‘oloni boshlanib, uning ishtirokchilarining hayqirig‘i “Nika” (yunoncha “g‘alaba qozon”) qo‘zg‘olon nomiga aylanadi. Qo‘zg‘olonchilar yig‘ilgan otchopar (ippodrom) ga Yustinian kelganida isyonchilar tosh ota boshlaydilar. Shahar yongin ichida qoladi. Qamalga olingan saroyda oziq - ovqat va suv tugaydi. Yustinian poytaxtdan qochish taraddudiga ham tushib qoladi. Qo‘zg‘olon besh kun davom etadi, oxiri qo‘zg‘olon yo‘lboshchilari poraga sotib olinadi.Natijada, qo‘zg‘olonchilar qo‘lidagi ippodromga yashirincha askarlar olib kiriladi. Sarkarda Velizariy boshchiligidagi askarlar qo‘zg‘olonchilarga hujum qilib, vaziyatni o‘z qo‘llariga oladilar. Qo‘zg‘olon bostirilishi davomida 30 ming kishi halok bo‘ladi.
Imperator Yustinian faqat ichki siyosatda emas, balki, tashqi siyosatda ham inqirozga uchray boshlaydi. Forslar sharq davlatlarga boradigan savdo yo‘llarini kesib qo‘yishi natijasida, Vizantiyaning tashqi savdodan keladigan daromadlari keskin kamayadi. Natijada, imperator qo‘shinni to‘rt baravar qisqartirishga majbur bo‘ladi.
Barcha kuchlarni g‘arbga tashlagan Yustinian mamlakat sharqidagi va Bolqondagi chegaralarni zaiflashtiradi. Vaziyatdan foydalangan forslar Mesopotamiya va Suriyaga bostirib kiradilar. Ular sharq shaharlari gavhari hisoblangan Antioxiyani egallaydilar. Imperator forslar bilan uch marta tinchlik sulhi tuzib, har gal ularga katta tovon tulaydi.
Bolkondagi vaziyat ham og‘irlashib borardi. Yustinian qurdirgan uch qator qal’alar xalqasi ham varvarlar tazyiklarini to‘xtata olmaydi. Slavyan qabilalari va bulg‘orlar hujumlari to‘lqini Konstantinopol ostonalariga qadar yetib keladi.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling