9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad
Vizantiyadagi ijtimoiy, iqtisodiy holat
Download 140 Kb.
|
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida
Vizantiyadagi ijtimoiy, iqtisodiy holat. Erkin dehqonlar toifasi nisbatan ko‘p bo‘lgan Vizantiyada ekin yerlarining qadimdan sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lishi unda qulchilikning inqirozini birmuncha sekinlashtirdi.
G‘arbiy Rim imperiyasida shaharlar inqirozi kuchaygan bir paytda Vizantiyada VI asrda ham aholisi gavjum, savdo-sotiq rivojlangan Konstantinopol, Iskandariya, Antioxiya, Edessa, Bayrut kabi yirik shaharlar mavjud edi. Ularda oynasozlik, yung va ipak gazlamalar to‘qish, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish kabi hunarmandchilik sohalari yuksak darajada rivojlangandi. Vizantiyaning qulay quruqlik va dengiz savdosi yo‘llari ustida joylashganligi, Konstantinopol shahrining Osiyo va Yevropani bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini o‘tashi ham mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Vizantiya oltin solidi xalqaro valyuta vazifasini o‘tardi. Vizantiyalik savdogarlar sharqda Hindiston va Xitoy, janubda Aksum (Habashiston) va Arabiston yarim oroliga kirib borgan, Eron va So‘g‘diyona bilan qizg‘in savdo munosabatlari o‘rnatgan edilar. Vizantiya o‘rta asrlar jamiyati rivojlanishining o‘ziga xos hususiyatlari uning daslabki bosqichidayoq ko‘zga yaqqol tashlanadi. Quldorchilik tartiblarining yemirilish jarayoni Vizantiyada juda sekinlik bilan yuz bergan. Tovar-pul munosabatlarining nisbatan yuqori darajada rivojlanganligi, ko‘pdan-ko‘p Vizantiya shaharlari (Antioxiya, Iskandariya, Damashq, Konstantinopol va boshqalar)ning kuchli iqtisodiy va siyosiy mavqelarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi Vizantiyaning siyosiy yaxlitligiga ta’sir etib, quldorchilik tuzumining yemirilishiga ancha vaqt to‘sqinlik qilib turgan. IV-VII asrlarda Vizantiyaning hukmron tabaqasini jamiyatda turlicha iqtisodiy va ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan eski senatorlar, zadagonlar tashkil qilar edi. Ularning hukmronlik asosini yerga nisbatan yirik xususiy egalik tashkil qilar edi. Ular bilan bir qatorda imperiyaning yirik shaharlari, ayniqsa, poytaxt Konstantinopolning munisipial yuqori tabaqasi Vizantiya jamiyatining ijtimoiy hayotida ancha yuqori o‘ringa ega edi. Ijtimoiy tabaqaning eng quyi qismini qullar tashkil qilar edi. Ularning huquqiy holati, kechki rim huquqi normalari bilan belgilanib, boshqa ozod aholining huquqiy holatidan keskin farq qilar edi. Vizantiya aholisining asosini erkin dehqonlar tashkil qilar edi. IV-VI asrlarda erkin dehqonlarning saqlanib qolganligi Vizantiya ijtimoiy tuzumining asosiy xususiyatlaridan biri edi. Erkin dehqonlar qo‘shnichilik jamoalarida yashar edilar va yerga nisbatan xususiy mulk huquqiga ega edilar. Ular faqat bevosita Vizantiya davlati tomonidan ekspluatatsiya qilinar edi: soliqlar to‘lar edilar, turli xil og‘ir mulkiy va shaxsiy majburiyatlarni bajarar edilar. Bu davrda Vizantiya davlatida kechki rim imperiyasi davridan meros bo‘lib qolgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning o‘ziga xos shakli - kolonat keng rivojlangan edi. Vizantiya qonunlariga asosan kolonlar ikki guruhga: erkin va yerga “yozib qo‘yganlar”ga bo‘lingan edi. Erkin kolonlar yirik yer egalaridan yerni ijaraga olib ishlashga majbur bo‘lib, shu tariqa yer egalariga iqtisodiy jihatdan qaram holatda edilar. Ayniqsa, «yozib qo‘yilgan» kolonlarning ahvoli og‘ir edi. Ular yerga mustahkam bog‘langan edilar. Erkin va «yozib qo‘yilgan» kolonlar ham o‘z xo‘jayinlariga, ham davlat foydasiga majburiyatlar o‘tardilar. Bu ikkala guruhning holati VI asrga kelib keskin yomonlashadi. Vizantiyaning ijtimoiy tuzumi VI asr oxiri - VII asr birinchi yarmida keskin siyosiy va ijtimoiy inqiroz natijasida ancha o‘zgardi. Arablarning bosqini, varvarlarning bostirib kirishlari va imperiya hududida ommaviy o‘troqlashib qolishlari, shaharlarning vayron etilishi Vizantiyada quldorlik tuzumining yemirilishini va feodal munosabatlarning paydo bo‘lishini tezlashtirdi. Bo‘lib o‘tgan urushlarda va ijtimoiy to‘qnashuvlarda Vizantiyaning ko‘pgina hukmron tabaqalari vakillari qirilib ketdi. Shu bilan birga davlat mulkchiligi shaklining, jamoa yer egaligining saqlanib qolganligi va yerga nisbatan cheklanmagan xususiy mulkchilikning keng tarqalganligi Vizantiyada yangi feodal munosabatlarning taraqqiy etishiga jiddiy to‘sqinlik qilar edi. VI asrning oxiri va VII asrning birinchi yarmi o‘rtasida Vizantiyada ijtimoiy ziddiyatlar ayniqsa avj oldi. Bu vaqtda Vizantiyadagi quldorlik tuzumining yemirilayotganligi ochiq ko‘rinib turardi, qishloq xo‘jaligida, hunarmandchilikda erkin mehnat qul mehnatini tobora siqib chiqarayotgan edi. Shunday bo‘lsa ham qulchilik tamoman tugatilmagan edi. Mavjud bo‘lgan ijtimoiy ziddiyatlar xalq noroziliga sabab bo‘lib, ko‘plab qo‘zg‘olonlarni keltirib chiqargan. Shahar kambag‘allari, qullar, kolonlar va jamoachi-dehqonlarning turli xalq harakatlari, ayniqsa, Yustinian imperatorligining so‘nggi yillarida tez-tez ko‘tarilib, VI asr oxirlari va VII asrning birinchi yarmida bu harakat yanada kuchayadi. Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling