9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 140 Kb.
bet12/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Angl-sakslar qanday sharoitda Britaniya oroliga kirib kelishgan?

  2. "Daniyaliklar puli" deb nomlangan soliq nima uchun yig‘ilgan?

  3. Buyuk Alfredning Angliya tarixidagi o‘rni qanday bo‘lgan?

  4. Ilk o‘rta asrlarda Angliyada davlat boshqaruvi qanday organlarga bo‘lingan?



5-§. VI-XI asrlarda Vizantiya imperiyasi


Maqsad: Vizantiya davlatining vujudga kelishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, davlat boshqaruv tizimi, Vizantiyaning istilochilik siyosati haqida ma’lumot berish.


Tayanch iboralar: Megar koloniyasi, Konstantinopol, Antiaxiya, Edessa, Yustinian, Muqaddas Sofiya, “Dehqonchilik qonuni”


Vizantiya davlatini tashkil topishi. Vizantiya davlati IV asrning oxiri (395-yil)da Rim imperiyasidan uning sharqiy qismining ajralib chiqishi natijasida tashkil topdi va ming yildan ortiq, ya’ni 1453 yilda uning poytaxti - Konstantinopol turklar tomonidan bosib olungunga qadar yashadi.
G‘arbiy Rim imperiyasi German qabilalari tomonidan istilo qilingandan keyin ham Rim imperiyasining Sharqiy qismi yana uzoq vaqt hukm surdi. U, hatto, o‘zini rasmiy suratda Rim (Romeya) imperiyasi deb atayverdi. «Rim imperiyasi» degan nom bora-bora yo‘qolib, «Vizantiya imperiyasi» degan nom bilan yuritila boshladi (imperiyaning poytaxti qadimgi vaqtda Vizantiya deb atalgan bo‘lib, 330 yilda Konstantin Buyuk unga Konstantinopol deb nom bergan edi). Ba’zi olimlar shu yilni Vizantiya imperiyasiga asos solingan yil deb hisoblaydilar. Lekin tarixchilarning ko‘pchiligi Vizantiya imperiyasi 395 yilda, ya’ni Feodosiy I vafot etgach, imperiya uning o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlanib, sharqiy yarmi Konstantinopol shahri bilan birga Arkadiyga o‘tgan vaqtda tuzilgan deb hisoblaydilar.
Vizantiya davlatining rivojlanishini quyidagi uch bosqichga bo‘lish mumkin:
Birinchi bosqich (IV asr oxiri - VII asrning o‘rtasi), quldorchilik tuzumining yemirilishi va uning o‘rnida ilk feodal munosabatlarga asoslangan Vizantiya jamiyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda davlat markazlashgan monarxiya shaklida bo‘lib, unda harbiy-byurokratik apparat taraqqiy etgan edi, lekin imperator hokimiyati biroz cheklanardi.
Ikkinchi bosqich (VII asr oxiri - XII asr oxiri), feodal tartiblarning shakllanishi davri bo‘lgan. Bu davrda davlat o‘ziga xos cheklanmagan monarxiya shaklida bo‘lib, imperator hokimiyati o‘zining eng yuqori darajasiga erishdi.
Uchinchi bosqich (XIII-XV asrlar), bu davrda jamiyatning feodallashish jarayonining kuchayishi natijasida Vizantiyada siyosiy inqiroz chuqurlashdi, turklarning harbiy agressiyasi kuchaydi. Bu bosqich Vizantiya davlatining birdaniga zaiflashuvi va XIII-XIV asrlarda amalda tushkunlikka yuz tutishi va oqibatda XV asrda qulashi bilan tavsiflanadi.
Vizantiya (Sharqiy Rim imperiyasi) o‘z tarixini mustaqil davlat sifatida Rim imperiyasining G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linishidan boshladi. Sharqiy Rim imperiyasiga hunarmandchilik va savdosi yaxshi rivojlangan boy shaharlar, viloyatlar, o‘lkalar: Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Egey dengizidagi ko‘pdan-ko‘p orollar, Suriya, Misr, Mesopotamiyaning bir qismi, Kipr va Krit orollari, Qrimning janubiy qirg‘oqlari kirardi. Rim imperatori Buyuk Konstantin zamonidayoq (306-337 yillar) ilgari Megar koloniyasi bo‘lgan Vizantiy o‘rnida yangi davlatning bo‘lajak poytaxti Konstantinopol shahriga asos solindi.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling