Aqsh dollor
Download 0.81 Mb.
|
AQSH dollori
- Bu sahifa navigatsiya:
- * Chop etilgan pullarning 30-50 foizi AQSh hududidan tashqariga chiqib ketadi.
AQSH dolloriDollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-yil 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966-yil fevralda Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D.= 1,97 Avstraliya D.; 3) Kanada pul birligi. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama, Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya, Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul birliklari ham Dollor. deb ataladi.Eng ko‘p tarqalgan banknota bu - 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli 45 foizini 1 dollarliklar tashkil qiladi. Dollarlar nashr qilinadigan qog‘oz tarkibi 25 foiz zig‘ir va 75 foiz paxtadan iborat. Zamonaviy kupyuralar 4 mingdan ziyod bukilishlarga chidamli hisoblanadi.Valyutadagi tasvirlar,$belgisi tarixi haqida Dunyodagi eng mashhur valutaning yaratuvchisi nomi Oliver Pollokdir. U inqilob yillarida buxgalteriya daftariga daromad belgisini ko‘rsatish uchun dollar belgisidan foydalangan. Uzun inglizcha ibora «Piece of Eight», ya'ni 1/8 (nimchorak) qog‘ozda o‘chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo‘lgan dollar belgisi ($) paydo bo‘lgan. XIX asr oxirlariga qadar AQSh rasmiy valutasida prezidentlarning portretlari tasvirlanmagan. Birinchi dollarlarda yunon va rim mifologiyasi belgilari va mahalliy amerikaliklar ishtirokidagi suratlar bo‘lgan. Hozirda dollarni 1929 yildagi standartlar bo‘yicha zarb qilishadi. Dunyodagi eng mashhur kupyuralarning ustki ko‘rinishi 1929 yilda tasdiqlangan. O‘sha vaqtda kupyuraning old qismida portret, orqa qismida tarixiy obidalar, arxitektura va tabiat tasvirlanadi, deb ta'sis etilgan.Dollor haqida faktlar * Dollar jargonda «baks» deb ham ataladi. Bu so‘z bug‘uning terisi nomidan kelib chiqqan bo‘lib, ingliz tilida bug‘u erkagining nomi - buck. U bir paytlar hindular bilan savdo qilishning asosiy quroli bo‘lgan.* Dollar muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab AQSh hukumati uning qiymatini oltin bilan bog‘lagan. 1792 yilda oltinning bir untsiyasi 19,3$ deb belgilangan. 1834 yilda AQShning oltin zaxirasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli untsiya bahosi 20,67$ga ko‘tarilgan. Bu qiymat asrlar davomida o‘zgarib borsa-da, dollarning oltin bilan baholanishi va bog‘liqligi saqlanib qolavergan.* Kuniga 35 mln. banknota ishlab chiqiladi. Shiqirlab turadigan AQSh dollarlari kuniga muomalaga kiritiladi. Agar nominallar bo‘yicha hisoblansa, Qo‘shma Shtatlarda kuniga 635 mln. dollar atrofida chiqariladi. Biroq, xuddi shu miqdordagi banknotalar har kuni qo‘llashga yaroqsiz holga kelgani uchun muomaladan chiqariladi ham.* Dollarlar juda chidamlidir. Zamonaviy kupyuralar 4 mingdan ziyod bukilishlarga chidaydi. AQSh Federal Zaxira Tizimi ma'lumotlariga ko‘ra, 1 dollarlik — 22 oyda, 5$ — 24 oyda, o‘ntalik — 18 oyda, 20$ — 25 oyda, 50$ lik — 55 oyda yangisiga almashtiriladi. Yuztalik eng ko‘p «yashaydi», u 60 oy (5 yil) aylanib yuradi* Biz bilgan va ko‘rgan 1, 5, 10, 20, 50, 100 dollarliklardan tashqari 2, 500, 1.000, 5.000, 10.000, 100.000 dollarliklar ham bor. 2 dollarlik juda kam nusxada chiqarilgan bo‘lsa, katta qiymatdagi pullar faqat banklararo to‘lovlarda ishlatilgan. To‘lovlarning elektron tizimi (pul ko‘chirish) yo‘lga qo‘yilgach, bu pullar muomaladan olingan. Lekin bu banknotlar hali hanuz kimlarningdir qo‘lida bor va ularning numizmatik qiymati nominal qiymatidan bir necha barobar ortiq.* Chop etilgan pullarning 30-50 foizi AQSh hududidan tashqariga chiqib ketadi.Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling