Buxoro Davlat unverstiteti Tarix va yuridik fakulteti 5/5tar 21 guruh talabasi Barotova Gulasalning Jahon Sivilizatsiya fanidan Mustaqil ishi


Download 233.6 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi233.6 Kb.
#1002746
  1   2   3
Bog'liq
Buxoro Davlat unverstiteti Tarix va yuridik fakulteti 5

Buxoro Davlat unverstiteti Tarix va yuridik fakulteti 5/5tar 21 guruh talabasi Barotova Gulasalning Jahon Sivilizatsiya fanidan Mustaqil ishi

Mavzu:Qadimgi Liberiya va Kolxida davlatlari

  • Reja
  • 1 Liberiyaning xo’jaligi va sanoati

    2 Liberiyaning aholisi va davlat tuzumi

    3 Liberiyaning tarixi

    4 Qadimgi Liberiya va Kolxida davlatlar tarixi

Liberiya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 17%, shu jumladan, konchilik sanoatining ulushi 10%. Xoʻjalikning yetakchi tarmogʻi — tabiiy kauchuk ishlab chiqarish va temir ruda qazib olish (Afrikada 1-oʻrinda). Liberiya xududining 35% ishlanadi, 2% yaylov, 33% oʻrmon. Dehqonchilikda maniok, batat, sholi ekiladi. Moyli palma, kakao, tropik mevalar, shakarqamish ham yetishtiriladi. Yovvoyi kofe mevasi teriladi. Sino daryosi vodiysida bananzorlar bor. Chorvachilik sust rivojlangan. Savannalarda kammahsul qoramol, baʼzi oʻrmonli joylarda va sohillarda qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. Dengizda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho turdagi daraxtlar yogʻochi tayyorlanadi.

Liberiyada konchilik sanoati birmuncha rivojlangan. Bomi-Xilsdan, Nimba togʻi etaklaridan, Mano daryosi vodiysidan temir rudasi temir yoʻl orqali portlarga keltiriladi. Loffa daryosi havzasida olmos, qis-man oltin qazib olinadi. Ishlab chiqaruvchi sanoati neftni qayta ishlash, sement va yogʻoch tilish, palma moyi, alkogolsiz ichimliklar korxonalari, kiyim-kechak, poyabzal fabrikalaridan iborat. Yiliga oʻrtacha 450 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Hunar-mandchilikda uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Transportning asosiy turi — avtomobil transporta. Transport yoʻli uz. — 560 km, avtomobil yoʻllari uz. — 8500 km. Dengiz savdo floti dunyodagi yirik savdo flotlaridandir. Liberiya jahon kema qatnovi tizimida alohida mavqega ega. Soliqning juda ozligidan foydalanib, bir qancha mamlakatlar kompaniyalarining kemalari Liberiya bayrogʻi ostida suzadi. Bundan Liberiya har yili 20 mln. dollargacha daromad oladi. Yirik portlari: Monroviya, Byukenen, Marshall, Harper. Robertsfild (Monroviyadan 60 km) va Monroviyada xalqaro aeroportlar bor. Liberiya chetga temir ruda, kauchuk, olmos, kofe va kakao, yogʻoch va taxta chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, toʻqimachilik va neft mahsulotlari, oziq-ovqat keltiradi. Tashqi savdoda AQSH, Niderlandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liberiya dollari.


Download 233.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling