Buxoro Davlat unverstiteti Tarix va yuridik fakulteti 5/5tar 21 guruh talabasi Barotova Gulasalning Jahon Sivilizatsiya fanidan Mustaqil ishi
Download 233,6 Kb.
|
Buxoro Davlat unverstiteti Tarix va yuridik fakulteti 5
Boshqa bir nazariyaga ko'ra, u kolxiancha "Imer" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "tog'ning narigi tomonidagi mamlakat" degan ma'noni anglatadi, ya'ni Liki tizmasibo'lingan Kolxida va Iberia bir-biridan; bu zamonaviy nomning kelib chiqishi ham.Urartuning halokatidan keyingi davrda sinfiy jamiyat vadavlatchilikning shakllanishi yana uchta Kavkazorti markazida yakuniga yetdi: Kolxida, Iberiya va Albaniya. Urartuning merosxo’ri bo’lgan Qadimgi Arman podsholigidagi singari bu yerda ham keyinchalik mahalliy va qadimgi Sharq madaniy an’analariga antik sivilizatsiya katta ta’sir ko’rsatdi.Shu tariqa Kavkazorti sivilizatsiyasini quyidagicha davrlashtirish mumkin: m.a. I ming yillikning ilk asrlarida bu yerda sinfiy jamiyat va davlatchilikning yagona markazi Urartu mavjud bo’lgan; so’ngra bu hududga Kavkazortining Qora dengizbo’yi qirg’oqlarida yuzaga kelgan qadimgi Kolxida; ellinistik davrda esa – bu regionning qolgan hududlari - Iberiya (hozirgi sharqiy Gruziya ) va Kavkaz Albaniyasi (hozirgi Ozarbayjonning shimoli va Dog’istonning bir qismi) ham qo’shilgan.Kavkazorti tarixida Kolxida alohida o’rin tutadi. Uning tarixi antik mualliflar, arxeologik tadqiqotlar natijalari tufayli yaxshi o’rganilgan. Kavkazortining boshqa davlatlaridan farqli ravishda Kolxida O’rtayer dengizi madaniyatlari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan va m.a. VI asrda yunon koloniyalashtirishining ob’ektiga aylangan. Qora dengizning sharqiy qirg’oqlarida vujudga kelgan yunon koloniyalarining iqtisodiy asosini vositachilik savdosi tashkil etgan. Kolxida davlatining yuzaga kelishida ilk temir davrida ishlab chiqarishning rivoj topishi muhim omil bo’ldi. Kolxida temir metallurgiyasining muhim markazlaridan biriga aylandi. Kolxidadagi ijtimoiy tabaqalanish dafn yodgorliklarida yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, m.a. V asrga oid ayol qabridan 1600 ta oltin buyum, shu jumladan ho’kiz va ohuni ovlayotgan sher tasvirlangan ajoyib tillaqosh topilgan. Yuksak darajada rivoj topgan hunarmandchilik va savdo Kolxidaning gullab-yashnashiga asos bo’ldi. Antik dunyoda Kolxida haqida argonavtlar sarguzashtiga sabab bo’lgan “oltin mo’yna” mamlakati sifatida ma’lum edi. Download 233,6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling