9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Download 140 Kb.
bet14/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Xo‘jaligi. O‘rta asrlarda Vizantiyaga ko‘plab slavyan xalqlari kirib kelib, bu yerda yashay boshlaganlar. Kelgindi slavyan dehqondarning ahvoli «Dehqonchilik qonuni»da juda yaxshi ta’riflangan. Bu manbaa VIII asrga oiddir, lekin unda VII asrdagi agrar munosabatlar ham aks etgan. Ushbu manbaa asosida Vizantiyada dehqonlar erkin aholi bo‘lib, ularning o‘z ekinzorlari, tokzorlari va bog‘lari bo‘lganligini bilib olish mumkin. Dehqonlar xo‘jaligida dehqonchilikdan tashqari, chorvachilik ham katta rol o‘ynagan. Har bir dehqonning yer uchastkasi - ekinzor, tokzor va bog‘dan iborat bo‘lib, uning o‘z xususiy mulki hisoblangan, lekin unda jamoa yer egaligining alomatlari ochiq ko‘rinib turardi. Uchastka «ulush», «qur’a» deb atalgan. Bu narsa yerlarning taqsimlanganligidan dalolat beradi.
“Dehqonchilik qonuni”da dastlabki taqsimlash noto‘g‘ri qilingan bo‘lsa, yerni qayta taqsimlash ham nazarda tutilgan. Qonunda dalalardan ekin yig‘ishtirib olingandan keyin yerlarning hammasi ochiq o‘tloqqa aylantirilib, unda butun qishloq chorvasining boqilishi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Egasi tashlab ketgan taqdirda yer jamoaga topshirilishi kerak edi. Qishloqning asosiy aholisi, ya’ni qo‘shnichilik jamoasining to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan dehqonlardan tashqari, «Dehqonchilik qonuni»da yana kambag‘al dehqonlar to‘g‘risida ham gapiriladi, kambag‘al dehqonlar qisman katta yer egalaridan, qisman esa jamoachi dehqonlarning o‘zidan yer uchastkalarini hosilning yarmisini berish sharti bilan (teng sherikka) ijaraga olardilar. Dehqonlarning yana bir turkumi tilga olinadi, ular katta yer egalariga maxsus ushr to‘lar edilar. Aftidan, bular ham ijarachi-dehqonlar bo‘lganlar-u, lekin ularning ahvoli yerni teng sheriklikka olgan dehqonlar ahvolidan yaxshiroq edi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, ularning ham bir vaqtlar o‘z yerlari bo‘lgan, biroq keyinchalik yirik yer egalariga qaram bo‘lib qolganlar. Nihoyat, «Dehqonchilik qonuni»da aytilishicha, yer egalarining yerlarida ishlash uchun yollangan batraklar, qishloq xo‘jalik ishchilari guruhi ham bo‘lgan.
Shunday qilib, “Dehqonchilik qonuni” jamoaning tabaqalarga ajrala boshlaganligidan, jamoa a’zolarining o‘z yonidagi katta dunyoviy yer egalari yoki cherkov-monastir yer egalariga qaram bo‘la boshlaganligidan ham dalolat beradi. Slavyanlar imperiyani eng muhtoj narsasiga - juda ko‘p erkin dehqonlarga ega qildilar. Vizantiyada tushkunlikka yuz tutgan va umri tugab qolgan quldorlik tuzumi o‘rniga, erkin dehqonlar zaminida yangi feodal munosabatlar rivojlana olardi.
Son jihatidan ko‘paygan, iqtisodiy jihatdan mustahkamlangan, jamoalarga uyushgan Vizantiya dehqonlari VIII-IX asrlarda ishlab chiqarish kuchlarini muvaffaqiyatli rivojlantirdi, mamlakatni g‘alla bilan, dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, tokchilik mahsulotlari bilan to‘la ta’minlab turdi. Shu bilan bir vaqtda hukumat dehqonlardan muntazam ravishda yer solig‘i olib turardi. Bu davlat moliyasini ancha tartibga soldi. Nihoyat, dehqonlar Vizantiyada barpo etilayotgan yangi qo‘shin uchun asosiy askar manbai bo‘lib xizmat qildi.
IX-XI asrlarda Vizantiyaning feodallashuv jarayoni tez avj olib bor-di. Bu vaqtda erkin dehqonlarning soni shu qadar tez kamayib bordiki, mamlakat mudofaa qobiliyatining pasayishidan, shuningdek, aholidan tushadigan soliq mablag‘larining kamayishidan qo‘rqib, imperatorlarning o‘zlari ham tashvishga tusha boshladilar.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling