9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Download 140 Kb.
bet16/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Vizantiyaning zaiflashuvi. Yustianning o‘limidan ko‘p o‘tmay imperiya g‘arbda istilo qilgan yerlarning deyarli barchasidan mahrum bo‘ldi. Istilochilik urushlarida o‘zining ichki zahiralarini sarflab bo‘lgan Vizantiya na bosib olingan va na o‘z hududlarini saklab qolishga qodir edi. Shimoliy va o‘rta Italiya langobardlar tomonidan olinganidan so‘ng, imperiya qo‘lida Ravenna shahri va uning atrofidagi hududlar, janubiy Italiya, Sisiliya qoladi. Vestgotlar Ispaniyadagi vizantiyaliklar yerlarini tortib oladilar. Forslar Armanistonni, Kichik Osiyoning bir qismi va Suriyani egallaydilar. Slavyanlar, avarlar Bolqon yarim orolini talon- taroj kiladilar. Slavyanlar forslar va avarlar bilan itgifokda 626 yili Konstantinopolni qamalga oladilar.
Vaqt o‘tishi bilan Vizantiya imperiyasi zaiflashib bordi, natijada, 636-642 yillari Arab halifaligi tomonidan Suriya, Falastin, Yuqori Mesopotamiya, Misrni egallanishiga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmadi. Arablar harbiy floti Egey dengizida hukmronlik qila boshladi. Tez orada arablar Vizantiya imperiyasining O‘rta yer dengizidagi hukmronligiga ham chek qo‘yadi. Arablar harbiy flotlarini kuchaytirib, 654 yili Rodos orolini talon-taroj qilganlaridan so‘ng, arablar tomonidan Vizantiyaning dengiz sohillariga doimiy xavf paydo bo‘ladi.
Vizantiyaning Bolqon yarim orolidagi qismiga VI asr o‘rtalaridan slavyan qabilalarining hujumlari boshlanib, buning natijasida VII asrga kelib Vizantiya Bolqon yarim orolidagi katta hududidan ayrildi. Imperiyaning janubiga VII asrda Arab halifaligi yurish qilib, Yaqin Sharq va shimoliy Afrikadagi Vizantiya yerlarini bosib oldi. Natijada, Vizantiya imperiyasining bu vaqtda Yustinian davri bilan qiyoslaganda hududlari uch baravarga qisqardi va imperiya qo‘lida Kichik Osiyo bilan Bolqon yarim orolining janubiy qismigina qoldi.
Mamlakatda VII-X asrlar davomida erkin dehqonlar qashshoqlashib, xonavayron bo‘lib bordilar. Qishloqlarda mulkiy tabaqalanish kuchayib, yersiz dehqonlar va tobora yeri ko‘payib borayotgan yangi turdagi boylar, feodallar toifasi vujudga keldi. Vizantiyada feodal yer egaligi ana shu tariqa paydo bo‘ldi. Asta-sekin feodallar va qaram dehqonlar tabaqalari tashkil topdi. Imperiyada yangi feodal yer egaligi VIII-XII asrlar davomida shakllanib bordi. Imperatorlarning X-XI asrlar davomida ko‘plab yer maydonlarini cherkov, monastirlar va amaldorlarga in’om etishlari bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Bu davrda Vizantiyada ham yirik feodallar o‘z yerlarida qal’alar qurib, harbiy bo‘linmalar tuzdilar. Mamlakatda imperatorlarning zaifligidan foydalangan feodal zodagonlari ularga qarshi saroy fitnalari, to‘ntarishlar uyushtirardilar. Ular o‘z talablariga javob beradigan imperatorlarni taxtga o‘tqizardilar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Vizantiya aholisining asosiy mashg‘ulotlari nimadan iborat bo‘lgan?

  2. Yustinian I slavyan qabilalariga nisbatan qanday siyosat yuritgan?

  3. Vizantiya imperiyasida feodal munosabatlarning rivojlanishi qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling