Mavzu. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari
Download 147.74 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jami- yatini rivojlantirish konsepsiyasi.
- Yodda tuting
Mavzu. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari. 2000-yildan – bugungi kunga qadar davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yan- gilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qara- tilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq- huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustah- kamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va bosh- qaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir yettita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi. Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, «fuqaro – jamiyat – davlat» prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi. Mamlaktning 2016-yilda saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart- sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fev- raldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jami- yatini rivojlantirish konsepsiyasi. Islom Kari- movning 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun- chilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi- dagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sar- hisob qilish hamda jamiyat va davlat hayoti- I. Karimov, 2010 y. 12-noyabr. ning barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. Yodda tuting! Konsepsiya olti qismdan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish , sud-huquq tizimi, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasidagi muhim vazifalar belgilangan. Download 147.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling