Nodavlat notijorat tashkiloti hujjatlari Nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari quyidagilardan iborat
Download 10.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Nodavlat notijorat tashkiloti hujjatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi
Bosh sahifa » NNT faoliyati bo'yicha qonunchilik normalari » Nodavlat notijorat tashkiloti hujjatlari Nodavlat notijorat tashkiloti hujjatlari Nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari quyidagilardan iborat: muassislar (a’zolar) tomonidan tasdiqlangan ustav; qatnashchilar tomonidan tuzilgan ta’sis shartnomasi va ular tasdiqlagan ustav — uyushma (ittifoq) uchun. Nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis hujjatlarining talablari nodavlat notijorat tashkilotining o‘zi uchun, uning muassislari va qatnashchilari (a’zolari) uchun majburiydir. Ta’sis shartnomasida tara ar (muassislar) nodavlat notijorat tashkilotlari uyushmasini (ittifoqini) tuzish majburiyatini oladilar, uni tuzish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulkini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish, nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlarini belgilab beradilar. Ta’sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga binoan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi: nodavlat notijorat tashkilotining nomi, maqsad va vazifalari, uning tashkiliy-huquqiy shakli, u o‘z faoliyatini amalga oshiradigan hudud; nodavlat notijorat tashkilotining tuzilmasi va rahbar organlari, zaruratga qarab uning nazorat-taftish organlari (ijtimoiy fondlar uchun — majburiy) yoki auditorlarni (auditorlik rmalarini) jalb etishning majburiyligi; rahbar organlarning vakolat doirasi va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari, doimiy asosda ishlaydigan rahbar organ joylashgan er; a’zolik belgilangan birlashmalar uchun — a’zo bo‘lish va a’zolikdan mahrum bo‘lish shartlari va tartibi, a’zolarning huquq va majburiyatlari; pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari; qayta tashkil qilish va tugatish tartibi; ustavga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida uning ramziy belgilari tavsi bo‘lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramziy belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari davlat ramziy belgilariga o‘xshamasligi kerak. Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari ustavga muvo q uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida"gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.03.2014-yildagi 57-son Ҳуқуқий ёрдам керакми? Ҳуқуқий ёрдам керакми? Download 10.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling