9-mavzu. G’arbiy Yevropa davlatlari V asr oxiri – XI asr o’rtalarida Maqsad


Franklar imperiyasida davlat boshqaruvi


Download 140 Kb.
bet6/16
Sana24.12.2022
Hajmi140 Kb.
#1056761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
11 mavzu G‘arbiy Yevropa davlatlari XI asr o‘rtalari XV asr oxirida

Franklar imperiyasida davlat boshqaruvi. Buyuk Karlning saroy xizmatkorlari ayni paytda vazirlar vazifasini ham bajargan. Qirol saroyi yuqori lavozimdagi: moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig‘i va boshqalar Franklar davlatidagi muhim lavozimlar bo‘lgan. Yirik qabilalarni gersoglar (nem. saylangan harbiy yo‘lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig‘i) boshqargan. Davrlar o‘tib gersog eng yuksak unvonlardan biriga aylandi. Yirik bo‘lmagan hududlarni imperator tayinlagan graflar (nem. qirol tayinlagan amaldor) boshqargan. Gersog unvoni avvaldan merosiy bo‘lsa, graflarni imperator tayinlagan. Buyuk Karl o‘z davlati chegaralarini mustahkamlash maqsadida markalar (nem. chegara, harbiy viloyati) tuzib, ularni markgraflar (nem. chegara viloyati hokimi) boshqargan.
Yepiskoplar, yirik monastirlarning abbatlari imperatorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajarganlar. Safarlari paytida Buyuk Karl yepiskoplar va graflarning ishlari qanday bajarilayotganini tekshirgan. Agar suiste’molliklar aniqlansa, javobgar darhol lavozimidan ozod etilgan. Imperatorning o‘zi barcha graflik va gersoglarni aylanib chiqishi qiyin ekanligidan, u o‘zi ishongan davlat vakillarini mamlakat bo‘ylab jo‘natar edi. Ularga mahalliy hokimlarni jazolash, almashtirish huquqlari berilgan. Franklar mamlakati hududlari behad katta bo‘lishi nazoratni murakkablashtirgan. Barcha grafliklarni nazoratda saqlash mushkul edi. Bundan tashqari graflar bor kuchlari bilan graflikda mustahkam o‘rnashishga, uni o‘z avlodlariga meros qilib qoldirishga intilganlar. Bu esa franklar imperiyasini kelajakda zaiflashuvi va parchalanishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan.
Yevropa hukmdorlari orasida katta hurmatga ega bo‘lgan Karl saroyiga ko‘plab davlatlardan elchilar kelib turishgan va bu davlatlar Franklar imperiyasi bilan aloqalarni mustahkamlash uchun Karlga qimmatbaho sovg‘alar yuborishgan. Yilnomalarda yozilishicha, Bag‘dod halifa Horun ar-Rashid o‘z elchilari orqali Karlga qimmatbaho sovg‘alar bilan birga, Quddusdagi Iso payg‘ambar qabri joylashgan yerni ham taqdim etgan ekan.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling