N. S. Xrushev tomonidan 50-60-yillarda olib borilgan siyosati mohiyati. Reja: Kirish


Download 49.68 Kb.
bet1/5
Sana06.10.2023
Hajmi49.68 Kb.
#1693635
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Independent work.Last version


N.S.Xrushev tomonidan 50-60-yillarda olib borilgan siyosati mohiyati.

Reja:

Kirish.

1. Stalin davridan keyingi 50-60-yillardagi ijtimoiy va siyosiy rivojlanishlar.

2. XX asrning 50-60-yillarda sanoat va qishloq xo’jaligida olib borilgan siyosat.

3. N.S.Xrushev davrida olib borilgan tashqi siyosat va sovuq urush.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Tarixda ko’plar insonlar o’limiga sabab bo’lgan siyosiy va madaniy qirg’inlarni uyushtirgan, SSSR davlar rahbarlari orasida eng qattiqqo’l siyosat yuritgan bo’lishiga qaramay mamlakatni halokat yoqasidan olib qolgan va uni eng kuchli davlatlar biriga aylantirgan Stalinning vafot etishi bilan u olib borgan siyosat keskinlik bilan bo’lmasa ham o’zgara boshladi.
1953-yilda davlat boshqaruvidagi lavozimlarni Stalinning safdoshlari egalladi. SSSR Ministrlar Soveti Raisligi lavozimini G. M. Malenkov, KPSS MQ Birinchi sekretarligi lavozimini N. S. Xrushchev egalladi. N.S. Xrushchev 1938-1949-yillarda Ukraina Kompartiyasi MQ Birinchi sekretari, 1949-1953-yillarda KPSS MQning sekretari, Moskva shahar Kompartiyasi birinchi sekretari edi. Yangi liderlar orasida L. P. Beriya ham katta mavqega ega edi. Ichki ishlar vazirligi lavozimida bo’lgan L. G. Beriya mamlakatda o’tkazilgan qatag’onlik siyosatining tepasida turdi. Bungacha u NKVD rahbari bo’lib, mamlakat miqyosida mahkumlar mehnatidan foydalanishdan tortib, SSSR ning yadro qurolini yaratish dasturigacha bo’lgan ishlarga ham boshchilik qilgandi. I. V. Stalinning xohish-irodasi bo’yicha ishlab kelgan bu rahbarlar ichki va tashqi siyosatda o’zgarishlar qilish lozimligini tushunib yetardilar. Bu o’zgarishlar quyidagi holatlar bilan bog’liq edi: Avvalambor, GULAG (Lagerlar bosh boshqarmasi) muammosi turardi: turma va qamoq lagerlarida 2,5 mln kishi, turar-joyga ega bo’lishda va kasb tanlashda cheklashlar o’rnatilganlar 7,5 mln kishi. Ular orasida ko’plab mashhur kishilar va ilgari jamiyatda obro’-e’tiborga ega bo’lgan va nohaq sudlanganlar juda ko’pchilikni tashkil etar edi. Jazo muddatlari yakunlanib borgan sari, yangi rahbariyat ommaviy qatag’on qurbonlari to’g’risidagi haqiqat yuzaga chiqishidan juda qo’rqardi. Norilsk, Vorkuta, Qarag’anda va boshqa lagerlarda Stalin o’limidan keyin juda ko’plab qo’zg’olonlar bo’ldi va bu qo’zg’olonlar qiyinchilik bilan bostirildi.
Mamlakat iqtisodiyoti ham qiyin ahvolda edi. Qishloqlar vayron bo’lgan, zudlik bilan yordam berilmasa, ocharchilik boshlanishi muqarrar edi. Aholining 60% ini tashkil etuvchi dehqonlar ommasida norozilik kayfiyati kuchayib borardi. Ta’qiblarga qaramasdan, ko’p dehqonlar shaharga ketib qolgandilar. Faqat 1949-yilning o’zida mehnatga yaroqlilar soni 3,3 mln kishiga qisqardi. Buning ustiga, keyingi besh yillik rejasida og’ir va harbiy sanoatni rivojlantirish va qishloq xo’jaligidan olinadigan soliqlarni oshirish ko’zda tutilgan edi.


Download 49.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling