7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
JAVOBLAR 001-Kirish-Xalqlarning buyuk ko'chishlari va uning natijalari (39)
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
JAVOBLAR
001-Kirish-Xalqlarning buyuk ko'chishlari va uning natijalari (39) Savollar va javobi1. Milodiy V asr oxiridan XV asr oxirigacha bo`lgan davr nima deb ataladi? O`rta asrlar tarixi 2. O`rta asrlar tarixi nechta yirik davrga bo`linadi? 2 ta 3. O`rta asrlarning birinchi davri qaysi asrlarni o`z ichiga oladi? V-XI asrlarni 4. O`rta asrlarning ikkinchi davri qaysi asrlarni o`z ichiga oladi? XI-XV asrlarni 5. O`rta asrlar tarixiga oid manbalar necha asosiy turga bo`linadi? 2 ta 6. Qachon Xitoyda kitob bosish dastgohlari yaratilgan? XI asrda 7. Qachon Yevropada kitob bosish dastgohlari yaratilgan? XV asrda 8. O`rta asrlar moddiy manbalariga nimalar kiradi? Kiyim-kechak va taqinchoqlar, uy-joylar va jihozlar, haykallar, suratlar, amaliy san’at namunalari, tanga-chaqalar 9. Qaysi asrlar Yevropa tarixiga «Xalqlarning buyuk ko`chishi» nomi bilan kirgan? IV-VI asrlar 10. «Xalqlarning buyuk ko`chishi» jarayonini kimlar boshlab bergan? Xunnlar 11. «Xalqlarning buyuk ko`chishi» ga nima sabab bo`ldi? Barcha javoblar to`g`ri 12. Nechanchi asrdan boshlab Yevropada iqlim soviy boshlagan? II asrdan 13. Yevropada iqlimning sovishi nechanchi asrga kelib ekinzorlarni qo`riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni botqoqlikka aylantiradi? V asrda 14. Rim imperiyasining shimoliy chegaralari bo`ylab joylashgan varvar qabilalari II-IV asrlarda … yashar edilar? Urug`chilik jamoasi darajasida 15. Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) qayerda joylashganlar? Reyn va Elba daryolari havzasida 16. Germanlarning asosiy mashg`uloti dastlab nima bo`lgan? Chorvachilik 17. Nima uchun Germanlarda erga ishlov berish ayollar va qariyalarning yumushi hisoblangan? Erkaklarning asosiy mashg`uloti urush bo`lgani uchun 18. Germanlarda qaysi jarayon mehnat unumdorligi va olinadigan hosilni oshirgan? Omochdan temir plugga o`tilishi 19. Rimliklar noma’lum tilda gaplashadigan xalqlarni nima deb ataganlar? Yuliy Sezar F) Eyngard G) Tatsit H) Arrian 20. «Germaniya» asari kimning qalamiga mansub? Tatsit 21. Germanlarda qachondan yerlarni almashtirib ekish yo`lga qo`yilgan? IV asrdan 22. Germanlarda II-IV asrlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan? To`qimachilik, yog`ochsozlik, zargarlik, teri-ko`nchilik 23. Germanlarda ichki savdoda eng muhim ashyo nima hisoblangan? Temir buyumlar 24. German qabilalari qo`shnilari rimliklarga nimalar etkazib bergan? Qullar, chorva mollari, teri, qahrabo 25. German qabilalari rimliklardan nimalar olishgan? Nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino 26. Germanlar jamoasi davlat vujudga kelgunga qadar qaysi bosqichni boshidan kechirgan? Urug`chilik jamoasi 27. Qachon germanlar jamoalarida ijtimoiy va mulkiy tengsizlik boshlangan? IV asrda 28. Qattiq, qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma’dan nima? Qahrabo 29. Germanlarda qabila boshlig`i, zodagonlarning oliy vakili, normann qabilalarida harbiy yo`lboshchi nima deb ataladi? Konung 30. German qabilalari nechanchi asrlarda keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshladilar? IV-V asrlarda 31. Germanlarning eng katta qabilalari? Alleman, got, frank 32. Germanlarda qachon ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy xizmatga o`ta boshlaydilar? IV asrda 33. Dastlabki varvarlar davlati bu…? Vestgot qirolligi 34. V asr boshlarida Pireneya yarimoroli va Galliyaning bir qismida tashkil topgan varvarlar davlati? Vestgot qirolligi 35. Vandallar qayerni bosib olib o`z davlatini tuzganlar? Shimoliy Afrika 36. Ostgotlar qayerni bosib olib o`z davlatlarini tuzganlar? Italiya 37. Franklar qayerni bosib olib o`z davlatlarini tuzganlar? Galliya 38. Anglo-sakslar qayerni bosib olib o`z davlatini tuzganlar? Britaniya 39. Qachon G`arbiy Rim imperiyasi quladi? 476 yilda Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling