7-sinf Jahon tarixi Milodiy V asr oxiridan – XI asr o‘rtalariga qadar


Download 68 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi68 Kb.
#134649
Bog'liq
7-Sinf Jahon tarixi xronologiya


7-sinf Jahon tarixi


  1. Milodiy V asr oxiridan – XI asr o‘rtalariga qadar: · yangi feodal jamiyatga o‘tish; · yer egaligi yangi turlari (yirik yer egalari – feodallar, qaram dehqonlar toifalari)ning shakllanishi; · G‘arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot – xristianlikning keng tarqalishi; · Sharqda islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi; · yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi.

  2. XI asrning o‘rtalaridan – XV asr oxiriga qadar: · yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksa lishi; · o‘z-o‘zini ta’minlovchi – natural xo‘jalikdan, bozor uchun mahsulot yetishtiruvchi xo‘jalikka o‘tilishi; · o‘rta asrlarda shaharlarning va hunarmandchilik sexlarining taraqqiyoti; · savdoning yuksalishi: xalqaro savdo, bozor, yarmarka va birjalar; · Yevropa shaharlarining senyorlar hukmronligidan ozod bo‘lish uchun kurashi; · erkin shaharlar, shahar, respublikalar va yirik markazlashgan davlatlarning shakllanishi; · markaziy hokimiyat obro‘-e’tiborining o‘sib borishi; · toifaviy hokimiyat organlari (parlament, General shtatlar)ning shakllanishi; · xristian cherkovi va salib yurishlari; · Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixi; · dunyo xalqlarining ilm-fani va madaniyati.

  3. XI asrda –– Xitoyda kitob bosib chiqarish uskunasi o’ylab topildi.

  4. XV asr o’rtalarida ––Yevropada kitob bosib chiqarish uskunasi o’ylab topildi.

  5. 476-yilda –– Rimdagi harbiy sarkardalardan biri, german qabilalaridan bo‘lgan Odoakr isyon ko‘tarib, so‘nggi imperator Romul Avgustulni taxtdan chetlatgan. Uning talabi bilan senat Rimning g‘arbiy qismiga imperator kerak emasligini e’lon qilib, hokimiyat ramzlarini Konstantinopolga – Sharqiy Rim imperatoriga jo‘natadi.

  6. Milodiy IV–VI asrlarda ––Yevropani xunn qabilalari boshlab bergan «Xalqlarning buyuk ko‘chishlari» jarayoni qamrab oladi.

  7. IV asrdan –– xunnlar sharqtan ko’chishlari va hujumlari ko’plab varvar qabilalarini o’z siljishga majbur etdi.

  8. II asrda –– iqlim soviy boshladi.

  9. Milodiy asr boshlaridan aholi sonining ko‘payishi xo‘jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi.

  10. IV asrdan –– boshlab ikki dalali almashlab ekish qo’llanila bopshladi.

  11. IV asrda –– german qabilalarida mulkiy tangsizlik kuchayib, jamoalar boylar va kambag’allarga ajrala boshladi va zadogonlar, erkin kishilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllandi.

  12. German qabilalari IV–V asrlardan keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlagan.

  13. V asr boshlarida –– Pireney yarimoroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvar davlati –– Vestgot qirolligi tashkil topdi.

  14. Germanlar istilosi 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasining qulashiga sabab bo‘lgan. Yevropada yangi — feodal jamiyatiga o‘tish davri boshlangan.

  15. 486-yili –– Xlodvig Franklar davlatiga asos soldi.

  16. X asrdan boshlab –– Parij atrofidagi viloyatlar Il de Frans davlat nomiga asos boldi va u Fransiya deb atala boshladi.

  17. VI asr oxiridan boshlab –– feodallar yerlarida qullar va kolonlardan tashqari, o’ erkinligini yo’qotgan franklar ham ishlagan.

  18. VI asr oxiridan franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo‘lgan mulki – allodga aylanadi.

  19. 714-768-yillarda –– Pipin Pakana hukmronlik qilgan.

  20. 800-814-yillarda –– Buyuk Karl imperator bo’lgan.

  21. 773-yilda –– dastlabki harbiy yurishlaridan biri germanlarning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi boshlanadi.

  22. 778-yili –– Buyuk Karlning Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi dastlabki muvaffaqqiyatsiz yurushi bo’ldi.

  23. 772-804-yillarda –– Buyuk Karl saks qabilalariga qarshi urush olib bordi.

  24. 800-yili dekabrda –– Rim mahalliy zodagonlarining Papa Lev IIIga qarshi isyon ko’targanda Buyuk Karl isyonni bostirishga yordam berganiligi uchun Rim Papasi Lev III Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydirdi.

  25. Verden shahrida 843-yilda tu zilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan qirolliklar o‘rnida, keyinchalik, Fransiya, Germaniyava Italiya davlatlari tashkil topadi.

  26. 407-yili –– Rim legionlari Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi.

  27. V asr o’rtalarida –– Yutlar Kent viloyatini bosib oldi.

  28. VI asr boshlarida –– Amvrosiy Avrelian brittlarni birlashtirdi.

  29. 842-yili –– normannlar Londonni bosib oldi.

  30. 871-900-yillarda –– Buyuk Alfred Uesseks qirolligida hukmronlik qilgan.

  31. 879-yili –– Buyuk Alfred vengerlar bilan 9 yilga tinchik shartnomasini tuzdi.

  32. X asrning oxirgi choragida –– Angliya qirolligi Daniya qonunlar viloyatini qo’shib oldi.

  33. XI asr boshlarida –– Daniya qiroli ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushiradi.

  34. 843-yilda Franklar imoeriyasi 3 ga bo’linib ketganida, dastlab ularning hammasini Buyuk Karl ning avlodlari boshqargan.

  35. 919-yili Sharqiy Frank qirolligida (bo‘lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar knyazlardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylaydilar. Natijada, franklarning karolinglar sulolasi o‘rniga mahalliy saksoniyaliklar sulolasi hokimyatga keladi. Shu tariqa yangi davlat – Germaniya qirolligi vujudga keladi.

  36. 936-973-yillarda –– Otton I hukmronlik qilgan.

  37. 955-yili –– Otton I Bavariyaning Lex daryosi bo’yida bo’lgan jangda vengerlarni yengdi. Shundan so‘ng

ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi.

  1. 962-yilda o‘z qo‘shini bilan Rimga kelgan Otton I ga papa Ioann XIIimperatorlik tojini kiydiradi. Yangi imperiya – Muqaddas Rim imperiyasinomini oladi.

  2. 962-1806-yillarda –– Muqaddas Rim imperiyasi hukm surdi.

  3. X asrda –– Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o’z gersoglarining gapiga ko’proq quloq slogan.

  4. 999-1003-yillarda –– Silvestr III Rim Papasi bo’ldi.

  5. 395-yilda Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga: G‘arbiy Rim imperiyasi –poytaxti Rimva Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) – poytaxti Konstan tinopolga bo‘lib olishadi.

  6. VI asrda –– Vizantiyadagi Konstontinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gulab-yashnagan.

  7. 527-565-yillarda –– Vizantiyada Yustinian I hukmronlik qilgan.

  8. 534-yili –– Yustinian I sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada joylashib olgan va O’rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug’ullangan vandallarga qarshi yuboradi.

  9. VI asr ning o‘rtalarida –– Vizantiyaga slavyan qabilalari kelib o‘rnasha boshladi.

  10. VII asrda Arab xalifaligi hujumlari natijasida vizantiyaliklar Suriya va Misrni ham boy beradi.

  11. X-XI asrlarda –– Vizantiya imperatorlari amaldorlar, ibodatxonalar va monastirlarga ko’plab yer-mulklar in’om etdi.

  12. IX–XI asrlarda ––Feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashishi yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil o‘rnatilishiga olib keladi.

  13. VI asrdan boshlab –– yozma manbalarda ,,Slavyanlar“ atamasi Vizantiya tarixchilari tomonidan qo’llanilgan.

  14. Mil.avv. II-I asrlarda –– Slavyanlar haqida dastlabki ma’lumotlar yunon-rim tarixchilari tomonidan tilga olingan.

  15. VI-VII asrlarda –– slavyanlar g’arbda Elba, sharqda Visla, shimolda Boltiq dengizidan, janubda Dunay dartosiga qadar cho’zilgan hududlarda yashagan.

  16. VII asr oxirida –– Bolqon yarim orolining shimolida Bolgariya podsholigi vujudga keldi.

  17. IX asr boshlarida –– Bolgariya podsholigi yirik davlatga aylandi.

  18. 893-927-yillarda –– Bolgariya podsholigida Simoen hukmronlik qilgan davrda o’z qudratining cho’qqisiga erishadi.

  19. 643-701-yillarda –– bu’gor xoni Asparux yashab o’tgan.

  20. 920-935-yillarda –– Chexiyada knyaz Vatslav hukmronlik qilgan.

  21. X asr boshlarida –– Chexiya davlati tashkil topdi.

  22. XI asr oxirida –– Rim papasiga qarshi og‘ir kurashda unga yordam bergan chex knyaziga german imperatori qirol unvonini taqdim etgan.

  23. X asr o’rtalarida –– Meshko I Polsha davlatiga asos soldi.

  24. VIII asrda –– Vizantiyada yozilgan «Ziroatchilik qonunlari»ga ko‘ra, qishloq jamoasining a’zolari – erkin dehqonlarning yerlari alohida bo‘lib, ular bug‘doy, tariq, arpa va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar.

  25. 882-yilda –– Oleg o‘z lashkari bilan Kiyevni egallab, ayni paytda Kiyev Rusinomini olgan davlatga asos soladi.

  26. 912-945-yillarda –- Kiev Rusida Igor hukmronlik qilgan.

  27. 945-yilda ––– Igor drevlyan qabilalari bilan bo’lgan urushda halok bo’lganidan so’ng, uning rafiqasi Olgao‘g‘li Svyatoslav balog‘atga yetgunicha Kiyev knyazligini bosh qargan.

  28. X asrning 50-yillari o‘rtalarida –– Olga Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qiladi.

  29. 964-yilda –– Svyatoslav 22 yoshida knyazlik taxtiga o‘tirgach, Sharqqa yurish boshlagan. Svyatoslav Itil (Volga) va Don daryolari oralig‘ida tashkil topgan Xazar xoqonligini mag‘lub etib, uni ng poytaxti Itilshahrini egallagan.

  30. 980-1015-yillarda –– Kiev Rusida Vladimir hukmronlik qilgan.

  31. 988-yili –– Vladmir xristian dinini qabul qildi.

  32. 1019–1054-yillarda –– Yaroslav boshqaruvi Kiyev Rusininggullab-yashnagan davri bo‘lgan.

  33. XI asrning o‘rtalarida –– Ko‘chmanchi qiðchoq qabilalari Yoyiq daryosidan Dunaygacha bo‘lgan hududlarni egallashgan.

  34. 1113-1125-yillarda –– Kiev Rusida Vladimir Monomax hukmronlik qilgan.

  35. Mil.avv. IV asrda –– Platon yashab o’tgan.

  36. VII asrda ––«grek olovi» ixtiro qilinishi natijasida Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta’ minlagan.

  37. X–XI asrlarda –– to‘g‘ri burchakli ibodatxonalar o‘rniga ko‘rinishidan xochsifat, o‘rtasi xoch gumbazli ibodat xonalar barpo qilingan.

  38. XII asrga qadar –– kitoblar monastirlar kutubxonalarida saqlangan.

  39. IX asr o‘rtalarida –– Rohib olimlar – Kirill va Mefodiy yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratib, g‘arbiy slavyanlar orasida xristianlikni keng targ‘ib etishgan.

  40. XI asr –– Kiyev. Avliyo Sofiya ibodatxonasi.

  41. VI asrda–– arablarda aholi soni ko‘payib, qabilalar ora sida suv manbalari va yaylovlar uchun ku rash kuchaygan.

  42. VII asrning boshlarida –– urug‘chilik tuzumining inqirozini tezlashgan.

  43. 570-yilda –– Eron shohi Xisrav IYamanni istilo qilishi bilan karvon yo‘li eronliklarga qarashli Ikki daryo oralig‘iga siljiydi.

  44. 570-yili –– Muhammad (s.a.v.) Makkada tug’ildi.

  45. 576-yili –– Muhammad (s.a.v..ning onasi Omina vafot etdi.

  46. 610-yildan boshlab –– Muhammad (s.a.v..ga Alloh taoladan vahiy kela boshlagan

  47. 622-yili –– Muhammad (s.a.v.) o’z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi.

  48. 630-yili –– arablarning katta qismi musulmon bo’ldi.

  49. 632-634-yillarda –– Abu Bark xalifaligi.

  50. 634-644-yillarda –– Umar xalifaligi.

  51. 98. 644-656-yillarda –– Usmon xalifaligi.

  52. 99. 656-661-yillarda –– Ali xalifaligi.

  53. VIII asr boshlarida –– xalifalik qo’shinlari Shimoliy Afrikani to’liq bo’ysindirdi.

  54. 711-yilda –– Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo‘shini keyinchalik uning nomi bilan atalgan Gibraltar (Jabal at-Toriq – «Toriq tog‘i» so‘zidan) bo‘g‘ozidan o‘tib, Ispaniyani bosib oladi.

  55. 732-yilda –– Puate jangida franklar hukmdori Karl Martell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga chek qo‘yadi.

  56. VII–VIII asrning 1-yarmida –– Arab xalifaligi tashkil topdi.

  57. VIII–IX asrlarda –– arablar istilo qilgan mamlakatlarda bir qator qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi.

  58. 685–687-yillarda –– Iroqning Kufa shahrida bo‘lgan qo‘zg‘olonda arab va forslar – shahar kambag‘allari va hunarmandlar qatnashgan.

  59. O‘rta Osiyoning janubi Marv vohasida 747-yilda boshlangan Abu Muslimboshchiligidagi qo‘zg‘olonda aholining barcha toifalari ishtirok etadi.

  60. 632-1258-yillarda –– Arab xalifaligi hukm surdi.

  61. 108. 661-750-yillarda –– Arab xalifaligi Ummaviylar sulolasi hukmronlik qilgan.

  62. 109. 750-1258-yillarda –– Arab xalifaligi Abbosiylar sulolasi hukmronlik qilgan.

  63. Movarounnahr markazi Sug‘diyonada 769–783-yillarda Muqanna boshchiligida yirik xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o’tadi.

  64. 815-yilda –– Ozarbayjonda Bobek boshchiligidagi qo’zg’olon 20 yildan ortiq davom etdi.

  65. 756-yili –– Ispaniyada xalifalikdan 1-mustqaqil amirlik tashkil topdi.

  66. X asrdan boshlab –– Ispaniyadagi amirlik Qurdoba (Kordova) amirligi deb atala boshladi.

  67. IX asrdan –– Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka erishadi.

  68. 1258-yilda –– mo’g’ul xoni Xuloku Bag’dodni egallagach, Arab xalifaligiga barham berildi.

  69. 320-340-yillarda –– Hindistondagi Guptalar davlatida Chandragupta I hukmronlik qilgan.

  70. IV asrning so‘ngida – guptalar imperiyasi gullab-yashnaydi.

  71. V–VI asrlar –– Guptalar davridagi temir ustun.

  72. VI asrda –– Hindistonga bostirib kirgan eftaliylar hujumlari ostida guptalar imperiyasi parchalanib, istilochilar mamlakatning katta qismini qo‘lga oladi.

  73. VII asrda –– Hindistonda bo‘lgan Xitoy tarixchisi Syuan Szyanning yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-kichik knyaz liklar bo‘lgan.

  74. XI asrda –– Arab xalifaligining parchalanishidan vujudga kelgan musulmon davlatlari hukmdorlari Hindistonga hujum boshlaydilar.

  75. XI asr boshlarida –– G‘azna hukmdori Mahmud G‘aznaviyning qo‘shinlari mamlakat shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlari uyushtirgan.

  76. III asrda –– Xan quldorlik imperiyasi inqirozga uchrab, uning o‘rnida 3 ta mustaqil: Vey, Shu va U davlatlari vujudga keladi.

  77. VI asrning ikkinchi yarmida –– Turk xoqonligining hujumi xavfi Xitoyning birlashuviga turtki bo‘lgan.

  78. 589-618-yillarda –– Xitoyda Suy sulolasi hukmronlik qildi.

  79. III asrda –– Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlaydi..

  80. 618-yilda –– Xitoyning shimoli-g‘arbidagi mahalliy hokimlardan biri Li Yuan taxtni egallab Tan sulolasiga asos soladi.

  81. 618-907-yillarda –– Xitoyda Tan sulolasi hukmronlik qildi.

  82. 624-yilda –– qabul qilingan qonunga ko‘ra, har bir xo‘jalik uy-hovlisi o‘rnidan tashqari 80 mugacha (1 mu – 6 sotix) haydaladigan yerni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ladi.

  83. VI asrdan –– Xitoyda sha har lar birmuncha yuksaladi.

  84. VII asrda –– Xanchjou, Kayfin, Yanchjoushaharlarining yuksalishi ham savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi bilan bog‘liq edi.

  85. VII–VIII asrlarda –– Xitoyda tog‘-konchilik sohasi, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish ham yuksalgan. Shahar hunarmandlari kasb uyushmalari (sexlar)ni tuzib, ma’lum kasbdagi hunarmandlar alohida ko‘cha va mavzelarda joylasha boshlagan.

  86. VII asrda –– Xitoyda yagona pul – syanning joriy etili shi ham iqti sodiy yuksalishga xizmat qilgan.

  87. 640-yilda –– Tan imperiyasi qo‘shinlari Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Gaochan davlatini mag‘lub etadi.

  88. 668-yilda –– Koreyaga qarshi boshlangan urush, uning poytaxti Pxenyanning olinishi bilan yakunlanadi.

  89. VII–VIII asrlarda –– Xitoy faol tashqi siyosat olib borib, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Vizantiya, Yaponiya va Hindiston bilan savdo diðlomatik aloqalar o‘rnatadi.

  90. 960-1279-yillarda –– Xitoyda Sun sulolasi hukmronlik qildi.

  91. IX asr boshlarida –– xalifa Horun ar-Rashid saroyida “Bayt ul-hikma” – “donishmandlar uyi” tashkil topdi.

  92. XVII asrning o‘rtalariga qadar –– Yevropa tibbiyoti esa bilim va amaliy tavsiyalarni O‘rta Osiyoda yetishib chiqqan allomalar – Abu Àli ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziy asarlaridan olgan.

  93. IX asrda ­­–– Muhammad Xorazmiy yashab o’tgan.

  94. X asrga kelib –– musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilina boshladi. Musulmon she’riyati yuksak darajaga erishib, uning ko‘plab turlari shakllanadi.

  95. Mil.avv. II asrdan – mil. VII asrlarda –– Anjanta (Markaziy Hindiston. ibodatxonasi o’yib ishlangan.

  96. VIII asrda –– Xitoy imperatorlari saroyida olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilib, u keyinchalik Xanlin akademiyasi nomini olgan.

  97. X asrda –– Xitoyda selitradan porox olish kashf qilindi.

  98. VIII asrdan boshlab –– Pekinda “Poytaxt axboroti” nomli gazeta chiqariladi.

  99. IX asrda –– musiqachi va qo‘shiqchi Ziryab yashagan.



Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling