7-Sinf
Nazorat ishi-3
1. Tarkibning doimiylik qonunida nima deyilgan?
A) Har qanday toza modda olish usuli va joyidan qa’tiy nazar doimiy tarkibga ega emas.
B) Har qanday toza modda olish usuli va joyidan qa’tiy nazar turli tarkibga ega.
C) Har qanday toza modda olish usuli va joyidan qa’tiy nazar doimiy tarkibga ega.
D) Har qanday aralashma olish usuli va joyidan qa’tiy nazar doimiy tarkibga ega.
2. Karrali nisbatlar qonuni kim tomonidan kashf qilingan?
A) J. Dalton B) S. Arenius C) Lomonosov D) Berselius
3. Karrali nisbatlar qonuniga ko’ra?
A) Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘lmaydi.
B) Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa modda massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi.
C) Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa modda massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘lmaydi.
D) Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi.
4. Massaning saqlanish qonuni kim tomonidan kashf qilingan?
A) J. Dalton B) S. Arenius C) Lomonosov D) Berselius
5. Massaning saqlanish qoninida nima deyiladi?
A) Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlarining umumiy massasiga teng bo’ladi.
B) Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlarining umumiy massasiga teng bo’lmaydi.
C) Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining massasi reaksiya mahsulotlarining umumiy massasiga teng bo’ladi.
D) Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning soni reaksiya mahsulotlarining soniga teng bo’ladi.
6. Avagadro qonunida nima deyilgan?
A) Bir xil sharoitda o’zaro teng massadagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi.
B) Bir xil sharoitda o’zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda atomlar soni o’zaro teng bo’ladi.
C) Bir xil sharoitda o’zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi.
D) Bir xil sharoitda o’zaro teng massadagi turli xildagi gazlarda atomlar soni o’zaro teng bo’ladi.
7. Quyidagi reaksiya qaysi reaksiya turiga kiradi: C +O2 = CO2
A) Birikish B) Parchalanish C) O'rin olish D) Almashinish
8. Quyidagi reaksiya qaysi reaksiya turiga kiradi: Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu
A) Birikish B) Parchalanish C) O'rin olish D) Almashinish
9. Quyidagi reaksiya qaysi reaksiya turiga kiradi: 2H2O =2H2 + O2
A) Birikish B) Parchalanish C) O'rin olish D) Almashinish
10. Quyidagi reaksiya qaysi reaksiya turiga kiradi: NaOH + HCl = NaCl + H2O
A) Birikish B) Parchalanish C) O'rin olish D) Almashinish
Do'stlaringiz bilan baham: |