7-sinf Ona tili 3- chorak


Download 35 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi35 Kb.
#1221450
Bog'liq
7-sinf monitoring testi 3-chorak 1-variant


7-sinf monitoring testi

I variant


1. So`zlar qanday xususiyatga ko`ra mustaqil va yordamchi so`zlarga ajratiladi?


A) ma`lum so`roqqa javob bo`lishi yo bo`lmasligiga ko`ra
B) atash ma`nosining mavjud yoki mavjud emasligiga ko`ra
S) gapda ma`lum gap bo`lagi bo`lib kelishi yokelmasligiga ko`ra
D) A, B, S

2. Qaysi so`z ma`lum bir so`roqqa javob bo`ladi?


1) fe`l 2) ot 3) sifat 4) son 5) ravish 6) olmosh
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5 S) 2,3,4 D) 6

3. Qaysi so`z turkumlari atash ma`nosiga ega?


1) fe`l 2) ot 3) sifat 4) son 5) ravish 6) olmosh
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5 S) 2,3,4 D) 6

4. Qaysi so`z turkumlari atash ma`nosiga ega emas?


1) fe`l 2) ot 3) sifat 4) son 5) ravish 6) olmosh
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5 S) 2,3,4 D) 6
5. Qaysi so`z turkumi shahs-narsalarning, voqea-hodisalarning nomini ifodalaydi?
A) fe`l B) son S) ot D) sifat

6. Qaysi so`z turkumi shaxs-narsalarning, voqea-hodisalarning belgilarini ifodalaydi?


A) sifat B) olmosh S) ravish D) A, S

7. Qaysi so`z turkumi shahs-narsalarning, hodisalarning nomiga, belgilariga, miqdoriga ishora qiladi?


A) sifat B) olmosh S) ravish D) A, S

8. Qaysi so`z turkumi, ot, sifat, ravish, son ma`nosiga ishora qiladiva ular o`rniga keladi?


A) sifat B) olmosh S) ravish D) A, S

9. Atash ma`nosiga ega bo`lgan so`zlar yoki ular o`rniga qo`llanilib ma`lum so`roqlarga javob bo`luvchi va gapda ma`lum gap bo`lagi vazifasida keluvchi so`zlar qanday so`zlar sanaladi?


A) yordamchi so`zlar B) oraliqdagi so`zlar
S) mustaqil so`zlar D) nomustaqil so`zlar

10. Atash ma`nosiga ega bo`lmagan so`zlar yoki ular o`rniga qo`llanilib ma`lum so`roqlarga javob bo`lmaydigan va gapda ma`lum gap bo`lagi vazifasida kelmaydigan so`zlar qanday so`zlar sanaladi?


A) yordamchi so`zlar B) oraliqdagi so`zlar
S) mustaqil so`zlar D) nomustaqil so`zlar
11. Qaysi so`zlar mustaqil so`zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog`lash, ularning ma`nolariga qo`shimcha ma`no yuklash vazifalarini bajaradi?
A) yordamchi so`zlar B) oraliqdagi so`zlar
S) mustaqil so`zlar D) nomustaqil so`zlar
12. Qaysi so`z guruhiga ko`makchi, bog`lovchi va yuklamalar kiradi?
A) yordamchi so`zlar B) oraliqdagi so`zlar
S) mustaqil so`zlar D) nomustaqil so`zlar

13. Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u-hunarli kishilar bilan do`st bo`l


Mazkur gapda nechta yordamchi so`z mavjud?
A) 1 ta B) 2 ta S) 3 ta D) 4 ta

14. Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u-hunarli kishilar bilan do`st bo`l


Mazkur gapda nechta mustaqil so`z turkumi mavjud?
A) 5 ta B) 6 ta S) 7 ta D) 8 ta

15. Mehnatdan, ilmu-hunar o`rganishdan uzoqlashma


Mazkur gapda nechta yordamchi so`z mavjud?
A) 1 ta B) 2 ta S) 3 ta D) 4 ta

16. Yordamchi so`zlarga misollar keltiring


17. Ko`makchilarning qanday turlari mavjud?


18. Ko`makchilar ishtirokida gap tuzing


19. Sof ko`makchi ishtirok etgan gap tuzing


20. Qanday ko`makchilar vazifadosh ko`makchilar deyiladi?


21. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasiga ma`nodosh ko`makchilar qaysilar? Ularga misol keltiring


22. Qaysi ko`makchi bosh kelishigi shaklidagi so`zlarga bog`lanadi?


23. Sof ko`makchi qaysilar?


24. Vazifadosh ko`makchilarga misol keltiring




25. Bog`lovchilar qanday vazifani bajaradi
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling