7-sinf ona tili 4-chorak Yuklama ishtirok etgan gap qatorini belgilang


Download 18.46 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi18.46 Kb.
#1281575

7-sinf ona tili 4-chorak

1. Yuklama ishtirok etgan gap qatorini belgilang.
A. O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.
B. Bir o'lkaki, tuprog'ida oltin gullaydi.
C. Tili yo'q millatning o'zi yo'q.
D. Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
2. Matnda qo'llangan yuklamalar turini aniqlang.
Dunyoda shunday bir mehru muhabbat borki, uni hech narsaga, hatto eng oliy muhabbatlarga ham tenglashtirib bo'lmaydi. Bu oliy muhabbat faqat oliy zotlar -ota va ona muhabbatiga qiyoslanib shu yo'sinda yana ham mo'tabar etiladi.
A. Ta'kid, kuchaytiruv.
B. Kuchaytiruv, ayiruv.
C. O'xshatish, qiyoslash.
D. Ayiruv, qiyoslash.
3. So'roq yuklamasi ishtirok etgan gap qatorini belgilang.
A. Aslida tuproqni odil tabiat. Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng.
B. О, qashqar tuprog'i qashshoqmiding sen?!
С Vatanni faqat boyligi uchun sevish soxta muhabbatdir. D. O'zbekiston istiqlolini ardoqlang.
4. Qaysi gapda yuklama ishtirok etmagan?
A. Agar inson Vatanni faqat boylikiari uchun sevsa, bu odamning muhabbati chinakam emas, soxtadir.
B. Buyuklikka aql faqat jo'shqinlik orqali erishiladi. С Qayerda aql bo'lsa, qudrat ham o'sha yerdadir.
D. Inson, axir, o'z aqli bilan yashamoqlik uchungina tug'ilgan.
5. Qo'shimcha yuklamali gap qatorini belgilang.
A. Inson uchun faqat aqlli bo'lishning o'zi kamlik qiladi.
B. Fan inson hayotida eng muhim narsadir.
C. Himmat bilan qo'lga kirar shon-shuhrat, Avlodlarga yetar kitob-la faqat.
D. Faqat kitob o'qish va nazariyot, hech narsa berganmi beamaliyot.
6. Nuqtalar o'rniga mos keladigan yuklamalarni qo'ying.
Hayotga inon ... u har qanday kitobdan ham yaxshi ta'lim beradi -....
A. hattoki, -mi.
B. faqat, -yu.
C. axir, -ku.
D. go'yo, -naq.
7. Ta'kid yuklamasi qaysi gapda qo'llangan?
A. Ona hatto yuragi urishdan to'xtaganda ham farzandiga yaxshilik qilaveradi.
B. Agar odamlar bolalaring haqida yomon gapirishsa, bu ularning seni yomonlaganidir.
C. Agar hayot bo'ston bo'lsa, bog'bon muallim.
D. Bilim, ma'rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatilmog'i lozim.
8. Tilak va istak ma'nosi qaysi gapdan anglashilyapti?
A. Ey, bormisiz do'stim!.
B. So'zlang, inim, yurtda qanday xabarlar bor?!.
С Ey farzand, yaxshilik qil va qilgan yaxshiligingdan hargiz pushaymon bo'lmagin.
D. lya, siz ketmaysizmi, aya?.
9. Modal so'z-gap qo'llangan qatorni belgilang. A- Kelaman, qaytib kelaman, meni kut.
B. Yur, senda gapim bor.
C. Buyur, Tog'a. Nima xizmat?.
D. Nazarida, bu qora kecha bir umr oqarmaydigandek edi.
10. Undov so'z-gapli qatorni aniqlang.
A, O'ziari jamoadan bo'ladilarmi?.
B. Hayot bu qadar go'zal va shirin bo'ladi bahorda.
C. vby jonivor-e; asal bo'lib ketibdi-ya! Bay-bay-bay!.
D, O'tir, o'tirib gapiraver, bolam. \
11. Qaysi gapda vazifadosh modal so'z qo'llangan?
A. Bilim osonlik bilan qo'lga kirmaydi.
B. Har qanday chuqur bilim faqat mustaqil o'qish yo'li bilangina orttiriladi. С Yaxshi fikrlami takrorlash hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
D. Tanlovda shubhasiz g'olib chiqamiz.
12. Qaysi so'zni qaratqich kelishigi qo'shimchasisiz (belgisiz) qo'llash mumkin?
A. Xalqning o'zigina yaxshiligini ko'p ko'rgil....
B. Ta'limning inson uchun buyuk ezgulik ekanligini isbotlab o'tirishga hojat yo'q.
C. Tarbiyaning eng muhim qismi xaraktemi shakllantirishdir.
D. Odamzotning birinchi tarbiyachilari onalaridir.
13. Qaysi so'z birikmasi berilgan gapda yo'q.
Osmon ko'm-ko'k, onda-sonda salmoqlanib suzib yurgan oppoq bulutlar chetida og'ib qolgan quyosh nuri tushib turibdi. Uzoq-yaqindan odamlarning ovozi chalinib turibdi.
A. Ko'm-ko'k osmon.
B. Oppoq bulut.
C. Quyosh nuri.
D. Odamlarning ovozi.
14. Qaratqich kelishigi shaklidagi so'z gapning qaysi bo'lagi bo'lib kelmoqda?
Til bilan birovning aybini aytish ason, o'z tili bilan o'z aybini aytadiganlar juda kam.
A. Ega. B. Aniqlovchi.
C. Kesim. D. To'ldiruvchi.
15. Qaysi gapda hoi vazifasida kelgan so'z mavjud?
A. Havo ochiq, oftob charaqlab turibdi.
B. Issiq birmuncha bo'shashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida.
C. Tepada ko'm-ko'k osmon, atrofda qovjiragan sap-sariq qamish.
D. Ancha keen kirib, salqin shabada etni junjuta boshlagan edi.
16.0'tgan zamonda sodir bo'lgan ish-harakatni ifodalagan gap yozing.
J._____________.
17. Kesim birinchi shaxs birlikda qo'llangan gap tuzing.
J._____________.
18. Buyruq ma'nosi ifodalangan gap yozing.
J._____________.
19. Berilgan baytdagi ostiga chiziigan fe'l shaklini izohlang.
Toki tandajoning borki, bil,. Ilm olishdan o'zni tiymagil. J._____________.
20.Taxmin ma'nosi ifodalangan gap yozing.
J.____________

Download 18.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling